Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 11.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Torino
      • 11.01.2026 16:30
      • Lechche
      • -:-
      • Parma
      • 11.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Milan
      • 11.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Lasio
  • APL
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • AFC U-23
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • 1:2
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • 3:2
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
      • 11.01.2026 16:30
      • Xitoy
      • -:-
      • Avstraliya
      • 11.01.2026 19:00
      • Tailand
      • -:-
      • Iroq
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • 1:2
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
      • 11.01.2026 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Elche
      • 11.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Malyorka
      • 11.01.2026 20:15
      • Levante
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yozgi transfer oynasida ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan, lekin yakunda amalga oshmagan 5 transfer

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yevropaning "kuchli beshlik" chempionatlarida transfer oynasi yopildi, endi hisob-kitob qilish vaqti keldi. Bir qator transferlar uzoq vaqt davomida muhokama qilindi, ammo yakunda amalga oshmay qoldi. Quyida o‘sha amalga oshmay qolgan transferlarni muhokama qilamiz.

Frenki de Yong

Frenki de Yongning transferi haqidagi doston may oyida boshlangan. "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag "Barselona" yarim himoyachisini o‘zining asosiy maqsadlaridan biri deb atadi. Kataloniya klubi yarim himoyachini sotishdan juda xursand bo‘lardi, chunki "ko‘k-anoranglilar" ish haqini tushirishlari kerak edi. Ha, transfer tovon puli esa "Barselona"ning moliyaviy ahvoliga yordam berishi kerak edi. Transfer albatta sodir bo‘ladigandek tuyuldi. OAV xabariga ko‘ra, "Barselona" va "Manchester Yunayted" hatto barcha tafsilotlarni kelishib olishgandi.

Biroq, yarim himoyachining o‘zi "Barselona"ni tark etishni qat’iyan rad etdi. Birinchidan, Frenki de Yong barcha ish haqi bo‘yicha qarzlarni to‘lashni talab qildi. Bundan tashqari, yarim himoyachi Kataloniya klubida o‘ynashni va Chempionlar ligasida ishtirok etishni xohlayotgani xabar qilingandi. Qolaversa, u “Barselona”ni "Manchester Yunayted"ga almashtirishni istamadi. Kataloniya klubi futbolchiga bosim o‘tkazib, shartnomani deyarli sud orqali bekor qilish bilan tahdid qildi, Xavi esa yozda uni himoya markazida o‘ynatgan va futbolchi Eahon chempionati arafasida zaxiraga tushishi mumkinligiga sha’ma qilgandi. De Yongga "Chelsi" qo‘ng‘iroq qildi, "Bavariya" qiziqish bildirdi. Ammo, yakunda niderlandiyalik futbolchi o‘zi so‘zida turib oldi va "Kamp Nou"da qoldi.

Bernardu Silva

O‘z navbatida "Barselona"ning o‘zi ham moliyaviy muammolarga qaramay kuchli transfer kampaniyasini o‘tkazdi. Biroq kataloniyaliklar bitta maqsadga erisha olishmadi. Xavi Bernardu Silvani o‘z jamoasida ko‘rishni juda xohladi, portugaliyalik futbolchining o‘zi esa "Manchester Siti"ni Kataloniya klubiga o‘zgartirishga qarshi emasdi. Yarim himoyachi Angliyada o‘zini noqulay his qilayotganini tan oldi.

Biroq, bu transfer so‘nggi daqiqalarda amalga oshmay qoldi. "Barselona" Bernardu Silvani moliyaviy tomondan ko‘tara olmadi. Kataloniyaliklar transferlar va maoshlar uchun katta mablag‘ sarflab, jamoada bo‘lgan futbolchilardan qarzlari bor bo‘lsa-da, bu yozda qanday qilib o‘z tarkibini kuchli tarzda yangilashga muvaffaq bo‘lgani ko‘pchilik uchun sir bo‘lib qolmoqda. Katta ehtimol bilan "Barselona" keyinchalik Silva transferi muhokamasiga qaytadi, portugaliyalik esa "Manchester Siti"da qoldi.

Krishtianu Ronaldu

Portugaliyalik futbolchi bor kuchi bilan "Manchester Yunayted"dan Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoaga o‘tishga oshiqdi. Ronalduning agenti Jorje Mendesh Yevropaning deyarli barcha yirik klublari bilan aloqada bo‘ldi. Umuman olganda, "Manchester Yunayted" portugaliyalik futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emasdi, ammo ular qandaydir adekvat tovon olishni xohlashdi. Xabar qilinishicha, "qizil iblislar" hattoki, forvard 2023 yilning yozida yakunlanadigan amaldagi shartnomasini uzaytirsa, Ronalduni mavsum uchun ijaraga berishga ham tayyor edi.

"Bavariya" jamoadagi muhitni buzishi mumkin bo‘lgan portugaliyalik futbolchi bilan tavakkal qilishni istamadi. Tomas Tuxel "Chelsi" tizimida Ronalduni ko‘rishni xohlamadi. "Atletiko" yo pul topa olmadi yoki "Real Madrid" sobiq futbolchisining kelishiga keskin qarshi bo‘lgan muxlislar bilan kelishishni istamadi. “Napoli” varianti ham amalga oshirilmadi. Shu tariqa Ronaldu "MYU"da qoldi va endi biz uni Yevropa Ligasidagi debyutini kuzatamiz.

Milan Shkrinyar

"PSJ" deyarli butun yoz davomida "Inter"ning slovakiyalik himoyachisi o‘z safiga qo‘shib olish uchun tinim bilmadi. Parijliklar himoyani kuchaytirishni xohlashdi, Milan Shkrinyar esa ajoyib variantga o‘xshardi. Bir muddat transfer amalga oshadigandek tuyuldi. "Inter" uning o‘rniga "Torino" himoyachisi Bremerni olib kelishni va slovakiyalik futbolchini o‘rnini egallashi kerak edi, uning transferi kelishib olishga yaqin edi. Biroq, braziliyalik futbolchi oxir-oqibat klubini o‘zgartirdi, ammo Turinda qoldi. Matteys de Ligtni sotib yuborgan "Yuventus" Bremer bilan shartnoma imzoladi.

Shundan so‘ng, bozorda uning o‘rniga o‘rinbosar topish qiyin bo‘lishini tushungan "Inter" o‘zining eng yaxshi himoyachisi bilan xayrlashish niyatida emasligini ma’lum qildi. Bunday vaziyatda milanliklar Shkrinyarni Skudettoni qaytarishga yordam beradi va "neradzurrilar" "o‘lim guruhi"ga tushib qolgan Chempionlar ligasida yaxshi o‘yin ko‘rsatadi, degan umidda uni saqlab qolishni afzal ko‘rdi. "PSJ" esa yakunda taqdirda tan berdi.

Yuri Tilemans

Belgiyalik futbolchining yozda top-klubda o‘ynashi kutilgandi, ammo u "Lester"da qoldi. Shu bilan birga, hamma narsa Tilemansning yashash uchun ruxsatnomasini o‘zgartirishi kerakligini ko‘rsatdi. U 25 yoshda, u "tulkilar" darajasidan o‘tib ketdi va uning klub bilan shartnomasi keyingi yozda tugaydi. Tilemansga talab bor edi. Unga "Arsenal" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi va "Manchester Yunayted" uni yarim himoyachi sifatida ko‘rib chiqdi. "Real" haqida hatto kutilmagan mish-mish tarqaldi.

Boshqa tomondan, Tilemans ideal vaziyatga tushib qolgan bo‘lishi mumkin, chunki endi u o‘z kelajagini o‘zi hal qiladi. Belgiyalik futbolchi 1 yanvar kuni istalgan klub bilan shartnoma imzolashi mumkin. To‘g‘ri, qishda "Lester" uni qayergadir sotishi ehtimoldan xoli emas, ammo bu yozda olishi mumkin bo‘lgan pulga nisbatan juda kam bo‘ladi.

Kiritildi: 16:40, 02.09.2022. O'qildi: 11343 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.