Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

De Ketelare – kamtarlik ramzi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Bryugge» tizimida 13 yil tahsil olgan Sharl De Ketelare «Milan»ga o‘tdi. O‘tgan yili yosh iqtidor sohibini «Inter» va «Atalanta» o‘z safiga jalb etishga uringandi, bu gal xaridorlar ko‘payib ketishdi. Savdolar uzoqqa cho‘zildi. «Lids» klubga ham, futbolchiga ham boshqalardan ko‘proq mablag‘ taklif etdi. Sharl esa Maldini, Massara va murabbiylar shtabi suhbatlaridan keyin «Milan»ni tanladi.

Muhim fakt: belgiyalik futbolchi uchun 32 mln. yevro sarflandi - yangi jamoa uchun bu ulkan harajat: joriy tarkibdagi birorta futbolchiga bunchalik ko‘p sarflanmagan. Biroq italiyaliklar kim uchun shuncha mablag‘dan voz kechayotganlarini yaxshi biladilar - De Ketelarening agenti Tom De Mul (vaqtida Zlatan bilan «Ayaks»da o‘ynagan)ning aytishicha, mijozini uzoq vaqt tekshirishgan: «Milan» uni yoshlar jamoasidagi davridan boshlab kuzatib keldi. Dastlabki muloqot ikki yil avval ro‘y berdi. Sharlni noyob iqtidor sifatida e’tirof etishdi. Biroq ularga maydonga tushishga tayyor o‘yinchi kerak edi».


De Ketelare - kamtarlik ramzi: stadionga yayov boradi, hanuzgacha shampan sharobini ochishni bilmaydi

Teo, Leau, Menyan kabi iqtidorlarni Milanga olib kelgan bosh skaut Joffre Monkada futbolchi haqidagi hisobot o‘yinga berilgan ta’rif bilan tugab qolmasligini ko‘p ta’kidlaydi: «Faqat o‘yinlarni tomosha qilish bilan cheklanib qoladigan skautning keragi yo‘q. Men o‘yinchining mashg‘ulotlarini kuzatib boradigan, ota-onasi va akademiyalar xodimlari bilan suhbatlashib turadigan mutaxassislarni yollayman. O‘yinni ko‘rib, hisobotni yozib, tezda unutib yuborishdan ko‘ra oson ish yo‘q. Bu yumushni ofisda o‘tirib ham bajarsa bo‘ladi. Bizga esa axborot kerak: shartnoma talablari, oilaviy munosabatlar, futbolchining yurish-turishi. Ikir-chikirlarni ahamiyati katta. Insoniylik hammasidan muhimroq».

O‘smirligidayoq millioner bo‘ldi, lekin kamtarlikni boy bermadi. Sharl Belgiyada onasi bilan yashadi. YECHLdagi ilk golini «Zenit» darvozasiga urgach, (o‘sha gol g‘alabani ta’minlagan), avvalo unga qo‘ng‘iroq qildi. Shuning­dek, o‘qishni ham unutmadi, stadionga esa yayov borardi. Vaholanki, mashinasi yo‘q emasdi.

«Mening yoshimdagi ko‘pchilik bolalar jamoada yolg‘iz yashaydilar. U-21 termasidagi o‘rtoqlarim ham qachon ko‘chib o‘tishimni so‘rashardi. Biroq bunga zarurat bo‘lmagan», - degandi futbolchi 2020 yilda.

21ga chiqqan Sharl shampan sharobini ochishni ham bilmasdi: «Bryugge»ning chempionligini nishonlash (o‘zining 3-g‘olibligi) marosimida De Ketelare bu borada murabbiydan yordam so‘ragandi. Shuningdek, serko‘pik ichimlikka ramziy «cho‘milish» jarayonida ham shishani murabbiy ochib bergandi. Qisqasi, qahramonimiz zararli illatlardan yiroq yigitcha.

«Men o‘z vaqtini oila va boshqa sport turlari bilan o‘tkazishni xush ko‘raman. Uyimdagilar buni yaxshi biladilar, ularga tushuntirishning hojati yo‘q. Chunki nima qilayotganim va nimaga intilishimdan xabardorlar. Menga hech qachon unday qil, bunday qilma, deyishgan emas», - degandi Sharl.


«Yarmi - Xaverts, yarmi - Kaka...»

De Ketelarening aqlan yetukligini o‘z vaqtida Andrey Kleshyonok ta’kidlab o‘tgandi: «Jamoa uslubini mukammal biladi, raqiblarining fikrini «o‘qiy» oladi, ammo Sharl - Kaka emas». Garchi, ko‘pchilik shunday fikrda bo‘lsa ham. Stefano Piolining e’tirofi: «Sharl haqida Divok Origidan so‘raganimda, u shunday javob qaytardi: «Yarmi Xaverts, yarmi Kaka».

Ta’kidlash joizki, bu kabi qiyoslashlarga shaxsan De Ketelarening o‘zi doimo qarshi bo‘lgan. «Ehtimol, Divok meni Kakaga tenglashtirgandir. Chunki u «Milan»da o‘ynagan, balki pozisiyalarimiz bir xilligi uchundir? Xavertsga kelsak, o‘ylashimcha, biz o‘xshash emasmiz. Ha, u ham bo‘ydor o‘yinchi, markaziy hujumchi va hujumkor yarim himoyachi pozisiyalarida to‘p suradi, chapaqay... bu borada o‘xshashmiz. Biroq meni hech kimga taqqoslamaslik kerak, deb hisoblayman. Men shunchaki, Sharl De Ketelareman».

«Zenit»ga qarshi ikki uchrashuvdagi bittadan gol - Sharlning tezkorligidan dalolat. Bu gollarda raqib himoyachilarining aybi ham yo‘q emas. Lekin belgiyalik hujumchi o‘ta tig‘iz hududdan qulay vaziyatni topa oldi, keyin o‘z vaqtida uzatmani golga aylantirdi. Tezkorlik fazilatiga Sharl tennis yordamida ega bo‘lgan, raketka bilan Flandriya chempioni maqomigacha ko‘tarilgandi.

«Tennis menga katta yordam berdi. U tufayli vaziyatga aniq baho berishni o‘rgandim, reaksiya va tezkorlikni oshirdim. Menimcha, bolakaylar turli sport turlarida shug‘ullanishsa, yaxshi bo‘lardi», - deydi hujumchi.

Stefano Pioli hayratda: «Chorshanba kuni yordamchilarim bilan o‘yin uslubimizni tushuntirish niyatida unga videolavha ko‘rsatdik. Sharlning reaksiyasi va izohlaridan futbolni yaxshi tushunadigan aqlli yigit ekanligiga amin bo‘ldik», - dedi Pioli futbolchining taqdimot marosimida.

Raqiblar harakatidan ularning maqsadini tezda anglab olish faziliyati evaziga hujumchi boshqa chiziqlarda ham, hatto himoya chizig‘ida ishonchli to‘p sura oladi. 2020|2021 yillar mavsumida «Bryugge» Dortmundda «Borussiya»ga qarshi maydonga tushganida, Sharlga qarshi Sancho, Torgan Azar va Bellingem to‘p surishgan va biror marta bo‘lsada alday olmagandilar.

Sharl o‘zi uchun qulay vaziyatni topish bilan birgalikda, jamoadoshlarini ham olib chiqa oladi. Bu ham uning voqealar rivojini avvaldan his eta olishini tasdiqlaydi. Hujumchi to‘pni qabul qilishidan avval kimga uzatishni belgilab qo‘yadi. Qaror qabul qilish va ijrodagi tezkorlik esa muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Bunda tennisning ulushi katta, albatta.

Chempion «Milan» - hatto g‘oliblikni ta’minlagan jamoadan ham farqli bo‘lgan yangi jamoa. Murabbiylar shtabi o‘yin falsafasiga keskin o‘zgarishlarni kiritdi: samarali, hujumkor uslubdan raqiblarni chalg‘itish maqsadida o‘yinchilar pozisiyalarini tez-tez almashtirishga asoslangan anchayin murakkab usulga o‘tdi. Origining kelgani, Rebichning tarkibda qolgani, Jiru va Zlatanning borligi Sharl 10- yoki 8-raqamni olishini anglatadi. Dastlabki turda u aynan Braim Dias o‘rniga maydonga tushirildi, oldingi chiziqda bo‘shliqlar yaratib, gol urdi. To‘g‘ri, sherigining «ofsayd»­da qolgani bois, gol inobatga olinmadi.

«Milan»ning oldingi chiziqda yo‘qotishlari bo‘lmagani bois, hoziroq maydonga tushish Sharl uchun shart emas. Xotirjam muhit va yangi axborotni tez o‘zlashtirish xislati uning «Milan»ga moslashuvini tezlashtiradi. U Kaka emas, ammo braziliyalik kasbdoshi darajasiga ko‘tarila oladi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:10, 14.09.2022. O'qildi: 1173 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик