Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • 2:2
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • 1:0
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • 5:1
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • 0:0
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • 1:1
      • Misr
      • 16.06.2026 03:00
      • Saudiya Arabistoni
      • 1:1
      • Urugvay
      • 16.06.2026 06:00
      • Eron
      • 2:2
      • Yangi Zelandiya
      • 16.06.2026 23:59
      • Fransiya
      • -:-
      • Senegal
      • 17.06.2026 03:00
      • Iroq
      • -:-
      • Norvegiya
      • 17.06.2026 06:00
      • Argentina
      • -:-
      • Jazoir
      • 17.06.2026 09:00
      • Avstriya
      • -:-
      • Iordaniya
      • 17.06.2026 22:00
      • Portugaliya
      • -:-
      • Kongo DR
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Germaniya 1 3
2 Kot-d'Ivuar 1 3
3 Ekvador 1 0
4 Kyurasao 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shvesiya 1 3
2 Niderlandiya 1 1
3 Yaponiya 1 1
4 Tunis 1 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Eron 1 1
2 Yangi Zelandiya 1 1
3 Belgiya 1 1
4 Misr 1 1

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Saudiya Arabistoni 1 1
2 Urugvay 1 1
3 Ispaniya 1 1
4 Kabo-Verde 1 1

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya
1-тур Germaniya 7-1 Kyurasao
1-тур Niderlandiya 2-2 Yaponiya
1-тур Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
1-тур Shvesiya 5-1 Tunis
1-тур Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
1-тур Belgiya 1-1 Misr
1-тур Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
1-тур Eron 2-2 Yangi Zelandiya

Navbatdagi o'yinlar.

16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.06.2026

      06:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      08:00 Д/ф "Двенадцатый игрок".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Витория".
      12:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Шапекоэнсе" - "Коринтианс".
      18:00 Чемпионат Турции. "Коньяспор" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Ботафого".
      00:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Эюпспор".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Атлетико Минейро".
      04:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Гёзтепе".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.06.2026

      05:20 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия. Юниорки.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      10:35 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Блочный лук. Индивидуальное первенство.
      12:50 "Формула-1. Гаснут огни".
      13:15 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP TCR.
      13:45 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP GT4. Гонка 2.
      15:00 "Непобедимый".
      15:30 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия.
      17:45 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      20:25 "Вопреки всему".
      20:55 LIVE Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Ostrava Golden Spike в Остраве, Чехия. Прямая трансляция.
      23:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Блочный лук. Индивидуальное первенство.
      01:10 "Непобедимый".
      01:35 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP TCR.
      02:05 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP GT4. Гонка 2.
      03:15 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Ostrava Golden Spike в Остраве, Чехия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.06.2026

      05:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Иран - Новая Зеландия. Прямая трансляция.
      08:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Испания - Кабо-Верде.
      13:40 LIVE Улётный футбол. Прямой эфир.
      14:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      15:00 Новости.
      15:05 Футбол. Чемпионат мира 2026. Саудовская Аравия - Уругвай.
      17:15 Футбол. Чемпионат мира 2026. Бельгия - Египет.
      19:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      19:55 Новости.
      20:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:50 Футбол. Чемпионат мира 2026. Иран - Новая Зеландия.
      23:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Франция - Сенегал. Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Ирак - Норвегия. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.06.2026

      05:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Даунхилл.
      06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 5 в Праге, Чехия. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      07:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      08:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      09:30 Снукер. German Masters в Берлине. Финал. Сессия 2.
      11:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Даунхилл.
      12:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Даунхилл.
      13:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      14:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      15:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      18:30 Велоспорт. Женщины. Гонка "Копенгаген Спринт" в Дании.
      19:30 Велоспорт. Гонка "Копенгаген Спринт" в Дании.
      20:30 Велоспорт. "Велошоу".
      21:00 LIVE Пауэрлифтинг. Чемпионат мира по классическому троеборью в Друскининкае, Литва. День 1. Прямая трансляция.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Обзор.
      01:00 Автоспорт. Ралли-рейд. Чемпионат мира. Этап 3. "Desafio Ruta 40 YPF" в Аргентине. Обзор.
      02:00 Фехтование. Чемпионат Европы в Антони, Франция. Рапира. Женщины. Финал; Сабля. Мужчины. Финал.
      04:00 Велоспорт. "Велошоу".
      04:30 Велоспорт. Тур Овернь-Рона-Альпы во Франции. Этап 8.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ozodlikdan bahra topgan Ozod

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Hurlik, ozodlik epkinlari hal­qimizga keng imkoniyat eshiklarini ochib berdi.

Bundan bahramand bo‘lgan elimiz ertangi kunga yuksak ishonch bilan fidoiylik ko‘rsatayapti. Ayniqsa, bu borada o‘z umrini halq manfaati yo‘lida baxsh etgan nuroniylar ham ana shu xayrli va savob ishdan chetda qolishmayapti. Quyida «charm to‘p»ga oshno tutinib, millionlar o‘yini ravnaqiga hissa qo‘shganlardan biri, Mehnat faxriysi, «Do‘stlik» ordeni, «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun» esdalik nishoni sohibi Ozod Parmonov suhbatini e’tiboringizga havola etamiz.

- Ozod Davronrovich, suhbatni inson uchun g‘oyat qadrli va aziz bo‘lib qolgan beg‘ubor bolalik yillaringizdan boshlasak.

- Qishlog‘imiz viloyatimizning Yakkabog‘ tumaniga tutash hududda joylashgan bo‘lib, o‘zining bir so‘zli, mehnatkash, tanti odamlari bilan ma’lum va mashhurdir. Shuning uchun bo‘lsa kerak men ham dangal, o‘z so‘zida turadigan, davlat va halq manfaatini ustun qo‘yadigan odamlarni xush ko‘raman. Yosh bo‘lsamda hayotga bo‘lgan qiziqishim o‘zgacha bo‘lgan. Katta  yoshdagi odamlar suhbatini zimdan kuzatib, o‘zimga zarur bo‘lgan o‘gitlarni olganman. Bo‘sh vaqt topdimmi maktabimizdagi stadionda to‘p tepib, o‘sha paytdagi butun o‘zbek halqining ko‘nglidan joy olgan «Paxtakor» nomini olgan sevimli jamoamizga havas qilib ulg‘aydik. 1962 yilda «Paxtakor»ning sobiq chempionati oliy ligasida kuchli oltilikka kirgani zavqimizga zavq qo‘shgan. O‘z davrida o‘zbekning Pelesi deya e’zozlangan Hamid Rahmatullayev, Idgay Tazetdinov, Oleg Qahhorov, Vitaliy Suyunov, Maqsud Sharipov, Akmal Azizxo‘jayev ismi shariflarini o‘zimizcha e’tirof etib, to‘p tepgan bo‘lsak, tengqurlarim hatti-harakatim, qaddi-qomatimni Krasniskiyga qiyoslab «Gena» deb chaqirishardi. Jamoadoshlarim orasida o‘zimizning Yuriy Pshenichnikov, Oleg Motorin, Birodar Abduraimovlari ham bor edi.

- Viloyat partiya qo‘mitasida faoliyat ko‘rsatganingizda B.Abduraimovni Qarshi jamoasiga bosh murabbiylikka ham taklif etgan ekansiz...

- Ha, Birodar akani o‘tgan asrning 80-yillarida Qarshiga taklif qilib, o‘sha paytdagi viloyatimiz rahbari Ruzmet G‘oyipov huzuriga olib kirganman. Qizg‘in va samimiy suhbat bo‘lgandi. Birodar aka Qashqadaryo futboli, uning iqtidorli yoshlariga munosib baho bergan. Biroq ayrim sabablarga ko‘ra, reja amalga oshmay qoldi. Lekin, do‘stligimiz, bir-birimizga bo‘lgan hurmat saqlanib qolgan. Birodar Hasanovich har gal Qarshiga kelganida o‘sha damlarni eslab, «Qashqadaryo futboli hali so‘zini aytadi», - degan edim-ku, deb alohida ta’kidlashdan charchamaydi.

- Viloyatga birinchi rahbar bo‘lganingizda Qashqadaryo futbolida inqilobiy o‘zgarishlarga bosh-qosh bo‘lgan ekansiz...

- Ish faoliyatimning birinchi kunidan futbolga e’tibor qaratganman. Qarshi shahridagi sobiq «Mehnat» stadionini 37 kun ichida rekonstruksiya qildik. 30 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadionda barcha shart-sharoitlar yaratildi. Faqat elektron tablo o‘rnatishga ulgurmay qoldik. Alohida futbol jamoasi uchun baza barpo etdik. Oldimizda bitta vazifa turardi - «Mash’al» (Muborak)ning oliy ligadagi o‘rnini «Nasaf»ga olib, viloyat markazida bosh jamoa tuzish uchun astoydil intildik. Bu bo‘yicha turli fikr-mulohazalar bo‘ldi. Yakunda «Nasaf» nomi bilan jamoa Qarshi shahrida kuchlilar safida bo‘lishiga erishdik.

- Yoshingiz ulug‘lik sari yuz tutib borayapti. Sizni futbolimizdagi nimalar tashvishlantiradi?

- Bir vaqtlar ustalar jamoasi degan nom bo‘lar edi. Ana shu xayrli ishda yuqori pog‘onadagi sport mutasaddilari bosh qosh bo‘lgan ya’ni sport ustasi, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali futbolchi degan nom qaysidir ma’noda «charm to‘p» sohibiga ruhiy madad bergan. O‘z ustida ishlashga undagan. Imkon darajasida ana shu xayrli ish ko‘rib chiqilsa. Uzoq, chekka hududlarda iqtidorlar ko‘p. Bu bo‘yicha seleksiya ishlari yanada jonlantirilsa deyman. Murabbiylarimizni Yevropadagi top jamoalarda tajriba almashishlari yo‘lga qo‘yilsa. Legioner o‘yinchi, murabbiy masalasida ham biznikilardan bir pog‘ona yuqori bo‘lganlar yurtimizga taklif etilsa, ayni muddao bo‘lardi. Men bu fikr mulohazalarni oddiy muxlis sifatida izhor etdim. Chunki biz keksalar ham jamiyatimizda bo‘layotgan har bir o‘zgarish, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan xayrli va savob ishlarga befarq emasmiz. 

- Maroqli suhbatingiz uchun dil tashakkurini qabul qilgaysiz.

- Fursatdan foydalanib, «InterFutbol» gazetasi ijodiy jamoasi, ko‘p sonli mushtariylariga minnatdorchilik bildiramiz. Ular nafaqat o‘zbek futboli, qolaversa bizni dunyo futboli yangiliklaridan voqif etib turishibdi. Gazeta ijodiy jamoasidagi xolislik, kuyinchaklik ila yo‘g‘rilgan maqolalar sog‘­lom turmush tarzimiz asosi - millionlar o‘yiniga xizmat qilishiga qat’iy ishonaman.

SUHBATDOSH HAQIDA MA’LUMOT

Ozod Parmonov 1950 yil 19 avgustda Qamashi tumanidagi Qorabog‘ qishlog‘ida tavallud topgan. O‘rta ma’lumotni tumandagi O‘zbekiston maktabida olgan. Dastlab qishloq xo‘jalik texnikumi, so‘ng Moskva davlat pedagogika institutida tahsil olib, uni Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika  universitetida yakunlagan. Bir necha o‘quv yurtlariga rahbarlik qilgan. G‘uzor va Kitob tumanida birinchi rahbar bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. 1995 yilning noyabr oyidan 1998 yilning iyun oyiga qadar viloyat hokimi vazifasida ishlagan. Oilali, olti farzand va ko‘plab nabira va chevaralarning sevimli bobosi.

Husan TEMIROV suhbatlashdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 27.08.2022. O'qildi: 1944 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Швеция Yasin Ayyari 2
2 АҚШ Folarin Balogan 2
3 Германия Kay Xavers 2
4 Тунис Omar Rekik 1
5 Швеция Viktor Dyokeresh 1
6 Швеция Mattias Svanberg 1
7 Германия Jamol Musiala 1
8 Германия Nataniel Braun 1
9 Германия Deniz Undav 1
10 Қатар Bualem Xuxiy 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик