Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sayfiddin Ermatovga “O‘zbekiston sport faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Respublika toifasidagi mashhur hakam Sayfiddin Ermatovga “O‘zbekiston sport faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Tadbir Milliy Olimpiya qo‘mitasida tashkil etildi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun, Sayfiddin Ermatov faoliyati davomida xalq orasida “Chig‘atoy” futbol maktabi nomi bilan mashhur bo‘lgan futbol bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabida murabbiy sifatida ishlagan. Tarkibida Server Jeparov, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Yaroslav Krushelniskiy, Yuriy Nikitov kabi iqtidorlarni jamlagan 1982-yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan. Shuningdek, futbol hakami va inspektori sifatida uzoq yillar samarali mehnat qilgan.

Faoliyati davomida ko‘plab iste’dodli yosh hakamlarni tarbiyalashda katta hissa qo‘shgan. Shogirdlari orasida FIFA referisi, futbol mundiallarini boshqarish bo‘yicha jahonning mutlaq rekordchisi Ravshan Irmatov, shuningdek, jahon chempionatining yana bir ishtirokchisi Osiyoning eng yaxshi qanot hakamlaridan biri Abduhamidullo Rasulovni uchratish mumkin.

Tadbirda Sayfiddin Ermatov ko‘rsatilgan e’tibordan mamnun ekanini bildirib, keyinchalik ham futbolimiz rivoji yo‘lida mehnat qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:09, 22.07.2022. O'qildi: 1203 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик