Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • 2:0
      • Jenoa
      • 01.03.2026 16:30
      • Cremonese
      • 0:2
      • Milan
      • 01.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Atalanta
      • 01.03.2026 22:00
      • Torino
      • 2:0
      • Lasio
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • -:-
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Atletiko
      • 01.03.2026 18:00
      • Elche
      • 2:2
      • Espanyol
      • 01.03.2026 20:15
      • Valensiya
      • 1:0
      • Osasuna
      • 01.03.2026 22:30
      • Betis
      • 2:2
      • Sevilya
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Xetafe
  • Superliga
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • 1:0
      • Xorazm
  • APL
      • 01.03.2026 19:00
      • Fulhem
      • 2:1
      • Tottenhem
      • 01.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 2:1
      • Kristal Pelas
      • 01.03.2026 19:00
      • Brayton
      • 2:1
      • Nottingem Forest
      • 01.03.2026 21:30
      • Arsenal
      • 2:1
      • Chelsi
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 25 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Sevilya 26 30
12 Jirona 26 30
13 Xetafe 25 29
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Biz bilmagan kamtar klublar

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Millionlar o‘yini atalmish futbol olami shu qadar bepoyonki, uning 1-raqamli sport turi sifatida e’tirof etilishi xususida bahslashish ortiqcha.

Futbol jamiyatidagi klublarning son-sanog‘i yo‘q, hisobi. Quyida sports.ru saytining tribuna blogi ma’lumotlari asosida katta ligalar tashqarisiga sayohat uyushtirib, ko‘pchilik e’tiboridan chetda qolayotgan ba’zi notanish klublar va ulardagi qoyilmaqom muhit haqida alohida to‘xtalishni lozim topdik. Demak, diqqat markazimizda - Chexiya, Angliya va Germaniyaning «mitti» klublari.

«Slovan Velvari» (Velvari, Chexiya). Velvari - O‘rta Chexiya o‘lkasining Kladno tumanida joylashgan mo‘’jaz shaharcha. Unda 3000dan sal ko‘proq aholi istiqomat qiladi. Shaharcha Pragadan atigi 25 km. uzoqlikda, poytaxtning shimoli-g‘arbiy tomonida joylashgan. Mahalliy «Slovan Velvari» klubi esa shu yil 103 yoshga to‘ldi. Jamoa bir asrdan ko‘proq davr ichida o‘ziga yarasha yuksak natijalarga ham erishgan. «Velvari»ning yoshlar jamoasi 1962-1966 yillar oralig‘ida hududiy chempionatda qatnashgan va o‘sha davrdagi yoshlar ligasi yo‘llanmasini yutishga urinib ko‘rgan. Ikkinchi yorqin natijasi sifatida kattalar jamoasining 1977 yildan e’tiboran hududiy chempionatda 2 mavsum qatnashganini keltirish mumkin. «Slovan Velvari»ning 2007|2008 yillar mavsumi Markaziy Chexiya chempionatiga qaytgani uchinchi muvaffaqiyat sifatida e’tirof etilgandi. Hozirda «Velveri» tizimida 5ta yoshlar va 2ta kattalar jamoasi faoliyat yuritmoqda. Asosiy jamoa - 4-divizion a’zosi. Xo‘sh, stadionidagi muhit qanday? A’lo! Kichik arenada muxlislarga go‘sht va sabzavotlardan tayyorlangan o‘ta xushbo‘y, mazali qaynoq kolbasalar muntazir. Shuningdek, salqin ichimliklar ham bor.

«Prestvich Xeys» (Prestvich, Angliya). Ochig‘i, Angliyaning quyi ligalari ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi, garchi ular ajoyibotlarga to‘la bo‘lsada. «Prestvich Xeys» - Katta Manchesterning Prestvich shaharchasidagi yarimprofessional klub. U uzoq 1938 yili mahalliy o‘quvchilar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Jamoa bosqichma-bosqich Beri ligasidan Janubi-SHarqiy Lankashir divizioniga ko‘tarilgan va 1960-1961, 1964 yillarda chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan. «Prestvich Xeys» shuningdek, 1967 yili Piter Gilmor rahbarligida havaskorlar o‘rtasida nufuzli Lankashir kubogi sohibiga aylangan. Ayni payt esa Shimoli-G‘arb grafliklari ligasi Oliy divizioni (9 D)da ishtirok etmoqda. Liga tarkibida shuningdek, Shimol birinchi divizioni (10 D) va Janub birinchi divizioni (10 D) ham bor.

«Braunshveyg» (Xelgoland, Germaniya). Bir tasavvur qiling: tuman qoplagan bo‘m-bo‘sh ko‘chada shamoldan chayqala-chayqala ketyapsiz, yoningizda esa mo‘’jazgina orol va unda qisilib qolgan tyulenlar galasi. Radiokarnay tovushi va dengiz qushlarining chug‘ur-chug‘uri vaqti-vaqti bilan sukunatni buzib turadi. Onda-sonda uchrab turadigan odamlar sizga tanishdek ko‘rinadilar. Atrofni zulmat qoplagach, har 10 soniyada osmonda mayoq nurlari o‘tib turadi. Bu qandaydir ajabtovur tush emas, Xelgoland oroli manzarasi. Orol Napoleon bosqinchiliklari, birinchi va ikkinchi jahon urushlariga guvoh bo‘lgan. Ayniqsa, so‘nggi urush davri britaniyaliklar orolni bosib olib, uni poligonga aylantirishgan va muntazam ravishda bombardimon qilishgan, Gitlerning barcha o‘q-dori zaxiralarini portlatib yuborishgandi. Natijada tarixdagi eng yirik portlash yuz bergan. Xelgoland - Germaniya tarkibidagi yagona orol. Bu yer Elba daryosining quyilish joyidan 62 kilometr, Shlezvig-Golshteyn federal hududi sohilidan 40 kilomet uzoqlikda joylashgan ochiq dengizdagi chiroyli go‘sha. Orolning asosiy qadamjolari - qizil qoyalar va Lange Anna bo‘rtig‘i. Albatta, tyulenlar oroli ham. Qizil qoyalar olush va kayra nomli dengiz qushlari izmida. Jarlikka yaqin borib, ularning baliq ovlash mahoratini bemalol kuzatish mumkin. Orolning sport hayotiga to‘xtalsak, uni «Braunshveyg» PSK (polisiya sport klubi) boshqaradi. Assosiasiya 21ta bo‘limdan iborat. Oroldan asosan buyuk dzyudochilar yetishib chiqishgan. Lekin futbol mavqei ham chakki emas. 1952 yili «Braun­shveyg» quyi Saksoniya uchinchi havaskorlar ligasiga o‘tkazilgan. Lekin oradan 2 yil o‘tgach, yana o‘z o‘rniga qaytarilgan va hanuzgacha quyi ligadagi faoliyatini davom ettirmoqda.

«Uaytxok» (Uaytxok, Angliya). Yana tumanli o‘lkaga qaytamiz. Navbatdagi manzil - Brayton yaqinidagi Uaytxok hududi. Shaharcha nomi bilan yuritiladigan klub Janubi-SHar­qiy divizion (D 7)da qatnashadi. Sharqiy Brayton-parkda 3126 kishiga mo‘ljallangan shinam stadion bor. «Qirg‘iylar» laqabli jamoaning an’anaviy ranglari - qizil va oq. «Uaytxok» 2010 yilga qadar  hech qachon graflik ligasidan yuqoriga chiqmagandi. Keyin 4 mavsumda 3 marta yuqorilab, Janubiy konferensiya a’zosiga aylandi. Klubning shiori ham o‘ta jarang­dor: «Muhabbat, tinchlik, irqchilik va zo‘ravonlikka esa o‘rin yo‘q». Klub tamoyiliga ko‘ra, stadionda darvozabon bilan qo‘l berib salomlashish va yelkasiga urib, unga dalda berish mumkin. 

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:28, 30.09.2022. O'qildi: 1836 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.