Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Barselona
      • 03.05.2026 17:00
      • Selta
      • 3:1
      • Elche
      • 03.05.2026 19:15
      • Xetafe
      • 0:2
      • Rayo Valyekano
      • 03.05.2026 21:30
      • Betis
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 04.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 0:2
      • Real Madrid
      • 05.05.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • «A» Seriya
      • 03.05.2026 15:30
      • Bolonya
      • 0:0
      • Kalyari
      • 03.05.2026 18:00
      • Sassuolo
      • 2:0
      • Milan
      • 03.05.2026 21:00
      • Yuventus
      • 1:1
      • Verona
      • 03.05.2026 23:45
      • Inter
      • 2:0
      • Parma
      • 04.05.2026 21:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Lasio
      • 04.05.2026 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 03.05.2026 17:00
      • OKMK
      • 0:0
      • Neftchi
      • 03.05.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 1:0
      • Bunyodkor
      • 03.05.2026 19:15
      • Surxon
      • 1:1
      • Paxtakor
      • 04.05.2026 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Andijon
      • 04.05.2026 19:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Qizilqum
      • 04.05.2026 20:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Navbahor
  • APL
      • 03.05.2026 18:00
      • Bornmut
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 03.05.2026 19:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Liverpul
      • 03.05.2026 23:00
      • Aston Villa
      • 1:2
      • Tottenhem
      • 04.05.2026 19:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 05.05.2026 00:00
      • Everton
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 34 88
2 Real Madrid 34 77
3 Vilyarreal 34 68
4 Atletiko 34 63
5 Betis 34 53
6 Selta 34 47
7 Xetafe 34 44
8 Atletik Bilbao 34 44
9 Real Sosyedad 33 43
10 Osasuna 34 42
11 Rayo Valyekano 34 42
12 Valensiya 34 39
13 Espanyol 34 39
14 Elche 34 38
15 Malyorka 34 38
16 Jirona 34 38
17 Alaves 34 36
18 Sevilya 33 34
19 Levante 34 33
20 Real Ovyedo 34 28

O'tgan o'yinlar.

34-тур Jirona 0-1 Malyorka
34-тур Vilyarreal 5-1 Levante
34-тур Valensiya 0-2 Atletiko
34-тур Alaves 2-4 Atletik Bilbao
34-тур Osasuna 1-2 Barselona
34-тур Selta 3-1 Elche
34-тур Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
34-тур Betis 3-0 Real Ovyedo
34-тур Espanyol 0-2 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

05/05/26 Sevilya - Real Sosyedad

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xaloskor Drogba

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevropada to‘p suradigan afrikalik futbol yulduzlari nafaqat o‘z mamlakatlari, «qora qit’a»ning barcha hududlarida ham yuksak hurmat-ehtiromda bo‘ladilar.

Eto`O, Caloh, Mane kabi afsonalar ovloq aholi punktlari, changalzorlarda voyaga yetayotgan yangi avlod vakillari uchun hayotiy namuna va abadiy motivasiya manbai bo‘lishgan va bo‘ladilar. So‘nggi yillarda juda ko‘p afrikalik o‘smirlar futbol ko‘magida millionerlarga aylanish maqsadida Yevropaga yo‘l olishdi. Lekin boylik va mashhurlikka erishish, hatto minglab kishilar turmush tarziga oz bo‘lsada, ijobiy o‘zgarishlar kiritish faqat sanoqli futbolchilarga nasib etdi.

Didye Drogba - shunday qahramonlardan biri. 2017 yilda u xayriya jamg‘armasini ochib, tijorat sohasidan topgan barcha daromadlarini Kot-D~Ivuarda shifoxonalar, maktablar bunyod etish, mobil gospitallar faoliyatini tashkil etish va yirik xayriya jamg‘armalari bilan hamkorlikka sarflay boshlagandi. Bundan tashqari, Drogba BMTning xolis xizmat elchisi sifatida Afrikadagi ijtimoiy muammolarni hal etish, bezgak, OITS va boshqa xastaliklarga qarshi kurashda faol ishtirok etmoqda. Biroq tug‘ilib-o‘sgan yurtiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan eng yorqin va muhim xizmatini Didye bundan 15 yil avval amalga oshirgandi.

2001 yilda Kot-D~Ivuarda fuqarolar urushi boshlandi. Musulmonlar shimoli va xristianlarning janubi o‘rtasidagi qirg‘inlar doimo bo‘lib turgan, lekin hukumat uning keng yoyilib ketishiga imkon bermagandi. Prezidentlik lavozimi Loran Gbagboga o‘tgach, keskin o‘zgarishlar yuz berdi. U muxolifatning qayta saylov o‘tkazish talabini rad etdi. Gap shundaki, ikki yil avval mamlakatda otasi yoki onasi ivuarlik bo‘lmagan fuqarolar prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ya olmasligi haqida qonun qabul qilingandi. Mazkur qonun muxolifat yetakchisi bo‘lmish Alassan Uottarga prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishiga imkon bermagandi. Chunki uning onasi Burkina-Faso fuqarosi edi.

Natijada fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Janub Gbagbo hukumatini, muxolifatdagi shimol esa Uottar rahbarligidagi «Kot-d'Ivuarning yangi kuchlari» fraksiyasi tarafdori edilar. 2002 yil sentyabrida boshlangan harbiy harakatlarda isyonchilar mamlakat shaharlariga hujum qila boshladilar.

2004 yilda mojaro tinchigandek bo‘ldi - tomonlar mamlakatni ikki qismga ajratgan chegara yaqiniga mustahkam o‘rnashib oldilar, urush davomli qarama-qarshilikka aylandi. Faqat rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 3000 kishi halok bo‘ldi. Lekin 2005 yilda keskinlik kuchayib ketdi - o‘zaro otishmalar tobora ko‘paya boshladi, mamlakat urushning yangi bosqichiga tayyorlana boshladi.

Shunday vaziyatda Ivuar terma jamoasi JCH yo‘llanmasining taqdiri hal bo‘ladigan uchrashuvga yetib keldi. Ilk marta mundialning final bosqichiga chiqish uchun jamoa safarda Sudan termasini mahv etishi va parallel uchrashuvda Eto~Oning Kameruni ochko yo‘qotishi lozim edi.

Amalda shunday bo‘ldi. Kot-D'Ivuar Sudanni 3:1 hisobida yengdi, Kamerun esa 95-daqiqada penaltini golga aylantira olmay, Misrni taslim eta olmadi.

Shubha yo‘qki, bu Drogba va uning termasi uchun ertaknamo yechim edi. Biroq xayrli oqshomning asosiy voqeasi 20000 kishilik «Al-Mirrix» stadionidagi jajjigina kiyinish xonasida ro‘y berdi. Futbolchilar tarixiy g‘alabani nishonlayotgan xonaga operator kirib kelganida, o‘yinchilar yonma-yon saf tortishdi, jamoa sardori Drogba esa qo‘liga mikrofon tutgan holda oldinga o‘tdi:

«Fil Suyagi Sohilining erkak va ayollari. Shimol, janub, markaz va g‘arbdagi fuqarolar. Bugun biz ivuarliklar yagona maqsad yo‘lida birlasha olishlari va JCHning saralash bosqichidan o‘ta olishlarini isbotladik. Biz sizlarga bayram sovg‘a qilishga va’da bergandik. Endi tiz cho‘kkan holda sizlarga murojaat qilamiz: Afv. Afv. Afv! Shunchalik bebaho boylikni qo‘lga kiritgan Afrikadagi yagona mamlakat urushga ko‘milishi mumkin emas. Iltimos, qurollaringizni tashlang va saylovlarni o‘tkazing».

«Biz xursandchilik qilishni istaymiz. Shunday ekan, qotillikni to‘xtating», deya kuyladilar o‘yinchilar videolavha so‘ngida. O‘sha oqshom butun mamlakat bayramona shodiyonaga burkandi - Ivuarning eng yirik shahri Abidjan ham, isyonkor Buake ham.

2006 yilda Drogba Afrikaning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor bo‘lgach, Kot-D~Ivuar shaharlari bo‘ylab safarga otlandi. Jumladan, shimoliy hudud ham chetda qolmadi. U yerda hujumchi terma jamoaning sentyabr oyidagi Madagaskarga qarshi o‘yini Abidjanda emas, Buakeda o‘tkazilishiga va’da berdi. Didyening qarori hukumat ma’murlari bilan kelishib olingan yoki yo‘qligi hanuzgacha ma’lum emas. Lekin nima bo‘lganda ham, uchrashuv Buakeda bo‘lib o‘tdi.

O‘sha uchrashuvda maydon egalari Madagaskar darvozasiga 5ta javobsiz gol urishdi. Gollarning birini o‘z hisobiga yozib qo‘ygan Drogba o‘yindan keyin maydon chetidagi yo‘lakcha bo‘ylab muxlislar uchun hurmat davrasida ishtirok etdi. Bu pallada tribunalarni to‘ldirib o‘tirgan sobiq g‘animlar yirik g‘alaba bilan bir-birlarini qizg‘in tabriklashardi. Ana shu zafarli 2007 yilda qarama-qarshi tomonlar o‘zaro tinchlik shartnomasini imzolab, urushga chek qo‘ydilar.

Afsuski, Kot-D~Ivuarning siyosiy tarixidagi drama yana nihoyasiga yetmay qoldi. 2010 yildagi mojaroli saylovlardan so‘ng, fuqarolar urushi qayta takrorlandi, yuzlab kishilar halok bo‘ldilar. BMT Fransiya qo‘shinlarining qo‘llab,quvvatlashi ko‘magida vaziyatga aralashgan BMT missiyasi Loran Gbagboni lavozimidan chetlatib, Gaa­gada sud qildi. Uning azaliy raqobatchisi bo‘lgan Alassan Uottar nihoyat, mamlakat prezidenti etib saylandi.

Ivuardagi harbiy harakatlarga Didye Drogba va terma jamoa barham bergani yo‘q. Biroq ular millionlar o‘yinining mo‘’jizaviy qudrati - kechagina bir-birini otib o‘ldirishga tayyor bo‘lgan kishilarni birlashtira olishini namoyish etishdi.

Sodiq SOBIR tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:50, 13.08.2022. O'qildi: 4439 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 15
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 14
8 Барселона Robert Levandovski 13
9 Сельта Borxa Iglesias 13
10 Атлетико Aleksandr Serlot 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик