Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Real Sosyedad 28 38
8 Espanyol 28 37
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 28 34
12 Jirona 28 34
13 Rayo Valyekano 28 32
14 Valensiya 28 32
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 28 23
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya
28-тур Betis 1-1 Selta
28-тур Real Sosyedad 3-1 Osasuna
28-тур Rayo Valyekano 1-1 Levante

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03/26 Elche - Malyorka
21/03/26 Espanyol - Xetafe
21/03/26 Levante - Real Ovyedo
21/03/26 Osasuna - Jirona
22/03/26 Sevilya - Valensiya
22/03/26 Barselona - Rayo Valyekano
22/03/26 Selta - Alaves
22/03/26 Atletik Bilbao - Betis
23/03/26 Real Madrid - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Janluidji Donnarumma: «Dastlabki katta yutuqni «PSJ»dagi ilk mavsumdayoq rasmiylashtirganimdan bag‘oyat mamnunman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Fransiya 1-Divizioni
Rukn: Intervyular
A A A

«PSJ»ning italiyalik golkiperi Janluidji Donnarumma Fransiyadagi debyut mavsumidayoq chempionlik zavqini surdi.

Aytish joiz, Parij grandining Liga 1 tarixida 10-marta taxtga ko‘tarilishida «Milan»dan voz kechgan darvozabon katta rol o‘ynadi. To‘g‘ri, parijliklar CHLda yana omadsizlikka uchrashdi. Shunga qaramay, Jiji-2 faoliyatidagi tub burilishdan xursand, xususan, Italiyada sobiq klubi uzoq kutilgan chempionlikka erishganidan ham.

— Jiji, yakunlangan mavsumga qanday baho berasiz? Xususan, Liga 1 chempionligi yetarli darajada zavq ulashdimi?
— Albatta! Axir bu men uchun birinchi chempionlik unvoni hisoblanadi. Dastlabki katta yutuqni «PSJ»dagi ilk mavsumdayoq rasmiylashtirganimdan bag‘oyat mamnunman. Qolaversa, klub tarixida yubiley — 10-chempionlikni nishonlab, Fransiya ligasi rekordini takrorladik. Qisqasi, yakunlangan mavsumdagi zafar shunisi bilan ikki hissa yoqimli bo‘ldi.

— 10-chempionlik tufayli Fransiya futboli tarixiga kirdingiz. Bu nimani anglatishini bilasizmi?
— Ha, alohida natijaga erishdik — bu o‘zgacha yutuq. Har holda, 10-oltin medal klub tarixiga zarhal harflar bilan muhrlanadi. Bu kabi marralarni zabt etish hamisha yoqimli. Barcha futbolchilar butun mavsum davomida faqat chempionlikni o‘ylashdi, shuningdek, klubning boshqa xodimlari ham. Tushunarliki, bosh maqsad ichki ligada g‘alaba qozonish edi. Shuni nazarda tutsak, «PSJ» uchun o‘ta muhim mavsumni munosib yakunladik. Ha, Yevropa Chempionlar Ligasidan erta chiqib ketganimiz — katta omadsizlik. Muhimi, ichki turnirdagi g‘alaba ma’lum darajada taskin berdi. Oddiy aytganda, Liga 1 oltin medali shunisi bilan ham qadrli. Zero, agar bu turnirda ham maqsadga erisholmaganimizda, klubning kuchli ambisiyasiga jiddiy putur yetardi.

— Umuman, Fransiya chempio­natidagi birinchi mavsumda o‘zingiz uchun qanday yangiliklarni kashf etdingiz?
— Bir qarashda, chempionlik yo‘li ancha ravon bo‘lgandek, lekin muayyan o‘yinlarning nisbatan og‘ir kechgani — ayni haqiqat. Xususan, CHLdan chiqib ketganimizdan keyin biroz tahlika ham kuzatildi. Har holda, bu omadsizlikni hazm qilishda qiynaldik, lekin bunga shunchaki, majbur edik. Demoqchimanki, tushkunlikdan chiqish asnosida ham o‘ziga xos tajriba to‘pladik. Umuman, chiroyli va hissiyotlarga boy yil bo‘ldi. Shunday ekan, mavsumga bemalol ijobiy baho berish mumkin. Faqat Chempionlar Ligasi natijasi ko‘ngilni xira qildi. Agar shu faktni inobatga olsak, mavsumdan to‘liq qanoatlanolmaymiz. Muhimi, hammasini yangi mavsumda to‘g‘rilash imkoni bor. Iloji boricha ko‘proq sovrin yutish uchun esa yanada jiddiyroq ishlashimiz talab etiladi.

— Liga 1 darajasi haqida nima deysiz? Chempionat saviyasidan qoniqdingizmi?
— Ko‘pchilik tashqaridan qarab, Liga 1da g‘alaba qozonish osonligini ta’kidlaydi. Ammo ilk mavsumdayoq bu fikr mutlaqo noto‘g‘ri ekanligiga amin bo‘ldim. Har holda, ligada raqobatbardosh jamoalar yetarli. Fransiyadagi ayrim stadionlarda mezbon jamoalarga qarshi o‘ynash qiyin, juda qiyin. Chunki mahalliy muxlislar ham, futbolchilar ham raqibga chin dushmandek qarashadi. Ayniqsa, «PSJ»ga nisbatan shunday munosabat shakllangan. Ishoning, bunday raqobatda ustunlikni tasdiqlash oson emas. Agar o‘yin va bosimga 100 foiz tayyor bo‘lmasangiz, mashg‘ulotlarda to‘liq kuch bilan ishlamasangiz, barchasi ancha murakkab tus olishi tayin. Oddiy aytganda, Liga 1da shunchaki, o‘ynab, g‘alaba qozonish mumkin emas. Har safar eng yaxshi o‘yiningizni ko‘rsatmasangiz, natija kelmasligi tayin.

— Raqobat kuchli bo‘lsada, «PSJ» o‘z stadioni — «Park de Prens»da umuman yutqazgani yo‘q...
— Bunisi nafaqat men, balki butun jamoa uchun alohida natija, albatta. «Park de Prens»­dagi o‘yinlar aql bovar qilmaydigan his-tuyg‘ularni beradi. Muxlislarga gap yo‘q, ular jamoani har doim yuksak darajada qo‘llab-quvvatlashadi. Nafaqat Parij, balki boshqa shaharlarda ham futbolchilar o‘z muxlislari guvohligida boshqacha o‘ynashadi. Qolaversa, muxlislar safar bahslarida ham o‘z jamoalarini yolg‘izlatib qo‘ymaydilar. Tabiiyki, stadiondagi qaynoq muhit ostida harakatlanish har qanday futbolchiga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Bir narsa aniq: «PSJ» futbolchilari «Park de Prens»da har safar muxlislarga imkon qadar ko‘proq hissiyot bag‘ishlash uchun ikki hissa kuch bilan harakatlanishadi.

— Chempionatning eng kuchli darvozaboniga atalgan «Yashin Trofi» sovrinini sizga ravo ko‘rishdi...
— Individual sovrin ham mavsum men uchun unutilmas bo‘lganidan dalolat. Albatta, shaxsiy sovrin ta’riflanmas tuyg‘u beradi. Umid qilamanki, «Yashin Trofi»ni hali yana ko‘p marta qo‘lga kiritaman. Hozir faoliyatimning dastlabki bosqichida turibman va bu kabi sovrinlarni to‘xtovsiz yutishni xohlayman. To‘g‘ri, individual mukofotlar emas, jamoaviy g‘alabalarni birinchi o‘ringa qo‘yaman. Futbol — jamoaviy sport turi. Bas, birinchi na­v­-batda, umumiy g‘alabani o‘ylash kerak.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:00, 23.07.2022. O'qildi: 1468 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.