Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nottingem Forest - Nyukasl

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Yuventus" transfer bozorida aqlli ishlar qilyapti

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Yuventus" 2021/2022 yilgi mavsumda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. A Seriyada to‘rtinchi o‘rin va "Vilyarreal"ga Chempionlar ligasining 1/8 finalida yutqazib qo‘yish, Turin klubidan kutilgan natija emas. Ammo endi klub keyingi mavsumda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatish uchun transfer bozorida katta ishlarni amalga oshirmoqda.

Anxel Di Mariya tekinga keldi

"Yuventus" Anxel Di Mariya bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Xabar qilinishicha, 34 yoshli argentinalik futbolchiga yiliga 6 million yevro va yana ehtimoliy bonuslar oladi. Anxel yozda “PSJ”ni tark etdi. Turinda u o‘zini ko‘rsatish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi. Ko‘p qirrali yarim himoyachi, hatto himoyada ham jamoaga foydasi tegadi.

Pol Pogba qaytdi va maoshi qisqarishiga rozi bo‘ldi

Markaziy yarim himoyachi Pol Pogba "Manchester Yunayted"ni erkin agent sifatida tark etdi va "Yuventus"ga qaytishga qaror qildi. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va turinliklar bilan shartnoma imzoladi.

Pogba bir mavsumda taxminan 8 million yevro miqdorida asosiy maosh oladi, shuningdek, 2 million yevro natijaga bog‘liq bonuslar oladi. Pogba “Manchester Yunayted”dagi faoliyati bilan solishtirganda maoshini 40 foizga kamaytirishga rozi bo‘ldi.

Pogba so‘nggi paytlarda "Old Trafford"da yomon muhitga duch keldi. Turinda bunday narsa bo‘lmaydi. Fransiyalik futbolchi "Yuventus" muxlislari uchun muhim shaxs bo‘lib qolmoqda. U 2012-2016 yillarda A Seriyada 178 o‘yinda 34 ta gol urgan va to‘rtta chempion bo‘lgan.

Pol shunchaki maoshni qisqartirish bilan cheklanmadi, balki jamoaga yaxshi pul ishlashga imkon berdi. 2012 yilda u "Manchester Yunayted"dan "Yuventus"ga tekinga o‘tdi. 2016 yilda u "Manchester Yunayted"ga 106 million yevro evaziga sotildi .Mana endi u "keksa sinyora" bilan yana erkin agent sifatida shartnoma imzolamoqda. Har jihatdan ajoyib transfer.

"Yuventus" De Ligtni foyda bilan sotadi

"Yuventus" himoyachi Matteys de Ligtni "Bavariya"ga 70-80 million yevro + bonuslar uchun 15 million yevroga sotishga yaqin turibdi. 2019 yilda “Ayaks”ga xuddi shunday mablag‘ berilgan (aniqrog‘i 75+10 million yevro). Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi allaqachon Myunxen klubiga o‘tishga og‘zaki roziligini bergan. De Ligt yoshligidan "Bavariya"ga muxlis bo‘lgan va shuning uchun nemislar unga ortiqcha va’dalar berishmadi. Unda "Chelsi"ga o‘tish varianti ham bor.

2019 yilning yozida Matteys "Yuventus"ga emas, "Bavariya"ga o‘tishni istagandi, ammo o‘sha paytda 19 yoshda bo‘lgan futbolchining transfer narxi yuqoriligi tufayli transfer amalga oshmay qoldi. Balki "Yuve"da o‘ynashga alohida ishtiyoq yo‘qligi de Ligtning o‘yini pasayishiga olib kelgandir. Futbolchi “keksa sinyora” himoyasi yetakchisiga aylana olmadi va umuman, jamoaga yaxshi mos tushmadi.

Jurnalist Janluka Di Marsioning fikricha, agar Matteys sotilsa, turinliklar bir vaqtning o‘zida o‘zlari qiziqqan bir nechta o‘yinchilarni - himoyachilar Kalidu Kulibali ("Napoli") va Nikola Milenkovich ("Fiorentina"), shuningdek, yarim himoyachi Nikolo Djanioloni sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, “Atletiko”dan hujumchi Alvaro Moratani jamoaga qaytarishga urinish ham istisno etilmagan. Hujumchi so‘nggi ikki mavsumni Turin klubida ijara asosida o‘tkazdi. Morata 2014 yildan 2016 yilgacha ham “Yuventus”da o‘ynagan. Uning ketishi yaqinda e’lon qilindi, ammo "Yuventus" sport direktori Federiko Cherubini hozirda agentlar bilan ispaniyalikning ehtimoliy qaytishi haqida muzokaralar olib bormoqda. Hujumchining “Atletiko” bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.

Daromad evaziga "Yuventus" de Ligtdan foydaliroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir nechta o‘yinchilarni sotib olishi mumkin. Xuddi o‘sha Kulibali o‘tgan mavsumda ishonchliroq ko‘rindi. “Yuventus” himoyachi Presnel Kimpembe bilan ham shartnoma imzolashi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Di Mariya va Pogba allaqachon "Yuventus" futbolchilari. Yaqin kelajakda de Ligt sotiladi, shundan so‘ng "keksa sinyora" yana 3-5 ta mashhur transferni amalga oshiradi. Klubning transfer siyosati yaxshi, bu esa o‘tgan mavsumdagi omadsizligi uchun qasos olishga yaxshi sabablar beradi.

Kiritildi: 15:48, 11.07.2022. O'qildi: 6834 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик