Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fikayo Tomori: «Italyancha himoya san’ati - sehrli»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Milan»ning angliyalik himoyachisi Fikayo Tomori mavsumning oxirgi qismida nihoyatda effektli o‘ynab, sara futbolchilar qatoriga qo‘shilganini isbatladi.

Yo‘q, u butun mavsumni yaxshi o‘tkazdi, lekin aynan finish marrasi yaqinlashgan sari faollikni oshirib, skudetto yutilishida katta rol bajardi. Xullas, Tomori - barqaror ravishda o‘sayotgan va allaqachon Yevropaning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biriga aylangan futbolchi. U yakunda «Milan»ning barcha a’zolari qatori uzoq kutilgan chempionlikni 48 soat to‘xtovsiz nishonladi, muxlislarning ko‘chalarni to‘ldirishgani barchasiga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Bunday bayramga jamoada faqat Zlatan Ibragimovich tayyor edi. U klubdoshlariga oldinroq alohida yuzlandi: «Yigitlar, g‘alaba qozondik, endi tayyor turinglar, sizlarni chinakam telbalik o‘rab oladi». Fik The Guardian nashri muxbiriga bergan intervyusida shu va boshqa holatlar haqida so‘zlab berdi.

- Usti ochiq avtobuslar paradi. Bu qanday ekan?

- Ochig‘i, hech qachon bunchalik ko‘p olomonni ko‘rmagandim. Odamlar qatori 3-4, balki 5 kilometrga cho‘zildi. Masofani bosib o‘tish uchun esa bir necha soat sarflandi. Hammani ko‘chada baxtiyor ko‘rish... Yo‘q, manzarani to‘liq tasvirlab berolmayman.

- Umuman, skudettoga ega chiqishinglarga ishonganmidingiz?

- «Milan»dan hech kim bunday natija kutmagandi. Shuning uchun ham g‘alaba ikki hissa zavq ulashdi. Savolingizga kelsak, odamlar taxminda adashishganini isbotladik - bu barchamiz uchun ajoyib ish. Qisqasi, o‘zimiz yuqori marrani zabt etish missiyasini uddalay olishimizga ishongandik, buni bilardik.

- Mana, nihoyat Angliya milliy jamoasiga ham chaqirildingiz...

- Agar bu safar ham chaqirishmaganida «Nimalar bo‘l­yapti...?» qabilidagi savol bilan boshimni qotirmasdim. Shu kunga qadar ham chetda qolganimdan vahima ko‘tarmadim, aksincha, bor e’tiborni o‘yinimni kuchaytirish va «Milan»ga ko‘proq yordam berishga qaratdim. Binobarin, milliy jamoaga kirishdan oldin bar­qaror o‘ynashing va ishonchni oqlashingga to‘liq ishonch hosil qilishing kerak.

- Italiya futboli himoya san’ati o‘sishingizda nechog‘li yordam bermoqda?

- Final o‘yini, ya’ni oxirgisidan keyin Barezini ko‘rdim - yoqimli holat. Umuman, qaysi tomonga boqmang, afsonalarga ko‘zingiz tushadi. Italiyalik himoyachilarda o‘z kuchlariga nisbatan shubha yo‘q. Bunda alohida biror futbolchini nazarda tutayotganim yo‘q, balki umumiy holda gapiryapman. «Maydonda hammasini bajara olaman, zimmamdagi vazifalarni mukammal bajaraman, har qanday holatda raqib mendan o‘tib ketolmaydi» - italiyalik himoya­chilar xuddi shunday aqida bilan o‘ynashadi har doim. Xullas, «A» seriya o‘yinlari, shunday yondashuv o‘laroq, ancha kuchaydim, mislsiz tajriba to‘pladim. Italyanlarda yana g‘urur kuchli. Murabbiy ko‘rsatmalaridan bir parcha: «Qochishga urinayotgan raqibni to‘sib qo‘yishingga aslo shubhalanma, xavfli vaziyat yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yma, jarima maydonida to‘qnashuvdan qoch...». Shunga o‘xshash kichik nyuanslar yetarli. Bonuchchi yoki Kyelliniga qarang... Ular nihoyatda kuchli, vaqtida televizorda o‘yinlarini ko‘rib, har ikkisidan nimadir olishga harakat qilganman. Hozir ham shunday. Italiyada hakamlar ozgina to‘qnashuvga ham hushtak chalaverishadi, shuning uchun ko‘p tashlanolmaysiz. Faqat boshqa chora qolmasa, ehtiyotkorlik bilan «podkat» usulini qo‘llashingiz mumkin. Oddiy aytganda, to‘pga egalik qilish uchun to‘g‘ri pozisiya tanlash va qo‘pollik ishlatmaslik muhim.

Yevro-2020 finalini qanday eslaysiz?

- Italiyaliklar hisobni tenglashtirganlarida ham, xotirjamlikni saqlab qolishga harakat qildim, yerga qarashni xohlamadim. Ammo penaltilar seriyasi boshlangach, davomini kuzatish qiyinlashdi. O‘sha vaqt Duomo maydoni yaqinida edim va italyanlar g‘alabani qanday nishonlashganini ko‘rdim. Esimda, tirbandlik tufayli u yerdan tezda chiqib ketolmadim. O‘sha lahzada Angliyada qanday alamli holat yuzaga kelganini ko‘z oldimga keltirdim. Axir finalda yutqazish... Shuning barobarida Italiyadagi g‘alaba shukuhi meni o‘zgacha ruhlantirdi ham.

- Italiya termasi mundialga chiqolmadi. Bu masala «Milan» kiyinish xonasida ham muhokama qilindimi?

- «Pley-off» o‘yiniga bizdan Tonali va Florensini chaqirishdi. Yigitlar klub mash­g‘ulotlar bazasiga «Makedoniya» nomli italyancha mevali salat olib kelishdi. Gazetalarda ayyuhannos solishgani o‘z-o‘zidan tushunarli. Klubda esa Tonali va Florensiga dalda berdik: «Mayli, mevali salatga yutqazding­lar». Ha, Makedoniya termasi noqulay raqib bo‘lib chiqdi. Italiyada na futbolchilar va na muxlislar mag‘lubiyatni o‘ylashgandi. Salbiy natija xayollarining bir chetiga ham kelmagandi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:59, 22.06.2022. O'qildi: 1814 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик