Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Manchester Yunayted” afsonasi Runi yangi klubda ish boshladi va u yerga eski do‘stlarini chorlayapti

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Tayinlovlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ueyn Runi “Di Ci Yunayted”ga qaytdi. "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi futbolchilik faoliyatining ikki yilini o‘tkazgan Amerika klubini boshqaryapti. O‘shanda Runi “qora qizillar” safida 52 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Lekin eng muhimi, u jamoa yetakchisi edi, u ajoyib jarima zarbalarini amalga oshirdi va yorqin epizodlar bilan yodda qoldi.

“Ueyn - futbol afsonasi. U sportimizdagi eng qiziqarli va istiqbolli mutaxassislardan biridir. U qiyinchilikda jamoani qanday boshqarishni bilishini allaqachon isbotlagan. U bizning ligamizni va bu yerda muvaffaqiyatga erishish uchun nima kerakligini biladi”, dedi “Di Ci Yunayted” raislari Jeyson Leviyen va Stiv Kaplan.

Qiyinchiliklar haqida bejiz aytishmagandi – 2020 yilning noyabridan boshlab 36 yoshli mutaxassis “Derbi Kaunti”ni boshqarib kelmoqda edi.

Runi avvaliga vaqtinchalik bu lavozimni egalladi va bir necha muvaffaqiyatlardan so‘ng u bu lavozimga tasdiqlandi. Uning qo‘l ostida jamoa chempionshipdan chiqib ketdi, jamoa turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egalladi. Ammo 2021/2022 yilgi mavsumda "Derbi" jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelgani va reglamentni buzgani uchun klubdan 21 ochko olib tashlanganligi muhim voqe edi. “Derbi” 34 ochko bilan quyiroq ligaga tushib ketgan bo‘lsa, 41 ochko to‘plagan “Riding” ligadagi o‘rnini saqlab qoldi. Demak, sanksiyalarsiz klub chempionshipdagi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lardi.

“Men ingliz OAVlarida bu murabbiylik faoliyatimdagi orqaga qadam bo‘lishi mumkinligi haqida bir qancha maqolalarni ko‘rdim. Men buni MLSga nisbatan hurmasizlik deb bilaman. "Derbi Kaunti"da bo‘lgan tajribam menejer sifatida rivojlanishim uchun juda foydali ekanligini his qilaman. “Di Ci Yunayted”ga qaytish men uchun hayajonli vazifa. Bu yerda men murabbiy sifatida rivojlanishim va jamoani yaxshilashga yordam bera olaman”, dedi murabbiy.

Vashingtonda Runi o‘ziga yaqin futbolchilarni jamoaga yig‘moqchi. "Di Ci Yunayted"da allaqachon Ueyn 2019 yilda o‘ynagan sakkiz nafar futbolchi bor. The Athletic va Daily Star xabarlariga ko‘ra, ularga Jessi Lingard va Fil Jons qo‘shilishi mumkin. 19 turdan so‘ng “Di Ci Yunayted” Sharqiy konferensiyada so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Vashington klubining navbatdagi mavsum tugashiga 15 ta o‘yini bor. Jamoani pley-off zonasidan bor-yo‘g‘i to‘qqiz ochko ajratib turibdi. Runi uchun yana bir haqiqiy sinov shunday emasmi?

Lingard va Jonsga kelsak, Runi ular bilan bir necha yil "Manchester Yunayted"da o‘ynagan va 2016/2017 yilgi mavsumda Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan. Ikkalasi bilan ham “Di Ci Yunayted” shartnoma imzolash qiyin bo‘ladi. Lingard va Vashington klubi o‘rtasida muzokaralar olib borilayotganiga qaramay, unga MLSning bir qancha boshqa klublari ham qiziqish bildirgan.

Fil Jonsning faoliyatini davom ettirish uchun imkoniyatlari kam. Himoyachi so‘nggi yillarda ko‘p o‘ynamadi. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi bor, shuning uchun “Di Ci Yunayted” futbolchisi bo‘lish uchun u klub bilan 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomasini bekor qilishi yoki transfer/ijaraga kelishib olishi kerakdek ko‘rinadi.

Bu yil “Di Ci Yunayted”ning raqiblari yulduzlar hisobiga ancha kuchayib olishdi: “Los-Anjeles” Garet Beyl va Jorjyo Kellinini, “LA Gelaksi” Duglas Kostani, “Chikago Fayr” Jerdan Shakirini jamoaga qo‘shib oldi. Yuqorida nomi keltirilgan futbolchilar o‘z vaqtida Yevropa maydonlarini “titratgani” ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak.

Kiritildi: 11:45, 21.07.2022. O'qildi: 3656 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик