Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Faqat Kevin de Bryuyne — daxlsiz!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ispaniyalik Xosep Gvardio­laning «Manchester Siti»da shuncha ushlanib qolishini kim kutgan yoki taxmin qilgandi?

Kataloniyalik mutaxassisning APLda missiya boshlaganiga ham 6 yil bo‘libdi. Hozirgi bosh murabbiylarga qarasak, birgina Yurgen Klopp APLga undan oldinroq bosh suqqan. Aniq-rog‘i, germaniyalik mutaxassis Angliyada kataloniyalik hamkasbidan 9 oy oldin ish boshlagandi. Asosiy fakt shuki, Pep shu 6 yil ichida «Manchester Siti» qiyofasini butunlay o‘zgartirib yubordi - ham o‘yin, ham tarkib nuqtai nazaridan.

Xosep Gvardiola 2015|2016 yillar mavsum yakunida APL turnir jadvalida 4-o‘rinni egallagan jamoa boshqaruvini qo‘lga oldi. Mana, «Manchester Siti» ortda qolgan vaqt davomida 4 marta chempion bo‘ldi va yana ikki bora kuchli uchlikka kirdi. Pep esa yo‘l-yo‘lakay jamoa tarkibini butunlay yangilashga ham ulgurdi. Har holda, 2016 yilgi «Siti»dan hozir birgina Kevin de Bryuyne qoldi, xolos. Taqqoslash uchun aytsak, «Tottenxem»da mavsum-2015|2016-dagi tarkibidan 5 nafar futbolchi bor - Ugo Lyoris, Garri Keyn, Son Xyun Min, Ben Devis, Erik Dayer. «Liverpul» va «MYU»da esa o‘sha mavsum o‘ynaganlar 4 nafardan.

Keling, endi Gvardiola kelishidan so‘ng «Manchester Siti» tarkibi qanday o‘zgarganini ko‘rib chiqamiz. Pep boshqaruvidagi ilk kelishuvlar bo‘yicha Ilkay Gyundogan, Leroy Sane, Nolito, Jon Stounz, Aleksandr Zinchenko va Klaudio Bravo «shaharlik»ka aylanishgandi. Chililik kiper o‘sha vaqt Angliya milliy jamoasi a’zosi sanalgan Jo Xart o‘rnini egallagan. Chunki u mavsumoldi yig‘inlarida Gvardiola talablariga mos kelmadi. Yakunda Jo ijara safariga jo‘nadi va «Siti»ga boshqa qaytmadi. Zinchenko ham ilk mavsumda ijara muddatini o‘tadi, farqi shuki, u PSVdan qaytgach, asosiy tarkibga bosh suqa boshladi. «Manchester Siti» mavsum yakunida Martin Demikelis bilan shartnoma muddatini uzaytirishni istamagan bo‘lsa, Samir Nasri va Elyakim Mangalani ijara kelishuvi bo‘yicha boshqa jamoalarga berdi.

Gvardiola chinakam qayta qurishni esa ke­yingi mavsumdan boshlandi, chunonchi, jamoa uning debyutida 3-o‘rin bilan cheklandi. Pepning talabi bilan darvozabon Ederson xarid qilindi, shuningdek, qanot himoyachilari Benjemin Mendi va Kayl Uoker hisobiga mudofaa mustahkamlandi. Aksincha, yoshi katta himoyachilar - Aleksandar Kolarov, Bakari Sanya va Pablo Sabaletaga javob berildi. Har uch futbolchi 30 yoshdan oshgandi, shuning uchunmi, asosiy e’tibor himoyaga qaratildi. To‘g‘ri, eski tarkibdan Yaya Ture va Vensan Kompani anchagacha chidashdi, ular Pep bilan tegishlicha 2018 va 2019 yillarda xayrlashishdi. Umuman, Gvardiola himoyaga qimmatbaho futbolchilar olish tendensiyasiga qattiq turdi - Ruben Diash (68 million yevro), Joau Kanselu (65 million yevro), Emerik Lyaport (65 million yevro), Benjemin Mendi (55,7 million yevro), Jon Stounz (55,3 million yevro), Kayl Uoker (55,6 million yevro). Lekin rekord transfer hujum guruhi vakiliga to‘g‘ri keldi, baribir. Eslatma, «shaharliklar» o‘tgan yili Jek Grilish xaridiga 117,5 million yevro ajratishdi. Avvalgi rekord Kevin de Bryuyne transferida qayd etilgan bo‘lib, summa birdaniga 41 «limon»ga oshdi.

«Siti» oxirgi yillarda aynan Gvardiola davrida porlagan afsona darajasidagi futbolchilardan ham voz kechdi. Deylik, 2020 yili David Silva ketdi, 2021 yili esa klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar Serxio Aguero vaqti tugadi. Bu yil yozda «Manchester» safiga Pep davridan oldin qo‘shilgan yana ikki futbolchiga javob berildi. Ya’ni 2013 yildan buyon «shaharliklar» safida to‘p surgan 37 yoshli Fernandinyo qadrdon klubi - «Atletiko Paranaense»ga qaytdi, 2015 yili shartnoma tuzgan Rahim Sterling esa «Chelsi» tomon og‘di. «7 mavsum 11ta yirik sovrin. Butun hayot uchun xotira, - deb yozdi Sterling ketayotganida. - Bu yillar davomida murabbiylar shtabi rivojlanishimda katta rol o‘ynadi. Klubdoshlarim men uchun sherikdan ham katta ma’no kasb etishdi. Klubning barcha xodimlari, bizni hamisha chinakamiga qo‘llab-quvvatlagan muxlislardan ham minnatdorman. Qisqasi, «Manchester Siti»ga daxldor har bir kishiga rahmat. Klubga nisbatan hurmatimni to‘liq ifoda etolmayman. Birgalikda qanday yo‘lni bosib o‘tdik-a... Manchesterga kelganimda 20 yoshli yigitcha edim, bugun haqiqiy mard odam bo‘lib ketyapman». 

Asosiy fakt: 2016 yilning iyun oyi­dagi tarkibga qarasak, «Siti»da birgina Kevin de Bryuyne qoldi. Belgiya milliy jamoasi yetakchisi «shaharliklar» safidan 2015 yilning avgust oyi­da joy olgandi. U 2021 yili shartnomasi muddatini mavsum-2024|2025 yakunigacha uzaytirdi. Gvardiola ham yarim himoyachi bilan xayrlashishni rejalashtirayotgani yo‘q: «Kevin jamoa uchun juda muhim ijrochi. U o‘z pozisiyasi bo‘yicha dunyo futbolida eng zo‘ri, shubhasiz. Ayniqsa, aql bilan yugurish asnosida bo‘sh hududlar ochishi maqtovga loyiq. Shunchaki, qoyilmaqom ijrochi. Qisqasi, juda zo‘r». Pepning shartnomasi esa 2023 yilning yozigacha amalda bo‘ladi. Kutilishicha, tomonlar hamkorlik muddatini 2025 yilgacha uzaytirishadi. Ehtimol, kataloniyalik shunchaki, Kevin de Bryuynedan oldin ketishni ham xohlamas...

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:00, 29.09.2022. O'qildi: 2010 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик