Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 10 12 7 29
3 Italiya 9 5 13 27
4 Niderlandiya 8 7 3 18
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 5 17
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tayrellga taalluqli tavsif

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bir necha hafta muqaddam Fransiya OAV «Feyenoord» klubi va Niderlandiya termasi himoyachisi Tayrell Malasiya bir oyog‘i bilan «Lion»ga o‘tib ulgurgani haqida yozdi.

Liga 1ning o‘tgan mavsumini qoniqarsiz o‘tkazgan lionliklar mudofaa chizig‘ini kuchaytirishga ehtiyoj sezgani aytildi. «Lion» taklif etgan 12 (bonus sifatida yana 3) million yevro «Feyenoord» rahbarlariga ma’qul kelgandi. Navqiron futbolchi mazkur jamoa raqiblarining hujumlarini bartaraf etishi kutilgandi, lekin amalda bunday bo‘lmadi.

«Manchester Yunayted» futbolchi uchun 17 million yevro va kelgusida bonuslar berishini aytdi va Rotterdam klubi mutasaddilarini o‘z tomoniga og‘dirdi. «Feyenoord» sport direktori Frenk Arnesenning so‘zlariga e’tibor bering: «Kelishuv amalga oshdi. Endi Tarellni kutyapmiz. Agar u «ha» desa, «MYU»ga o‘tishi muqarrar».

Malasiya o‘tgan mavsum «Feyenoord»da asosiy figuralardan biriga aylandi, chempionatda atigi ikkita o‘yinni o‘tkazib yubordi, 1ta gol va 4ta samarali uzatma muallifiga aylandi. So‘nggi ikki yil davomidagi ishtiroki evaziga Niderlandiya termasidan taklif oldi, hozirga kelib, milliy jamoada 5ta uchrashuvda maydonga tushishga ham ulgurdi. 2021 yilning sentyabrida Chernogoriya termasiga qarshi bahsda (4:0) Malasiya assist qayd etdi. Uels jamoasi bilan o‘yinda (2:1) ham sherigining goliga hammuallif bo‘ldi.

94-daqiqada, ya’ni uelsliklar hisobni tenglashtirishganidan biroz o‘tganida, 22 yoshli futbolchi Vout Vegxorstni samarali uzatma bilan ta’minladi. Ayni payt Lui van Gal chap qanot himoyasida Deyli Blindni birinchi raqamli deb biladi, ammo Malasiya kelgusida ushbu pozisiyani egallashga asosiy nomzod sanaladi. Oven Ueyndal unga bu borada bosh raqobatchidir.

Garchi «Feyenoord» o‘zaro ikki uchrashuvda «Ayaks»ga imkoniyatni boy bergan bo‘lsada (0:2, 2:3), qahramonimiz o‘zini ko‘rsatishni uddaladi, amsterdamliklarning yorqin vingeri Antoniga munosib raqib bo‘ldi. «Malasiyaning o‘yini ko‘rsatib turibdiki, u juda kerakli futbolchi, - dedi «Feyenoord»ning sobiq chap qanot himoyachisi Ruud Xoys. - Antoni tezkor, Malasiya ham. Antoni chapdast, Malasiya ham. Demak, Malasiya - kuch. Unda hamma kerakli sifatlar mujassam: tezkorlik, dinamika, chaqqonlik va ajoyib texnika».

Aslida, bahs qanchalik yuqori maqomga ega bo‘lsa, Malasiya shunchalik yaxshi o‘ynaydigandek - bu esa «Feyenoord»ning Konferensiyalar ligasi finaliga chiqishiga zamin hozirladi. Shunday ekan, har dam olish kunlari intensiv o‘yinlarga boy o‘tadigan Premyer-liga sharoitida Tayrell barqarorlikka erishishiga shubha yo‘q. Yigitcha APL muhitiga moslashish uchun yetarli jismoniy salohiyatga ega. «Feyenoord» sobiq ustozi Dik Advokatning ta’biriga ko‘ra, Malasiyaning ustunligi uning ham hujumda, ham himoyada bir maromda o‘ynay olishi bilan izohlanadi. Chidamkorligi va raqibga qarshilik ko‘rsatishga tayyorligi evaziga «Feyenoord» muxlislari unga «pitbul» laqabini berishgan.

Qahramonimizning yoshini inobatga olsak, futbol o‘ynashni boshlaganida kimning o‘yinini kuzatganini anglash qiyin emas. U «Real» a’zolari, hujumga qo‘shilish va himoyalanishni bir maromda uddalaydigan chap qanot himoyachilari - Marselo va David Alabaning muxlisi hisoblanadi. «Malasiya hamisha kuchli himoyachi bo‘lgan, endi esa uning to‘p bilan muomalada yana rivojlanayotganini ko‘rishingiz mumkin», - deydi «Feyenoord» murabbiyi Arne Slot.

Angliya futbolidagi yuqori tempga moslashish - masalaning bir jihati, buni ustunlikka erisha oladigan jamoa safida amalga oshirish - bosh-qa masala. Tayrell yuqori tezligi evaziga har qanday xatosini yuvishi mumkin. Lekin adolat yuzasidan tan olish kerak, Malasiyaga «Feyenoord» safida raqiblik qilgan jamoalarning 90 foizi Premyer-ligada har ikki haftaning birida raqiblik qiladigan jamoalardan sezilarli farqlanadi.

«Old Trafford»da muntazam o‘yin vaqtiga ega bo‘lmaslikni oddiy qabul qilish mumkin. Zero, Malasiyaning yagona raqobatchisi hisoblanadigan Lyuk Shou o‘tgan mavsum yaxshi to‘p surdi, lekin u jarohatlanishga moyil. Yana bir chap qanot himoyachisi Aleks Telles esa shu yozda «MYU»ni tark etishga yaqin.

Har bir transfer - bu tavakkal. «Manchester Yunayted»-ga o‘tish Malasiyaning o‘sishiga qanday ta’sir o‘tkazishi mumkinligi xavotirni vujudga keltirar, ehtimol. Tabiiyki, 23 yoshga to‘lib ulgurmagan yigitchaning Eridivizidan Premyer-ligaga ko‘chib o‘tishi daraja jihatidan katta o‘sish. Tayrell ulkan iqtidor sohibi bo‘lsada, o‘z ustida ishlashni davom ettirmoqda. Barqarorlik masalasidagi muammo esa yosh futbolchilarga xos. Shubha yo‘qki, Malasiya bos-qichma-bosqich salobatli chap qanot himoyachisiga aylandi, lekin uni Premyer-ligada kamida kuchli to‘rtlikni ko‘zlaydigan jamoaning boshlang‘ich tarkibiga kirishga noloyiq deb hisoblaydiganlar ham topiladi, albatta.

Malasiya - qoyilmaqom dribling ustasi. 22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum assistlar soni (6) bo‘yicha faqat Dushan Tadich (9) hamda Fredrik Midtse (7)dan ortda qoldi. Ammo undagi faollik kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqaradi. Misol sifatida «Venlo»ga qarshi kechgan bahsni yodga olish mumkin: o‘shanda o‘ng qanotga ko‘chgan Malasiya to‘pni yo‘qotib, jamoasi gol o‘tkazib yuborishiga sababchi bo‘lgandi.

Ammo Tayrell o‘z darajasini yaxshilashiga ishongimiz keladi. U aqlli o‘ynaydi, atrofida ham yaxshi insonlar jamlangan. Agar otasi bo‘lmaganida, qahramonimizning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi amalga oshmasligi ham mumkin edi. «Futbolchi o‘ynash ishtiyoqidan tashqari, intizom masalasi ham bor, - deydi u. - Men shunchaki, maydonda to‘p surishni xohlayman. Otam esa to‘g‘ri yo‘lni tanlashimga undagan. Undan bag‘oyat minnatdorman».

Ehtimol, «Lion»ga o‘tish o‘sish jarayonida foydaliroq bo‘lishi mumkin edi (zero, u yerda bosim nisbatan kamroq). Lekin Jovanni van Bronkxorstning ta’kidlashicha, Malasiya Angliya chempionatida o‘ynashga tayyor. «Tayrellni yoshlar jamoasidagi ishtirokidan yaxshi taniyman. Uning harakatlarini ko‘rib, yosh bo‘lishiga qaramay, vazifasini a’lo darajada bajarayotganini ko‘rdim. Kerak paytda, raqibiga qarshi zich o‘ynaydi, shuningdek, muayyan zonalarda ham himoyalana oladi, - deya eslaydi «Reynjers»ning hozirgi ustozi. - Chempionlar Ligasi doirasidagi «Napoli»ga qarshi bahsda Ridjechiano Xaps jarohat olganida, Malasiyani maydonga tushirishda muammo ko‘rmaganman. Ba’zan ortiqcha asabiylashish kerakmas, shunchaki, yigitchaga ishonch bag‘ishlashning o‘zi yetarli».

Demak, yuqoridagi faktlarni hisobga olgan holda, Malasiyaning Angliyadagi yangi sharoitga moslashishi, «MYU»ning muvaffaqiyatli transferlaridan biriga aylanishiga ishongimiz keladi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:32, 26.07.2022. O'qildi: 1327 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.