Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Oqsoqol» debyutant

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Niderlandiya terma jamoasining bosh murabbiyi Lui van Gal UYEFA Millatlar Ligasi turnirining sentyabr oyidagi o‘yinlariga uch nafar yangi futbolchilarni taklif etgandi.

Ulardan biri - noyabr oyida 39 yoshga to‘ladigan «Ayaks» darvozaboni Remko Pasveer edi. Polsha va Belgiya terma jamoalari bilan kechgan uchrashuvlar natijasi ayniqsa, faxriy futbolchi uchun tarixiy ahamiyatga ega - mazkur bellashuvlarda u o‘z debyutini ortig‘i bilan muvaffaqiyatli o‘tkazdi - ikkita jiddiy o‘yinda 3ta yaqqol golli vaziyatlarni bartaraf etdi va har ikki o‘yinda ham o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.

Bunday yuksak martabaga erishish uchun Remko o‘ta olis yo‘lni bosib o‘tdi. 2006 yilda 22 yoshli posbon Klas-YAn Xuntelar (4ta gol urgan, jumladan, 2tasi finalda Ukraina darvozasiga, va turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan) bilan yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida shohsupaga ko‘tarilgandi. O‘sha musobaqadagi 22 nafar jamoadoshlaridan 18 nafari o‘z faoliyatlarini yakunlab bo‘ldilar. Aytgancha, mazkur musobaqada Nani, Kuarejma, Meyrelesh, Agger, Kyellini, Ivanovich, Krasich, Sanya, Gurkyuff, Flamini, Milevskiy, Chigrinskiy, Aliyev kabi yosh iqtidorlar to‘p surishgandi. Darvozabonlardan Mandanda va Pyatovlarni ta’kidlash mumkin.

Deylik, Pyatov shu yil yozda terma jamoadagi faoliyatini nihoyasiga yetkazgan bo‘lsa, Pasveerning davri endi kurtak yozmoqda. O‘z guruhlarida peshqadamlikni boy bermagan niderlandiyaliklar millatlar Ligasining 2023 yil iyunida bo‘ladigan «to‘rtlik finali» yo‘llanmasini naqd qilishdi. Endi bundan ham muhimroq voqe’lik bor - 39 yoshli «oqsoqol» posbonning jahon chempionatidagi debyuti.

Remko Pasveer o‘zining faoliyatini Niderlandiyada o‘tkazgan - «Tvente», «Xerakles», PSV, «Vitess» va «Ayaks» jamoalari sharafini himoya qilgan. Pasveer PSVda asosan zaxirada o‘tirganiga qaramay, ikki marta chempionlik unvoniga sazovor bo‘lgandi. «Ayaks» o‘tgan yilning yozida Pasveerni erkin agent maqomida o‘z safiga qo‘shib olish bilan diskvalifikasiya qilingan Andre Onananing o‘rnini to‘ldirdi. Remkoning yangi jamoadagi debyuti o‘ta omadsiz chiqdi: PSVga qarshi Superkubok bellashuvida o‘z darvozasidan 4ta gol o‘tkazib yubordi. Lekin diskvalifikasiya va jarohatlar tufayli Onana va Stekelenburg safdan chiqishgach, asosiy tarkibda maydonga tushdi va qisqa vaqt ichida Erik ten Xag nazdida mamlakatdagi eng mohir darvozabon maqomiga ko‘tarildi. Avvalgi mavsum startidagi 12ta o‘yinda Pasveer atigi 2ta gol o‘tkazib yubordi va chempionat rekordini o‘rnatdi. Mavsum yakunida esa 20 uchrashuvda 4ta gol o‘tkazib yuborgan holda 3-marta shohsupadan joy oldi. 2021 yilning oktyabrida Remko Erling Xolandning 3ta aniq zarbasini bartaraf etgan dastlabki darvozabonga aylandi. Uning jamoasi esa «Borussiya D.»ni 4:0 hisobida mahv etdi. 4 kundan keyin PSV yanada yirikroq (0:5) mag‘lubiyatni tan oldi. Faqat mavsum nihoyasida Remko barmog‘ini sindirib olgach, o‘rnini Onanaga bo‘shatib berdi. Yozda anchayin zaiflashib qolganiga qaramay, «Ayaks» yangi mavsumni ham o‘ta muvaffaqiyatli boshladi - 6 o‘yinli g‘alabalar seriyasida «oqsoqol» posbon 4ta «quruq» uchrashuvni rasmiylashtirdi. YECHLda esa jamoa guruh bosqichini «Reynjers» darvozasiga 4ta javobsiz gol urish bilan boshladi. «Enfild»dagi «Liverpul»ga qarshi bellashuvning so‘nggi soniyalarida durangni boy berdi. Lekin 1:2 hisobida boy berilgan o‘yinda ham Pasveer 7ta seyvni namoyish etdi.

Xullas, terma jamoaning ilk chorloviga faxriy darvozabon haqli ravishda erishdi. Axir u Robben va Sneyderdan ancha katta! Oldinda esa Remko Pasveerni 2ta nufuzli turnir kutmoqda. Buning uchun Remkodan Belgiyaga qarshi bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini ta’minlash talab etiladi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:22, 14.10.2022. O'qildi: 1286 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.