Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Timo Verner: «Yaxshiki, qo‘shiq kuylashimga to‘g‘ri kelmadi!»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«RB Leypsig»ning 11-raqamli hujumchisi - Timo Verner ortga qaytdi!

26 yoshli futbolchi shartnoma ostiga imzo chekkani hamono maxsus matbuot anjumanida qatnashib, qaytishi sabablariga to‘xtaldi, yana Angliyadagi faoliyati yuzasidan xulosa chiqardi, yangi maqsadlari haqida gapirdi.

Qaytishdan keyingi ilk kun

- Leypsigdagi birinchi kun mashaqqatli, lekin shuning barobarida ancha qiziqarli o‘tdi! Qaytish juda yoqimli, ko‘plab tanish chehralarni yana ko‘rib turganimdan xursandman.

Kutib olish jarayoni

- «RB Leypsig» tarkibiy tuzilmasida o‘zgarishlar katta emas - men o‘ynagan vaqtdagi ko‘plab futbolchi va xodimlar hamon klubdalar. Ilk mashg‘ulot davomida ular bilan quvonchli lahzalarni esladik - ajib xotiralar. Yigitlar bilan yana ko‘rishish o‘zgacha tuyg‘u bag‘ishladi. Yaxshiki, qo‘shiq kuylashimga to‘g‘ri kelmadi! Jamoa safiga ilk marta qo‘shilganimda, bu «ish»ni zimmamdan soqit qilgandim, shuning uchun bu safar shunchaki, ikki qator saflangan futbolchilar orasidan yugurib o‘tdim, xolos. Lekin ayrim yigitlar boshimga urishdi. Bu qo‘shiq aytishdan osonroq har holda.

Qaytish sababi

- Boshqa variantlarni ko‘rib chiqmaganimni aytsam, yolg‘on gapirgan bo‘laman. Lekin barchasini o‘ylab ko‘rgach, «RB Leyp­sig»ga qaytish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini tezda angladim. Futbolchi uchun klubdan tash­qari, bosh murabbiy ham juda muhim. Domeniko Tedesko bilan g‘oyat iliq gaplashdik - ikkimiz ham Baden-Vyurtemberg­danmiz, axir. Qisqasi, o‘zaro munosabatimiz zo‘r. Tedesko bilan suhbat ham «RB Leypsig» tanlovi bo‘yicha ishonchimni mustahkamladi. Albatta, klub tanlashda bo‘lajak jahon chempionati haqida ham o‘yladim. Zero, mundialga eng yuqori sport formasida tayyorlanishni istayman. Buning eng yaxshi yo‘li - doimiy o‘yin amaliyoti. Afsuski, «Chelsi»dagi ikkinchi mavsumda bunday bo‘lmadi. Qisqasi, moslashishga uzoq vaqt talab qilinmaydigan va o‘ynash imkoniyati balandroq klubga kelishni xohladim. Binobarin, «RB Leypsig» uslubini yaxshi bilaman, o‘z navbatida, klub ham men qanday o‘ynashimdan xabardor. Yana bir jihat - shaharning o‘zi. Bu yerda o‘zimni uydagidek his qilishimni ko‘pchilik biladi. Ha, London ajoyib shahar va uni qo‘msashim turgan gap. Lekin odatiy nemis nonvoyxonalariga yana tashrif buyurish, an’anaviy nemischa buyumlarni sotib olish juda yoqimli. Shuningdek, bu yerda uyimga ham yaqinroqman. So‘nggi 2 yil mobaynida otamning uyiga atigi bir marta bosh suqishga vaqt topdim. O‘ylaymanki, endi bunga imkoniyat ancha oshadi. Qolaversa, Bundesliga darajasi ham binoyidek. Menimcha, Germaniya ligasi saviya bo‘yicha APLdan uncha uzoq emas. Endi muxlislar bilan uchrashuvni intiq holda kut­yapman. Ular bilan har doim ajoyib munosabatda bo‘lganman. Leypsigliklar eng qiyin pallalarda ham meni qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtamadilar. Shunday fanatlar qarshisida yana maydonga tushish o‘zgacha kayfiyat ulashadi, albatta.

Angliyadagi faoliyati yuzasidan xulosa

- Angliyada ishim uncha yurishmagandek ko‘rinadi. Vaholanki, birinchi mavsumda «Chelsi»ning eng yaxshi to‘p­urari bo‘ldim, qolaversa, CHLda g‘alaba qozondik. Deb­yut mavsumida bundan ortig‘iga umid bog‘lash ham mumkin emas. Faqat keyingi mavsum hammasi chappasiga ketdi. Misol uchun, VAR tizimi tomonidan bekor qilingan gollar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdim, menimcha. Ochig‘i, bu ham ishonchimga biroz ta’sir ko‘rsatdi. Yana koronavirus va jarohatlar bilan kurashishimga to‘g‘ri keldi, yakunda barchasi jamoadagi o‘rnimga ta’sir qilmay qolmadi. Shundan so‘ng avvalgi sport formasiga qaytolmadim va men uchun o‘yin vaqtini ko‘zlagan holda ketish  mantiqiy qaror edi.

Jamoaning yangi 

tuzilmasi

- Tushunaman, ko‘pchilik birdaniga gollar urishimni kutadi, o‘zim ham cho‘zib o‘tirishni xohmalayman. Lekin klubga o‘yin chizgilari yoki an’analarni buzish uchun kelganim yo‘q. Bunday inson emasman, hech qachon o‘zimni jamoadan ustun qo‘ymayman. Har doim jamoada o‘z o‘rnimni topganman. Aytganimdek, bu yerda men bilan birga o‘ynagan va muvaffaqiyatga erishgan futbolchilar bor. Misol uchun, Kristofer N~Kunku bilan ajoyib yilni o‘tkazgandim. Kristofning ko‘plab gollariga assistentlik qilganman, o‘z navbatida, u deyarli barcha gollarimda bevosita ishtirok etgan. O‘shanda kuchli tandem sifatida yaxshi taassurot qoldirgandik, o‘ylaymanki, endi yangi ijrochilar bilan ham ajoyib ishlarni bajaramiz.

Rivojlanish strategiyasi

- Menimcha, 2020 yildan buyon saviyam bir qadar oshdi. APLda doimiy tarzda o‘z ustingizda ishlashingiz va takomillashib borishingiz talab etiladi. Raqobat darajasi juda yuqori, axir har bir futbolchi boshlang‘ich tarkibdan joy olishni xohlaydi. Hozir 26 yoshdaman, o‘rganishda davom etish muhimligini juda yaxshi bilaman. Yashirmayman, chidamlilik va jismoniy tayyorgarlik bobida to‘liq barqarorlashmagandim va bularni  rivojlantirish uchun APL eng maqbul liga edi. Tumanli o‘lkada har bir duelni to‘g‘ri qabul qilishingiz kerak, aks holda, yutqazishingiz muqarrar. Misol uchun, to‘p uchun kurashda tanamdan ko‘proq foydalanishni o‘rgandim.

Yangi maqsad-rejalar

- Oldimga aniq bir marralarni qo‘yib olishim noo‘rin. Qolaversa, «RB Leypsig»ga endi qaytdim, shuning uchun «Chempion bo‘lishni xohlayman» qabilida jarangdor gapirishimdan ma’no yo‘q. Faqat aytishim mumkinki, bizda «RB Leypsig» tarixidagi eng yaxshi tarkib bor. Ha, Bundesliganing boshqa jamoa­lari ham yaxshi tarkibga ega. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, jamoamga ishonaman va kuchli ishonch hamda puxta jismoniy tayyorgarlik bilan ko‘p narsaga erishish mumkinligini yaxshi bilaman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:45, 21.08.2022. O'qildi: 2564 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик