Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 4:0
      • Verona
      • 01.02.2026 16:30
      • Torino
      • 1:0
      • Lechche
      • 01.02.2026 19:00
      • Komo
      • 0:0
      • Atalanta
      • 01.02.2026 22:00
      • Cremonese
      • 0:2
      • Inter
      • 02.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Yuventus
      • 03.02.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Roma
  • La-liga
      • 01.02.2026 01:00
      • Elche
      • 1:3
      • Barselona
      • 01.02.2026 18:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Rayo Valyekano
      • 01.02.2026 20:15
      • Betis
      • 2:1
      • Valensiya
      • 01.02.2026 22:30
      • Xetafe
      • 0:0
      • Selta
      • 02.02.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 03.02.2026 01:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Sevilya
  • APL
      • 01.02.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:1
      • Nyukasl
      • 01.02.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Fulhem
      • 01.02.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Kristal Pelas
      • 01.02.2026 19:00
      • Aston Villa
      • 0:1
      • Brentford
      • 01.02.2026 21:30
      • Tottenhem
      • 2:2
      • Manchester Siti
      • 03.02.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Byornli
  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 01.02.2026 13:00
      • Yaponiya
      • 2:1
      • O‘zbekiston
      • 01.02.2026 13:00
      • Tojikiston
      • 0:1
      • Avstraliya
      • 01.02.2026 17:00
      • Eron
      • 5:2
      • Afg‘oniston
      • 01.02.2026 17:00
      • Saudiya Arabistoni
      • 6:1
      • Malayziya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Jirona 22 25
12 Elche 22 24
13 Sevilya 21 24
14 Atletik Bilbao 21 24
15 Xetafe 22 23
16 Valensiya 22 23
17 Rayo Valyekano 22 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Chelsi" tarixidagi eng qimmat tarkibda kimlar borligini bilasizmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Chelsi" so‘nggi 20 yil ichida to‘laqonli grand klubga aylandi. Roman Abramovich kelishi bilan klub kuchayish uchun katta mablag‘ sarflay boshladi va rossiyalik biznesmen bilan xayrlashgandan keyin ham jamoa buni davom ettirmoqda. Biz "Chelsi"ning eng qimmat xaridlaridan ramziy jamoani tuzib chiqdik.

Darvozabon: Kepa Arrisabalaga - 80 mln yevro
Transfer: "Atletik"dan 2018 yilning yozida.

Kepaning transferi o‘zini oqlamagan tavakkal bo‘lib chiqdi. 2018 yilning yozida Tibo Kurtua "Real"ga ketganidan so‘ng, "Chelsi" zudlik bilan yangi darvozabonga muhtoj edi. Tanlov Arrisabalaga tushdi, unda ko‘pchilik David de Xeaning bo‘lajak vorisini ko‘rdi.

Angliyada Kepa muvaffaqiyatsizlikka uchradi. "Chelsi" uning o‘rniga Eduard Mendini sotib oldi va darvozabon muammosini unutdi. Hozir Arrisabalaga 23 yoshda, ammo uning faoliyatini “Chelsi”da qayta boshlashini tasavvur qilish juda qiyin.

O‘ng qanot himoyachisi: Antonio Ryudiger 35 mln yevro
Transfer: "Roma"dan 2017 yilning yozida.

Ryudiger 2017 yilda Londonga o‘rtacha yevropalik himoyachi sifatida kelgan, vaqti-vaqti bilan o‘zini ko‘rsata olgan. "Chelsi"ning bu xaridi ancha omadli chiqqan edi.

Ryudiger jamoaga kelishi bilan darhol ko‘p o‘ynay boshladi va oxir-oqibat o‘z salohiyatini ochib berdi. Tomas Tuxel qo‘l ostida germaniyalik himoyachi Premyer-liga yulduziga aylandi, ammo yangi muammo paydo bo‘ldi. "Chelsi" himoya yetakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi edi va u ancha yaxshi sharoitlarni talab qildi. Tomonlar kelishuvga erisha olishmadi va shu yozda Ryudiger "Real"ga tekinga ketdi.

Markaziy himoyachi: David Luis - 35 mln yevro
Transfer: 2016 yilning yozida "PSJ"dan.

Bu Luisning "Chelsi"ga ikkinchi bor kelishi edi. Birinchisi 2014 yilda 49,5 million yevro evaziga "PSJ"ga o‘tish bilan yakunlangandi, 2016 yilda esa braziliyalik himoyachi kutilmaganda Londonga qaytdi va darhol Antonio Konte jamoasidan joy oldi. Birinchi mavsumda "Chelsi" Luisning faol ishtirokida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Zafarli mavsum oxirida David 30 yoshga to‘ldi va futbolchi asta-sekin o‘z darajasini yo‘qota boshladi. Natijada, 2019 yilning yozida Luis 8,7 million yevro evaziga "Arsenal"ga jo‘nab ketdi.

Markaziy himoyachi: Kalidu Kulibali - 38 mln evro
Transfer: 2022 yilning yozida "Napoli"dan.

Kulibali anchadan buyon yuqori saviyada o‘yin ko‘rsata olishini isbotladi, lekin faoliyati cho‘qqisida top-klubga o‘tmadi – “Napoli” uni qo‘yib yuborishdan bosh tortdi. Bu yozda esa senegallik himoyachi faoliyatining oxirigacha Italiyada qoladigandek tuyulganida, Kalidu to‘satdan himoya markazini kuchaytirishi kerak bo‘lgan "Chelsi"ga o‘tdi.

Kulibali allaqachon "Chelsi" safida debyut qilgan. Premyer-liganing 1-turida “Everton” bilan o‘yinni g‘alabali boshladi.

Chap qanot himoyachisi: Mark Kukurelya – 60 mln yevro
Transfer: 2022 yilning yozida "Brayton"dan.

Kukurelya uzoq vaqt o‘z vatanida, Ispaniyada o‘ynadi va o‘tgan yozda u "Brayton"ga ko‘chib o‘tdi va o‘zini haqiqatda ko‘rsata oldi. Yangi mavsum oldidan Markni "Manchester Siti"da kutishgandi, ammo "Chelsi" bunga aralashib, himoyachini sotib oldi.

Kukurelya ham “Chelsi”dagi debyutini “Everton”ga qarshi o‘tkazdi. Bundan tashqari, u faqat Kulibalining o‘rniga maydonga tushdi.

Markaziy yarim himoyachi: Mateo Kovachich - 45 mln yevro
Transfer: 2019 yilning yozida "Real Madrid"dan.

Kovachich "Real Madrid"da yaxshi o‘ynadi, ammo Kazemiro, Luka Modrich va Toni Kroos bor tarkibga kirish deyarli mumkin emas edi. 2019 yilning yozida madridliklar Mateoni 45 million yevro evaziga "Chelsi"ga sotib yubordi.

"Chelsi"da Kovachich yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega.

Markaziy yarim himoyachi: Jorjinyo - 57 mln yevro
Transfer: 2018 yilning yozida "Napoli"dan.

Jorjinyo "Napoli"da Maurisio Sarri qo‘l ostida haqiqiy istedodini ko‘rsatdi, shuning uchun italiyalik murabbiy "Chelsi"ga ishga o‘tganida, futbolchi darhol Londonga keldi.

Yarim himoyachi o‘tgan yili o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi: Italiya terma jamoasi Yevroni yutdi, Jorjinyo esa "Oltin to‘p" uchun kurashda uchinchi o‘rinni egalladi.

Hujumkor yarim himoyachi: Kristian Pulishich 64 mln yevro
Transfer: "Borussiya Dortmund"dan 2019 yil qishda.

Pulishich 2016/2017 yilgi mavsumda Dortmundning "Borussiya"sida o‘ynagan. 2019 yilga kelib, vingerga "Chelsi" qiziqa boshladi va uni tarkibga qo‘shib oldi.

Pulishich hamon “Chelsi”da o‘ynamoqda, ammo statistik natijalar bilan boshqalardan ajralib turmayapti. Bunga asosiy sabab uning jarohatlari. Har xil og‘irlikdagi jarohatlar tufayli Kristian uch yil ichida 44 ta uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Pulishich hali ham o‘z imkoniyatlarini to‘liq ochib bermagan degan fikr bor.

Hujumchi yarim himoyachi: Kay Xavers - 80 mln yevro
Transfer: 2020 yilning yozida "Bayer"dan.

Ikki yil avval Havers Yevropaning eng umidli yosh futbolchilaridan biri edi. Ko‘plab top-klublar germaniyalik yarim himoyachini o‘z tarkibida ko‘rishni xohlashdi, ammo "Chelsi" eng yaxshi taklifni qildi. Angliyadagi birinchi mavsumda Kayga moslashish uchun vaqt kerak edi va Tomas Tuxel kelganidan keyin u nihoyat maydonda o‘z o‘rnini topdi. Havers hujumchiga aylandi va Chempionlar ligasi finalida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda yagona gol muallifiga aylandi.

O‘tgan mavsum Havers uchun "Chelsi"dagi eng yaxshisi bo‘ldi. Romelu Lukaku yuqori taassurot qoldirmagan bo‘lsa-da, Kay hujumda unga namuna bo‘ldi. Gol+pas tizimida da 14+4 – nominal yarim himoyachi uchun ajoyib statistika.

Hujumchi: Alvaro Morata - 66 mln yevro
Transfer: 2017 yilning yozida "Real Madrid"dan.

Mana “Chelsi”ning asosiy muvaffaqiyatsizliklaridan biri. "Real Madrid"da Morata asosan zaxiradan maydonga tushdi, lekin muntazam ravishda gol urdi. Londonda Alvaroni oldingi xizmatlariga qaramay, Antonio Konte jamoadan chiqarib yuborgan Diyego Kostaning o‘rniga ajoyib o‘rinbosar degan qarorga kelishdi. Bu g‘oya muvaffaqiyasiz bo‘ldi: Morata ajoyib boshladi, lekin keyin o‘z imkoniyatlari darajasida o‘ynashni to‘xtatdi.

To‘g‘risini aytganda, "Chelsi" Moratani yaxshi pulga sotishga muvaffaq bo‘ldi. 2019 yilning yanvarida Alvaro 18 million yevro evaziga ijara asosida “Atletiko”ga jo‘nab ketdi va oradan bir yarim yil o‘tib Madrid klubi uning shartnomasini sotib oldi va londonliklar hisobiga yana 35 million yevro o‘tkazdi.

Hujumchi: Romelu Lukaku - 113 mln yevro
Transfer: 2021 yilning yozida "Inter"dan.

Sarflangan mablag‘ni hisobga olsak, "Chelsi" tarixidagi eng katta transfer muvaffaqiyasizligi aynan shu bo‘lsa kerak. Hali juda yosh Lukaku 2011 yilda Londonga kelgan va o‘z o‘rniga ega bo‘lmagandi. Va 10 yildan keyin u sayyoradagi eng qimmat hujumchilardan biri sifatida jamoaga qaytdi.

Bir mavsumda 15 ta gol bu aslida sharmandali statistika emas, lekin gap 113 million yevroga sotib olingan futbolchi haqida ketyapti. Lukaku Tuxel tizimiga ko‘nika olmadi, ammo bu yagona muammo emas. Mavsum o‘rtasida belgiyalik jurnalistlarga shov-shuvli intervyusida u "Inter"ga qaytishni orzu qilganini tan oldi. Shunday bo‘ldi ham Romelu "Inter"ga 8 million yevro evaziga ijaraga o‘tdi.

Kiritildi: 20:18, 13.08.2022. O'qildi: 5494 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.