Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHLda Messi gol ura olmagan beshta klub. Ro‘yxatda Rossiya jamoasi ham bor

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Makkabi Xayfa” Leo Messi Chempionlar ligasida gol urgan 39-klubga aylandi. Endilikda argentinalik bu ko‘rsatkich bo‘yicha yagona peshqadam - uning asosiy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu asosiy yevrokuboklarda 38ta jamoa darvozasini ishg‘ol qilgan.

Ammo Chempionlar ligasi tarixida (hozircha) shunday jamoalar borki, Leo ularning darvozasiga birorta gol ura olmagan. Bunday klublar faqat beshta: "Rubin", "Inter", "Atletiko", "Benfika" va "Udineze".

Keling, Messi gol ura olmagan jamoalar bilan tanishamiz.

"Rubin" - 4 ta o‘yinda 0 ta gol

Leo Chempionlar ligasida “Rubin” bilan to‘rt marta uchrashgan. Qozon klubi ketma-ket ikki marta - 2009/10 va 2010/11 mavsumlarida "Barsa" bilan YECHLda bir guruhdan o‘rin oldi. Barcha o‘yinlarda “Rubin” darvozasini Sergey Rijikov himoya qilgan – rossiyalik 238 daqiqa davomida Messi uning darvozasiga yo‘l topa olmaganidan xursand bo‘lsa kerak.

2009/10 yilgi mavsumdagi Chempionlar ligasi guruh bosqchi javob o‘yini oldidan (birinchi o‘yinda "Rubin" "Kamp Nou"da 2:1 hisobida zafar quchgan) jurnalistlar argentinalikni Qozondagi bo‘lajak o‘yinda gol urishiga ishonishgandi, ammo...

“Men bahslashmayman, o‘yin muhim edi. Lekin umidsizlikka tushmasligimiz kerak, chunki bizni hali ko‘p o‘yinlar kutib turibdi. O‘z maydonimizda bizga shunchaki omad kulib boqmadi. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz mumkinligini bilamiz. Bizda qasos tuyg‘usi yo‘q", - degan Messi "Kamp Nou"dagi o‘yindan so‘ng.

Qozondagi o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi va keyin bir nechta muhim seyvlarni amalga oshirgan Rijikov argentinalik futbolchidan xursand bo‘ldi. “Messi dahshatli odam, u hamma narsaga qodir! "Kamp Nou"da 2:1 hisobida g‘alaba qozonganimizdan keyin xonamda uxlay olmadim va Roma Sharonovga aytdim: "Men chapga yoki o‘ngga uzatmani kutyapman va u esa zarba beryapti. Bu futbolning boshqa darajasi, butunlay boshqacha ”, - deya esladi darvozabon o‘sha o‘yinni.

2009/10 yilgi mavsumda Messi "Rubin"ga qarshi ikkita to‘liq o‘yin o‘tkazdi, 2010/11 mavsumdagi o‘yinlarda esa u zaxiradan maydonga tushdi (60 va 62-daqiqalar).

Leo jarohati tufayli o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lgan "Markaziy" stadiondagi o‘yin oldidan Qurbon Berdiyev shunday dedi: "Messi darajasidagi futbolchi Xudoning sovg‘asi, futbolning mulki. Bu o‘yinning kelajagini belgilaydigan odamlar. Bir tomondan Messining o‘yinga kelishini juda xohlayman. Boshqa tomondan, dunyoda argentinalik futbolchini o‘z jamoasiga qarshi maydonda ko‘rishni istaydigan bitta murabbiy yo‘q".


"Inter" - 4ta o‘yinda 0ta gol

Messi faoliyatini "Barselona"da o‘tkazayotgan vaqtda kataloniyaliklar milanliklarga qarshi sakkizta o‘yin o‘tkazgan. Leo bahslarning teng yarmini jarohat sabab o‘tkazib yuborgan.

Messi 2009/10 yilgi Chempionlar ligasida "Inter"ga qarshi to‘rtta o‘yindan uchtasini o‘tkazdi. Jamoalar guruh bahslarida ikki marta (Messi faqat safar uchrashuvida ishtirok etgan), keyin esa ikki marta yarim finalda maydonga tushishdi. O‘shanda "Barsa" mag‘lub bo‘lgan: mehmonda 1:3, o‘z maydonida 1:0.

Joze Mourinyo o‘sha mavsumda “Inter”ni o‘tib bo‘lmas himoyaga ega jamoaga aylantirdi. To‘rt himoyachi Xavyer Zanetti - Valter Samuel - Lusio - Maykon, shuningdek, darvozabon Julio Sezar ikkala yarim finalda ham argentinalik va butun "Barsa" hujumini to‘sib, Pep Gvardiola jamoasiga ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qilishdi. Yarim finalda g‘alaba qozonganidan keyin Mourinyo o‘zining mashhur yugurishini amalga oshirdi va finalda g‘alaba qozonganidan so‘ng u "Inter"dan ketishini e’lon qildi.

"Barsa" 8 yildan so‘ng Chempionlar ligasida yana "Inter" bilan uchrashdi - 2018/19 yilgi mavsum guruh bosqichida. Leo o‘shanda jarohat sabab milanliklar bilan ikkala o‘yinni ham o‘tkazib yubordi. Ammo u keyingi mavsumda "nerradzurrilar"ga qarshi bitta o‘yin o‘tkazdi, o‘shanda "Barsa" va "Inter" yana bitta guruhga tushib qolishgan edi. Messi yana gol ura olmadi - lekin u g‘alaba goli muallifi Luis Suaresga golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi.

"Atletiko" - 4 ta o‘yinda 0 ta gol

Messi "Atletiko"ga qarshi jami 43 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urgan. Ammo Chempionlar ligasida "matraschilar" darvozasiga yo‘l topishni iloji bo‘lmagan.

2013/14 va 2015/16 yillarda "Barsa" "Atletiko" bilan chorak finalda to‘qnash kelgan. Aftidan, o‘sha o‘yinlarda “Barselona”ga haqiqatan ham Messi tomonidan urilgan gollar yetishmadi – har ikki holatda ham jamoa “Atletiko”ga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi. 2013/14 yilgi mavsumda madridliklar darvozasini Tibo Kurtua, 2015/16 yilgi mavsumda esa Yan Oblak himoya qilgan.

Diyego Simeone Messini zararsizlantirishda yaxshi ish qildi – masalan, 2015/16 yilgi mavsumda chorak finalning ikki uchrashuvida Leo butun 180 daqiqani maydonda o‘tkazib, faqat bir marta darvozaga zarba berdi.

"Benfika" - 2 uchrashuvda 0 ta gol

Messi 2005/06 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida ilk bor "Benfika" bilan uchrashishi mumkin edi, biroq o‘shanda argentinalik futbolchi jarohati sabab portugal klubiga qarshi har ikkala chorak final uchashuvini ham o‘tkazib yuborgandi.

Leo ilk bor 2012/13 yilgi mavsumda "Benfika" bilan to‘qnash kelgan - ular bir guruhda edi. Mehmonda argentinalik futbolchi gol ura olmadi, biroq o‘yindagi ikkita golga assistentlik qildi – Aleksis Sanches va Sesk Fabregas gol urishdi.

Javob o‘yinida "Barsa" birinchi daqiqalardanoq zaxira tarkibidan foydalandi. Messi bahs tugashiga yarim soat qolganda maydonga tushdi, ammo u hech narsa o‘ylab topa olmadi - ular 0:0 hisobida uchrashuvni yakunlashdi.

“Udineze” – 1 uchrashuvda 0 ta gol

Ha, “Udineze” bir paytlar Chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘l olgandi – bu 2005/06 yilgi mavsum sodir bo‘lgan. Italyan klubi o‘shanda “Barsa” bilan bir guruhdan o‘rin olgan edi. 18 yoshli Leo Messining katta karyerasi endigina boshlanayotgandi.

“Udineze”ga qarshi yagona o‘yinda (4:1) Messi 70 daqiqani maydonda o‘tkazdi, ammo gol urmadi. Ammo o‘sha o‘yinda Ronaldinyo tomonidan xet-trik qayd etildi!

Ikkinchi o‘yinda esa Leo zaxirada qoldi.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 22:30, 15.09.2022. O'qildi: 4604 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.