Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Edegor: Aql yoshda emas, boshda!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mavsumni 5 uchrashuvdan iborat g‘alabali seriya boshlagan «Arsenal»ning turnir jadvalini haqli ravishda boshqarib borayotgani «to‘pchilar»ning so‘nggi transfer darchasida samarali ishlaganliklarini tasdiqlaydi.

Jamoa tarkibini aynan Mikel Arteta uchun kerakli futbolchilar to‘ldirishdi. Dastlabki turlarda jamoaning barqaror o‘yin ko‘rsatishi bir oz shubhali ko‘ringan bo‘lsada, «Fulxem»ga qarshi bellashuv xavotirni bartaraf etdi. Jamoaning umumiy muvaffaqiyatida ayniqsa, norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegorning hissasi katta bo‘ldi. Har holda, u sardorlik bog‘ichi bejizga berilmaganligini isbotladi.


Sardor uchun yosh to‘siQ emas

«To‘pchilar» yetakchilik roliga kattaroq yoshdagi futbolchini tanlashlari kerak edi, degan fikr o‘rinli emas. Chunki «Arsenal» - APLning joriy mavsumdagi eng navqiron jamoasi. 23 yoshli norvegiyalik xavbekning aynan bosh murabbiyga maqbul uslubda to‘p surayotgani ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buni shaxsan Artetaning o‘zi e’tirof etdi:

«Martin 18 oydan beri biz bilan birga. Nazarimda, u klubimiz qadriyatlariga mos keladigan o‘yinchi. Uni barcha jamoadoshlari hurmat qiladilar, klub xodimlari hayratdalar. Martin yetarli tajribaga ega, 23 yoshda bo‘lishiga qaramasdan, terma jamoaning sardori. O‘yinga bo‘lgan kuchli ishtiyoqini har kuni namoyish etadi, mas’uliyatli bo‘lishni yoqtiradi. Albatta, uni qo‘llab-quvvatlash lozim, bunga shubha yo‘q. Bu ayniqsa, Martinning o‘zi uchun muhim».

Edegor - rivojlanish bobida yoshidan o‘zib ketgan o‘yinchi. Bu borada Madriddagi sinov unga juda qo‘l keldi. Madridliklar norvegiyalik iqtidorni yaqin kelajakda qimmatbaho iqtidorga aylanishiga umid qilgan holda xarid qilishgandi. Biroq bunday katta bosimni yengish hammaga nasib etavermaydi. Shu sababli Edegor asosiy vaqtini o‘rinbosarlar jamoasida o‘tkazdi, keyin ijaralarga yo‘l oldi.

Avvalgi saviyasini tiklab olishida futbolchiga «Vitess» va Leonid Sluskiy yaqindan yordam berishgan bo‘lsada, «Real» darajasidan ancha yiroq edi. Bunday vaziyatda «Arsenal»ga o‘tish eng yaxshi qaror bo‘ldi. Oradan 1,5 yil o‘tgach, Martin yetakchilar safidan joy oldi. Ispaniyada toblangan yarim himoyachi «to‘pchilar» tarkibida ulkan ish hajmini bajarish bilan o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlamoqda.


Maydonning ikkala yarmida ham foydali

To‘pni oldingi chiziqqa yetkazish masalasida Edegor bugungi «Arsenal»ning o‘ta muhim o‘yinchisidir. Arteta norvegiyalik shogirdiga yuksak ishonch bildirib, erkin harakatlanish huquqini berdi. Natijada yarim himoyachi bor kuch-mahoratini namoyish etmoqda.

Martinning kuchli jihati - maydondagi harakatlanishida. U «4x2x3x1» sxemasida nominal «o‘nlik» hisoblansada, o‘yinni maydonning turli hududlarida o‘tkazadi.

Birinchidan, to‘pni qabul qilishda qo‘shimcha variantlarga zarurat yuzaga kelganida, u tayanch hududiga qaytadi. «Fulxem» bilan kechgan bahsda «Arsenal» Marko Silvaning o‘ta samarali pressingiga duch kelgandi. «To‘pchilar» sxemani 3 nafar markaziy o‘yinchiga o‘zgartirgan bo‘lsalarda, raqib deyarli barcha hududlarni yopishga ulgurayotgandi. Jaka chap qanotda bosimni oshirish maqsadida oldinga o‘tgach, El-Nenni yolg‘iz qolgandi. Bu vaziyatda Edegorning misrlikka yaqinlashishi pressingdan tezroq chiqib ketishni ta’minladi.

Ikkinchidan, hujumdagi yordami. Bu borada ham Martinning to‘psiz harakatlari o‘z samarasini berdi. U kerakli pallada qanotlarga o‘tar yoki markazda qolardi. U sinchkovlik bilan to‘pni egallagan jamoadoshini kuzatar va shunga qarab pozisiyasini o‘zgartirardi. Ko‘pincha Edegor o‘z ta’qibchisini markazdan olib ketardi yoki bo‘sh hududga o‘tish orqali jamoadoshlariga tezkor reyd uyushtirish imkonini yaratardi.

Martinning roli shu bilan yakunlanib qolmaydi. Pressingda ham u doimo faol harakatlanadi. «Lester»ga qarshi bellashuvda norvegiyalik xavbek tayanch yarim himoyachisi Uilfrid Ndidini qo‘riqlagan, shu bois «tulkilar» qanotlardan hujumga o‘tishga majbur bo‘lishgandi. Londonliklar bunga tayyor edilar.

Jamoaning ustun jihatlari tezlik va qanotlarning ishonchli harakati ekanligini Edegor alohida ta’kidlaydi. Markaziy va qanot himoyachilarini hisobga olmaganda, to‘p aynan unga uzatiladi. Natijada norvegiyalik yarim himoyachi har bir uchrashuvda  o‘rtacha 52ta uzatmani amalga oshiradi va o‘yinning eng faol ishtirokchilaridan biri bo‘ladi.


Hozirgi «Arsenal» - «soG‘aya boshlagan» klub nishonasi

Arsen Venger davrining so‘nggi yillari va undan keyingi dastlabki yillarda «Arsenal» ayanchli xolatga tushib qolgandi. Seleksionerlar bir qator saviyali o‘yinchilarni (Lyakazett, Obameyyang, Pepe, avvaliga - Genduzi) va murabbiylarni (Emeri) Londonga olib kelishgan bo‘lsada, amalda vaziyat o‘zgarmadi.

Hatto Mikel Arteta ham dastlabki mavsumlarida sezilarli siljishga erisha olmadi. endi avvalgi izlanishlar, ko‘rilgan chora-tadbirlar asta-sekin o‘z samarasini bera boshladi. Oldingi chiziq vakillari kasbdoshlari o‘rnini to‘ldirish bilan birgalikda, bir-birlarining ustun jihatlarini tasdiqlamoqdalar. Qanotlar tezkorlik bilan hududlarni yopib, to‘p yo‘lida ishonchli to‘siq bo‘lishmoqda. Lekin markaziy himoyachilar harakatlari mukammal emas. (to‘g‘ri, xatoliklar hammada bo‘lishi mumkin)

«Arsenal»ning ajoyib startini inkor etmagan holda, APL mavsumi doimo uzun va keskin bo‘lishini ham hisobga olish kerakligini eslatib o‘tamiz. Jamoaning barqaror ishtirokini ta’minlash uchun zaxira o‘rindig‘i uzun bo‘lishi talab etiladi. Mikel Arteta natijalarga baho berishda anchayin vazmin bo‘lishga chorlamoqda:

«Jamoa uchun har bir g‘alaba - ulkan kuch-quvvat manbai. Unga erishish o‘ta yoqimli. Biz xatoga yo‘l qo‘ydik va raqib bizni jazoladi. Biroq keyin muammoga qanday munosabatda bo‘lganimiz, muxlislar bilan aloqalarimiz, g‘alaba qozonishni istagan o‘yinchilarimizdagi ishonch o‘yin natijasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Kelasi haftada bizni 2ta uchrashuv kutib turibdi. Ularga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, yaxshi sport formasini tiklab olishimiz lozim. APLdagi har bir o‘yin - jiddiy sinov. Bu faqat mavsumning boshlanishi. Biz o‘ta uzun va murakkab marafonda ishtirok etayotganimizni unutmasligimiz kerak»

«Liverpul», «Man.Siti», «Chelsi» kabi gigantlari bor chempionatda g‘oliblik haqida gapirishdan foyda yo‘q, albatta. Lekin Martin Edegorning faolligi evaziga inqirozdan forig‘ bo‘layotgan «Arsenal»ning startdagi g‘alabalar seriyasi maqtovga loyiq.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:00, 20.09.2022. O'qildi: 2209 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик