Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Arda Turanning “tomi ketdimi”?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Arda Turan, ehtimol, 21-asrda Turkiyaning eng iqtidorli va muvaffaqiyatli futbolchisidir. Ispaniyaning uch karra chempioni, to‘rt karra mamlakat kubogi sohibi, Yevropa ligasi va UYEFA Superkubogi g‘olibi, Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori. Arda o‘zining vatanida "Galatasaroy"da to‘p tepib hammani hayratda qoldirgan holatda Diyego Simeonening "Atletiko"siga o‘tdi. Undan keyin esa 34 million yevro evaziga transfer qilinganidan so‘ng, "Barselona"ning omadsiz transferlar ro‘yxatiga kirdi.

Turan bir yarim mavsumni Kataloniyada o‘tkazdi. U yerda murabbiylarni ajablantira olmadi va “Istanbul Bashakshehir”ga 2,5 yilga ijaraga berildi. "Barsa" bilan shartnoma tugagunga qadar Arda Turkiya standartlari bo‘yicha yomon bo‘lmagan klubda o‘ynashi kerak edi.

Bu davrda Turanning boshida nima bo‘lganini aytish qiyin. Turkiyaga qaytgandan so‘ng Arda o‘zini juda erkin tuta boshladi.

1-holat: hakamga hujum

"Sivasspor" bilan o‘yinda Turan haqiqiy “tomosha” ko‘rsatdi. Uning “Bashakshehir”i g‘alabaga juda yaqin turgandi, ammo 92-daqiqada darvozabon Volkan Babakan kulgili tarzda to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. O‘yinning so‘nggi hujumida Turan chap qanotdan hujumga o‘tdi va ganalik himoyachi Jon Boy undan to‘pni olib qo‘ydi. Hakam qoida buzulmadi, deb hisobladi, lekin Ardaning fikri boshqacha edi. Va shu zahoti uning jahli chiqdi, yon hakamga baqirdi, uni turtib yubordi va keyin asosiy hakamga tahdid qildi. Turon darhol qizil kartoshka bilan jazolandi, ammo voqea shu bilan tugamadi.

Turan aql bovar qilmaydigan darajada diskvalifikasiya qilindi - 16 ta o‘yin. 10 ta o‘yin yon hakamni turtgani uchun, 3 tasi bosh hakamni haqorat qilgani va yana 3ta o‘yinni futbolchini so‘kkani uchun. Arda nafaqat mavsum oxiridagi hal qiluvchi o‘yinlarni, balki keyingi mavsum o‘yinlarning yarmini ham o‘tkazib yubordi.

2-holat. Jurnalistga hujum qilish

Diskvalifikasiyadan bir yil avval 30 yoshli Turan terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi. Bu ishni u o‘yingacha yuzaga kelgan janjal tufayli qilish kerak edi.

Samolyotga chiqish chog‘ida Arda turkiyalik jurnalist Bilol Meshega yaqinlashib, uni sotqinlikda ayblay boshladi. Bir kun oldin Meshe maqola yozib, Turanning Turkiya milliy terma jamoasining Yevropa chempionatiga chiqishga halaqit qilgani haqida gapirgan edi. Bundan jahli chiqqan Arda jurnalistga baqirdi va uning bo‘ynidan bug’di. Jamoadoshlar vaziyatga aralashib, uni ajratib olishdi.

Samolyot qo‘nganida Turan, milliy terma jamoa ustozi Fotih Terim va mamlakat futbol federasiyasi rahbari Demiroren Yildirim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va natijada Ardani terma jamoadan chetlashtirishga qaror qilindi. U terma jamoada boshqa o‘ynamadi.

3-holat. Kasalxonadagi otishma

2019 yil sentyabrida Turan butunlay o‘zini yo’qotdi . Ijtimoiy tadbirlardan birida u sosialist Ozla Ada Shahinga hushomat qildi. Haddan tashqari mast holatda bo‘lgan Arda unga teginib, bunday ayolni hech qachon qo‘ldan chiqarmasligini aytadi. Bu vaqt davomida qizning yonida uning turmush o‘rtog‘i, taniqli turk qo‘shiqchisi Berkay Shahin o‘tirgan edi. U xotinini uyiga olib ketib, futbolchi bilan gaplashib olish uchun qaytib kelmoqchi edi, lekin Arda darhol unga musht ko‘tardi.

Shahin kasalxonaga olib ketildi, Arda Berkayning qayerdaligini bilib, u yerga qo‘lida qurol bilan yetib bordi. Turan hamon mast holatda Berkayning oldida tiz cho‘kib, pistaletini unga bergan holda, “Uning xotiningiz ekanligini bilmagandim, kechirasiz. Meni otib tashlang!”, dedi.

Berkay qurolni qabul qilishdan bosh tortdi, keyin g‘azablangan Turan qurolni o‘zi qo‘liga oldi va shifoxona printeriga qarata o‘q uzdi. Ish polisiyaga qo‘ng‘iroq qilish va 32 oylik qamoq jazosi bilan yakunlandi.

2020 yilning yozida Arda “Galatasaroy”ga qaytdi. Sharmanda bo‘lib, u endi janjallarga kirmadi va matbuotdan uzoqroq turishga harakat qildi. U 2020/21 yilgi mavsumni yaxshi o‘tkazdi, biroq keyingi chempionatda u bir qator jarohatlar tufayli o‘ynay olmadi va 2022 yilning yozida faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Ichkilik va jahl yulduz futbolchini shunday ahvolga olib kelib qo‘ydi, achinarli holat.

Kiritildi: 10:59, 31.07.2022. O'qildi: 7636 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик