Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • -:-
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Liverpul»ning yengilmas faxriysi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yurgen Klopp jamoasi o‘zining mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inini o‘yinchilarning chidamlilik darajasini aniqlab beradigan an’anaviy laktat testi bilan boshladi.

 Qoida juda oddiy:

** Ishtirokchilar bir nechta marralar seriyasini yuqori tezlikda yugurib bosib o‘tadilar;

** Har bir marra nihoyasida o‘yinchilarning quloqlari solinchagidan qon namunasi olinib, uning tarkibidagi sut kislotasi miqdori aniqlanadi;

** Sut kislotasi miqdori ko‘p bo‘lgan ishtirokchi yugurishni to‘xtatadi. Musobaqa bitta futbolchi qolgunicha davom etadi.

O‘ziga xos musobaqaning o‘ziga jalb etadigan jihatlari yo‘q - har yili testda «qizillar»ning eng keksa faxriysi Jeyms Milner g‘olib chiqadi. Jamoaning ikkinchi sardori 2015 yildagi debyut mavsumidan beri peshqadamlikni hech kimga bermay kelmoqda.

Robertson dastlabki testdan o‘ta olmagandi

Laktat testi - Endryu Robertsonning Liverpulga kelganidan keyingi dastlabki sinovi edi. Shotlandiyalik futbolchi o‘sha voqeani quyidagicha xotirlaydi: «Yangi jamoamdagi ilk kunimni yaxshi eslayman. O‘shanda biz 6-7 kishi edik, chunki mavsumoldi yig‘ini endigina boshlanayotgandi. Biz nemislar xush ko‘radigan laktat testini topshirishimizga to‘g‘ri kelgandi. Denni Ingz bilan yonma-yon chopa boshladim va tez orada ko‘nglim aynidi. Aslida, bu o‘ta og‘ir mashq.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tishim ikki kunga cho‘zildi. Hech narsa yemaganim sababli, buni charchoq alomati, deb o‘yladim. Yo‘l-yo‘lakay Ingz menga nimalardir dedi. Lekin men o‘zimni yomon his etardim. Qusqini og‘zimda ushlab turishga uringan bo‘lsamda, chiday olmadim. Bu g‘oyat dahshatli edi. Birinchi kun!

Xayriyatki, o‘sha kuni Klopp u yerda emasdi. Ammo uch kundan keyin qaytib keldi. O‘zini tanishtirgach, meni «Janob Nosog‘lom», deb atadi. Adoyi-tamom qildi!»

Milner katta futboldagi 21-mavsumini boshlamoqda. U umuman spirtli ichimlik ichmaydi. Shu bois, uni Ronalduga tenglashtirib, Grilishga ibrat qilib ko‘rsatadilar

Milner - zamonaviy futbolga professional yondashuv bo‘yicha namuna bo‘la oladigan o‘yinchi. Jeyms o‘z debyutini 2002 yilda, 16 yosh, 309 kunlik paytida «Lids» tarkibida nishonlagandi. U APL tarixidagi ikkinchi eng yosh futbolchi hisoblanadi.

Jeyms jamoaga kelgan paytida «qizillar»ning ayrim vakillari hali dunyoga kelishga ham ulgurmagan edilar. Masalan, Xarvi Elliot va Kelvin Remzilar 2003 yilda tug‘ilishgan, Fabiu Karvalyu esa 2 oylik chaqaloq bo‘lgan. Yana 4 nafar futbolchi 1 yoshda bo‘lganlar.

23 yoshli Trent Aleksander-Arnold faxriy jamoadoshining baquvvatligidan hayratda: «Biz kuchli jamoamiz, baquvvat o‘yinchilarimiz ko‘p. Lekin Milli... bilmadim, uning yoshida yuksak sport formasini saqlab qolgan chayir futbolchini yana uchratishimga ishonmayman. Kuchli chempionatning eng sara jamoalaridan birining yetakchisi bo‘lish uchun beqiyos kuch va qat’iyat talab etiladi. Ayniqsa, uning yoshi va uzoq yillik faoliyatini inobatga olganda».

O‘ziga nisbatan o‘ta talabchanlik va spirtli ichimliklardan yiroqligi jihatidan Milnerni Krishtianu Ronalduga qiyoslashadi. «Manchester Siti»ning sobiq shifokori Pol Uebster yaqinda quyidagicha fikr bildirdi: «Chelsi»ga qarshi o‘yinda Milnerning o‘yini e’tiborimni tortdi. U maydondagi o‘yinchilarning eng zo‘ri edi. Boz ustiga, Jeyms juda yosh, xushbichim ko‘rinardi. Menimcha, uning organizmidagi yog‘ miqdori 8 foizdan oshmasa kerak.

Milnerda Ronalduga o‘xshash jihatlar mavjud. O‘zim Krishtianu bilan ishlagan emasman, ammo uni nazorat qiladigan mutaxassislarni yaxshi bilaman. Aslida, ulardagi qat’iyat arzimas jihatdek tuyuladi. Lekin yuksak natijalarga ana shu ikir-chikirlar olib keladi».

Jek Grilish namoyish etgan yozdagi bazmi-jamshid yana bir chorlovga sabab bo‘ldi. «Liverpul»ning sobiq o‘yinchisi Sten Kollimor klublarni o‘z o‘yinchilariga spirtli ichimliklar ichishni taqiqlashga da’vat etdi: «Fan haqiqatni gapiradi - alkogol sport natijalariga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Krishtianu Ronaldu, Zlatan Ibragimovich va Jeyms Milnerlar aynan shu sababli unga yaqinlashmaydilar. Buning samarasini amalda ko‘rib turibmiz, shunday emasmi?

Futbolda mavsumlar oralig‘i o‘ta qisqa ekanligini tushunaman, «mazza» qilib hordiq chiqarishni hatto mavsum davomida umuman ichmaydigan o‘yinchilar ham istaydilar. Biroq busiz ham risoladagidek dam olish mumkin ekanligini Ronaldu, Ibragimovich va Milnerlar amalda isbotladilar. Jek Grilish, Fil Foden va boshqa britaniyalik yosh futbolchilar uchun bu illatdan voz kechish oson emas, chunki u kundalik turmush tarzimizga singib ketgan. Lekin agar futbolda alkogol iste’moli taqiqlansa, u nafaqat natijalar, balki ijtimoiy hayotga ham ijobiy ta’sir etishi mumkin.

O‘zimni avliyo maqomida ko‘rsatish fikridan yiroqman, bir paytlar «Liverpul»­da o‘ynagan davrimda ozroq sharob yoki pivo ichib turardim. Lekin hozir klublar o‘z futbolchilariga talabchanroq bo‘lishlarini istardim. 

Ayrim futbolchilar e’tiroz bildirishlari mumkin: «Bema’ni safsatangni yig‘ishtir, Sten. Axir sen bizni lazzat olishning iloji bo‘lmagan hududga chorlayapsan», deb. Yo‘q, Zlatan, Krishtianu va Jeymsning salomatligi, ishlari va kayfiyati avvalgidan zo‘rroq bo‘lsa bordirki, aslo kam emas. Demak, ular hayotdan chinakamiga lazzat olishmoqda. Xullas, biz shu yigitlardan ibrat olishimiz lozim, Pol Gaskoyn kabi ko‘ngilxushliklar asiridan emas. Futbol olami esa spirtli ichimliklar bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarga e’tiborni kuchaytirib, o‘yinchilarga nisbatan talabchanroq bo‘lishi kerak».

MUHAMMADSODIQ tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 31.07.2022. O'qildi: 1797 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик