Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Luka Modrich: «Madrid» - jonajon uyim»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ispaniyaning nufuzli sport nashri - Marca yaqinda «Real» faxriysi - Luka Modrichni «Afsona» mukofotiga loyiq ko‘rdi.

Bu xorvatiyalik futbolchining butun faoliyati davomidagi xizmatlari va jahon sportiga qo‘shgan hissasi e’tirofidir. «Qirollik klubi» rasmiy sayti Lukani navbatdagi shaxsiy sovrin bilan mukofotlash barobarida undan maxsus intervyu ham oldi.

- Luka, aytingchi, futbolda nimani ko‘proq qadrlaysiz?

- Muxlislar muhabbatini! Ular meni juda yaxshi ko‘rishlarini bilaman - o‘yinlarda ham, ko‘chada ham hamisha qo‘llab-quvvatlashadi. Hammasi aql bovar qilmas darajada va cheksiz mehr uchun muxlislardan minnatdorman. Qiyosi yo‘q qo‘llab-quvvatlash va ishonchga javoban har doim «Real» libosida bor kuchimni sarflashga harakat qilaman.

- Shuningdek, «Madrid»ga cheksiz muhabbat bilan ham...

- Albatta. «Real Madrid» - bu hayotim mazmuni, jonajon uyim. Klubda o‘zimni o‘ta yengil his qilaman. Ilk kundan shunday. To‘g‘ri, boshida hamkorligimiz shuncha uzoq davom etishiga ishonmagandim. Hozirgi haqiqat bitta: «Madrid»ning ajralmas bir bo‘lagiman - chinakam «madridist»! Umrbod shunday bo‘lishidan umidvorman, albatta.

- Maydonda eng qo‘pol raqiblar ham sizga hurmat bilan yondashishadi. Buning qandaydir siri bormi?

- Yo‘q, shunchaki, raqiblar va ularning muxlislariga hamisha hurmat saqlayman. Bu professional sportda juda muhim. Raqiblar to‘g‘ri munosabatimni ko‘rishadi va shuning uchun meni ham hurmat qilishsa kerak.

- «Real» CHLga yaralgandek. Bu borada nima deya olasiz?

- CHL o‘yinlari vaqti «Bernabeu»da nimalar sodir bo‘lishini so‘z bilan ifodash juda qiyin. G‘alabalarimiz ayni shu sehrli muhitga bog‘liqdir balki. Aynan stadiondagi holatdan kuch olib, taslim bo‘lmaymiz, oxirigacha kurashamiz. Umuman, «Real» safiga qo‘shilgan futbolchining o‘zi tabiiy ravishda shunga moslashadi, o‘rganadi. Ochig‘i, boshqacha tushuntirish ilojsiz. Umid qilamanki, bu jihatni hech qachon yo‘qotmaymiz.

- «Madrid»dagi eng sehrli daqiqalar...

- Shaxsan men uchun eng sehr­lisi - bu «Desima» (CHLdagi 10-g‘alaba). Hammasi aqlga sig‘mas darajada rivojlangan edi. O‘sha g‘alaba lahzalari tabiiy ravishda xotiramga abadiy muhrlangan.

- «Afsona» mukofotiga loyiq ko‘rilishingizni kutganmidingiz?

- Avvalo, Marca nashriga e’tirof uchun rahmat aytishim kerak. Nafaqat Ispaniya, balki butun dunyoda bunday nufuzli nashrdan mukofot olish sharafdir. Jahonning ko‘zga ko‘ringan sportchilari bilan bir qatorda bo‘lish esa ikki hissa yoqimli. Oilam va meni qo‘llab-quvvatlayotgan jamoadoshlarim, yillar davomida birga ishlagan murabbiylar - barchadan minnatdorman. Ha, har doim individual sov­rindan ko‘ra, jamoaviy natijani afzal ko‘rishimni aytaman, aslida bunday e’tirofdan boshim osmonga yetishi ham - ayni haqiqat.

- Futbolda ortda qolgan yillarga qa-rab, birinchi navbatda nimalarni eslaysiz?

- Menga to‘p bilan o‘ynashni otam o‘rgatgan. Qandaydir yangi narsani sinab ko‘rish imkoniyati tug‘ilishi hamono ko‘chaga chiqardik. Yarim himoyada o‘ynash men uchun tabiiy jarayon. Bolaligimdan aynan markazda harakatlanganman, bunda na bir sir va na bir g‘ayrioddiylik bor.

- Lekin muvaffaqiyatlar zamirida bolalikdagi mashaqqatli mehnat borligi tayin...

- Yo‘q, mashaqqat haqida gapirish ortiqcha. Chunki bolalikdan o‘z ishimni qalban bajarganman, ya’ni mashg‘ulotlarda ham zavqlanardim. Ha, orzularni amalga oshirish yo‘lida jiddiy shug‘ullanishingiz kerak. Lekin bunda o‘zingizga ishonishingiz va har kuni ishingizdan rohatlanishingiz muhimroq. Tan olish kerak, futbolchi bo‘lish qiyin, shuning barobarida juda yoqimli ham. Agar kun kelib, «Real»dek jamoada o‘ynasangiz, barchasi esingizdan chiqadi - bu siz uchun eng yaxshi mukofot.

- «Real»ning oxirgi «remontada»lari haqida ko‘p gapirishyapti. Bular qanday amalga oshdi?

- Eng qiyin o‘yin «Siti»ga qarshi kechdi, chunki deyarli vaqt qolmagandi. Muhimi, jamoa  oxirigacha ishondi, muxlislar ham - bu «Madrid» DNKsining bir qismi. Oxir-oqibat, hammasi barchamiz xohlagandek bo‘ldi. «PSJ» bilan bahsni esa eng qiziqarlisi sifatida tilga olaman: 15 yoki 20 daqiqalik jinnilik, o‘sha oqshom «Bernabeu»da nimalar bo‘lganini tushuntirish qiyin. Bu bizni Parij sari yetaklagan ajoyib yo‘lning boshlanishi edi.

- Xo‘sh, faoliyatingizni «Madrid»da yakunlash imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Umid qilamanki, xuddi shunday bo‘ladi. O‘zingiz o‘ylang, qadrdon uyingizdan chiqib ketishingiz naqadar qiyin... Asosiysi, klubda ham, shaharda ham baxttiyorman, odamlarning qo‘llab-quvvatlashlarini yaqqol his qilaman. Oilam ham hammasidan mamnun. Shunday ekan, ajralish haqida o‘ylash ortiqcha. Bu yerda imkon qadar uzoq vaqt qolib, butsalarimni «Madrid» futbolchisi maqomida mixga ilishni xohlayman.

Marca nashri CHLdagi ishtirok uchun klublar qancha mukofot puli olishini e’lon qildi. UYEFA 3ta yevrokubok turniri ishtirokchilariga jami 2,7 milliard yevro ajratgan. Shundan 2,03 milliardi CHL va Yevropa superkubogi qatnashchilariga tegadi. YELning ulushi - 465 million yevro, KLniki - 235 million yevro.

CHL mukofot jamg‘armasi taqsimoti (har bir klubga)

Guruh bosqichidagi ishtirok uchun - 15,64 million yevro

1ta g‘alaba uchun - 2,8 million yevro

1ta durang uchun - 930 ming yevro

1/8 finaldagi ishtirok uchun - 9,6 million yevro

1/4 finaldagi ishtirok uchun - 10,6 million yevro

1/2 finaldagi ishtirok uchun - 12,5 million yevro

Finaldagi ishtirok uchun - 15,5 million yevro

UEFA shuningdek, klublarga koeffisiyent bo‘yicha 600,6 million yevroni taqsimlab beradi. Eng past koeffisiyentga ega klub 1,1 million yevro olsa, eng yuqori koeffisiyent sohibiga 36,4 million yevro tegadi. Joriy jadvalda «Real» peshqadamlik qilmoqda. Demak, CHLning yangi g‘olibi jami 123,8 million yevroga ega chiqadi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:37, 08.06.2022. O'qildi: 2330 marta. Fikrlar: 11 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик