Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Barselona" 2:8 uchun qasos olmoqchi. Xavi tarkibida kimlar bu o‘yinda ishtirok etgan?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Messi va Suares ketishdi, ammo dahshatli tushning guvohlari yetarli.

"Bavariya" va "Barselona" Chempionlar ligasida yana bir guruhdan joy olishdi. 2:8, 0:3, 0:3 – so‘nggi uchta o‘yin natijasi kataloniyaliklar uchun juda yoqimsiz. Bu safar "Barsa" qasos olishga jiddiy kirishdi.

"Biz tarixni o‘zgartirish uchun keldik"

"Ushbu o‘yin uchun kiyinish xonasida juda jiddiy kayfiyat, katta istak bor. Murabbiylar shtabi bu o‘yinga bir necha haftadan beri tayyorgarlik ko‘rdi. O‘yinchilarning motivasiyasi juda yuqori", deb yozadi AS.

Yirik ispan nashrlarining yozishicha, “Barsa” so‘nggi yillarda “Bavariya” vakillarining takabburona gaplarini unutmagan. Tomas Myuller bilan alohida munosabatlar bor.

"Barsa"ning motivasiyasi shundaki, klub Myunxenda hech qachon "Bavariya"ni mag‘lub etmagan. Eng yaxshi natijalar durang – 2008/09 yilgi mavsumda 1:1 va 1995/96 yilgi mavsumda 2:2 hisobi qayd etildi. Uchrashuvlar statistikasi ham "Bavariya" foydasiga - "Barsa" Myunxen bilan o‘yinda to‘qqizta mag‘lubiyat va ikkita g‘alaba, ikkita durang qayd etgan.

"Biz tarixni o‘zgartirish uchun keldik", - dedi "Barsa"ning kiyinish xonasidagi manba.

"Biz eng pastiga etib keldik." 2:8 - bu shafqatsiz edi

Chempionlar ligasining 2019/20 yilgi mavsumi chorak finalida “Bavariya” favorit sifatida maydonga tushdi – ammo “Barselona”ning bunday sharmandali mag‘lubiyatga uchrashini hech kim kutmagandi. Eslatib o‘tamiz, kovid cheklovlari tufayli o‘sha mavsumda pley-off o‘yinlari bir o‘yinli formatda o‘tkazilgan edi.

O‘sha uchrashuvda asosiy tarkibda o‘ynab, zaxiradan maydonga tushganlardan faqatgina Mark-Andre Ter Shtegen, Jerar Pike, Xordi Alba, Serxi Roberto, Serxio Buskets, Frenki de Yong va Ansu Fati bugun "Barsa"da qolishdi.

Kleman Langle, Nelson Semedu, Arturo Vidal, Luis Suares, Lionel Messi va Antuan Grizmann boshqa klublarda to‘p tepishmoqda.

"Barselona" o‘sha bahsda Robert Levandovskini to‘xtatib qolishga harakat qildi, ammo polyak baribir gol urdi va Myullerga golli uzatma berdi.

Joshua Kimmix “Bavariya”ning beshinchi golini kiritdi. O‘yindan so‘ng nemis futbolchisi “Bavariya” “Barsa”ni qanday mag‘lub etganini tushuntirib bera olmadi: “Bu aql-bovar qilmas kecha edi. Bu hisobda “Barselona”ni qanday mag‘lub etganimizni tushunish qiyin”.

"Barsa" tarixida abadiy qoladigan hikoya.

“Mag‘lubiyat hayratlanarli hol emas, men ko‘p marta yutqazganman. Ammo o‘sha o‘yin juda qiyin o‘tdi. Umuman qiyin yil bo‘ldi. Biz mag‘lub bo‘lishimiz mumkin edi, lekin bunday hisobda emas”, - dedi Messi uchrashuvdan so‘ng.

Jerar Pike "Barselona"ning mag‘lubiyatini eng yorqin tasvirlab berganlardan bo‘ldi. “Qo‘rqinchli o‘yin, dahshatli tajriba, sharmandalik bu uchun to‘g‘ri so‘zdir. Bu biz uchun juda qiyin va bundan foydali saboq bo‘ladi degan umiddaman. Bizga reaksiya kerak, o‘zgarish kerak. Hech qanday tegib bo‘lmaydigan futbolchilar yo‘q, agar yangi qon va boshqa dinamika kerak bo‘lsa, men ketishga tayyorman. Men bu holatda ketishga birinchi bo‘lib tayyorman, chunki biz eng past darajaga yetib keldik", - deya fikr bildirdi Pike.

"Barsa" bosh murabbiyi Kike Setyen ham rostini aytdi: "Bu juda alamli mag‘lubiyat. Sharmandali mag‘lubiyat. Gollar juda ko‘p edi, ularning ko‘plari munosib edi. "Bavariya" juda samarali harakat qildi.

Bugun biz yangi "Barselona" qanchalik quvvatlanganini ko‘ramiz.

Barselona Ispaniya – Bavariya Germaniya 2:8 (1:4, 1:4)

14 avgusta, 23.59, «Eshtadiu da Lush»

Gollar: 0:1 – 4 Myuller, 1:1 – 7, avtogol Alaba, 1:2 – 21 Perishich, 1:3 – 27 Gnabri, 1:4 – 31 Myuller, 2:4 – 57 Suares, 2:5 – 63 Kimmix, 2:6 – 82 Levandovski, 2:7 – 85 Koutinyo, 2:8 – 89 Koutinyo.

Barselona – ter Stegen, Semedu, Pike, Langle, Alba, Serdji Roberto (Grizmann, 46), Buskets (Fati, 70), de Yong, Vidal, Messi, Suares.

Bavariya – Noyer, Kimmix, Boateng (Zyule, 76), Alaba, Devis (Ernandes, 84), Tiago Alkantara, Goretska (Tolisso, 84), Gnabri (Koutinyo, 75), Myuller, Perishich (Koman, 67), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Boateng (42), Devis (52), Suares (54), Alba (59), Kimmix (85), Vidal (90).

Kiritildi: 21:20, 13.09.2022. O'qildi: 3037 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик