Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:0
      • Elche
      • 04.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 2:0
      • Levante
      • 04.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 2:1
      • Real Madrid
      • 04.04.2026 21:30
      • Betis
      • 0:0
      • Espanyol
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Barselona
      • 05.04.2026 17:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 05.04.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Selta
      • 05.04.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Sevilya
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 04.04.2026 17:00
      • Paxtakor
      • 3:1
      • OKMK
      • 04.04.2026 18:00
      • Qizilqum
      • 0:4
      • Neftchi
      • 04.04.2026 19:15
      • Surxon
      • 3:1
      • Buxoro
  • «A» Seriya
      • 04.04.2026 18:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Kalyari
      • 04.04.2026 21:00
      • Verona
      • 0:1
      • Fiorentina
      • 04.04.2026 23:45
      • Lasio
      • 1:1
      • Parma
      • 05.04.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Bolonya
      • 05.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Torino
      • 05.04.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Roma
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • -:-
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 30 76
2 Real Madrid 30 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 30 57
5 Betis 30 45
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 30 41
8 Xetafe 29 38
9 Espanyol 30 38
10 Atletik Bilbao 29 38
11 Osasuna 29 37
12 Rayo Valyekano 30 35
13 Valensiya 29 35
14 Jirona 29 34
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Malyorka 30 31
18 Elche 30 29
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

30-тур Rayo Valyekano 1-0 Elche
30-тур Real Sosyedad 2-0 Levante
30-тур Malyorka 2-1 Real Madrid
30-тур Betis 0-0 Espanyol

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vladislav Xan: «Xalqaro arenalarda ham katta natijalarga erishmoqchimiz»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Ayollar futboli / Futbol chempionati
Rukn: Intervyular
A A A

Qarshining «Sevinch» ayollar jamoasi nafaqat mamlakatimizda, balki qit’amizda ham ma’lum va mashhurdir. O‘n uch karra O‘zbekiston chempioni, o‘n karra Kubok va ikki karra Superkubok sohibi bo‘lgan jamoa 2022 yilni ham zalvorli yutuqlar bilan yakunlamoqda. Joriy yilning 5 noyabr kuni jamoa mamlakat kubogi uchun hal qiluvchi uchrashuvda maydonga tushadi. Ana shu munosabat bilan maxsus muxbirimiz «Sevinch» bosh murabbiyi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Vladislav Xandan quyidagi intervyuni oldi.

- Vladislav Nikolayevich, avvalambor Sizni va ahil jamoangizni O‘zbekiston kubogining finaliga qadar yetib kelganingiz bilan tabriklaymiz.

- Rahmat. Albatta bu natija nafaqat jamoamiz mehnati, balki klubimiz prezidenti Shuhrat Choriyevichning alohida e’tibori va g‘amxo‘rligi hosili sifatida e’tirof etgan bo‘lardim. Bu yil bizga bosh homiymiz tomonidan ko‘proq e’tibor qaratilayapti. O‘z o‘rnida jamoamiz bunga javoban yaxshi natijalarni qo‘lga kiritish uchun bor kuchlarini sarflashmoqda.

- «Sevinch»ni tetapoya qilgan, uni yo‘rgaklashda bosh doya (bosh murabbiy) bo‘lganingiz barchaga ayon. Ana shu tarixiy lahzalarni birgalikda eslasak.

- Mana, «Sevinch» tashkil bo‘lganiga ham salkam chorak asrga yaqinlashib qolibdi. Darvoqe, kelasi yili klub tashkil bo‘lganiga 20 yil to‘ladi. Bu davr mobaynida birgina katta futbol bo‘yicha «Sevinch», 13 karra O‘zbekiston chempioni, 10 karra kubogi, 2 karra Superkubogi sohibi bo‘ldi. Bundan tashqari, futbolning boshqa turlari bo‘yicha ham «Sevinch» sovrindorlik bo‘yicha mamlakatimizda tengsiz hisoblanadi. Shuningdek ko‘plab xalqaro turnirlarda qatnashib, nufuzli yutuqlarga erishganmiz. Albatta, bu mamlakatimizda ayollar futboliga e’tibor, klubimiz rahbariyatining yaqindan qo‘llab-quvvatlashi evaziga qo‘lga kiritilgan. Bir so‘z bilan aytganda, «Sevinch» nafaqat yurtimizda, balki xorijda taniqli hisoblanadi.

- «Sevinch»gacha siz bosib o‘tgan yo‘l ham oson bo‘lmagan. Buni bugungi kunda muxlislaringiz, ayniqsa, hozirgi yoshlar ham bilib qo‘ysa foydadan holi bo‘lmaydi.

- Har bir mutaxasis biror yutuqqa erishishi uchun avvalo o‘z ishini sevishi kerak, ma’lum bir maqsadi bo‘lishi kerak. Bunga erishish uchun esa doimo izlanish va sidqidildan mehnat qilish talab etiladi. Buning uchun ko‘pincha o‘z manfaatidan, o‘zi bajarayotgan vazifani ustun qo‘yishi lozim. Ishonavering, bunday yo‘l tutgan mutaxasis o‘zi erishgan natijalardan huzur ham oladi.

- 2022 yil mavso‘mi oldidan biroz muddat jamoadan ketib qoldingiz. Yana «Sevinch»ga qaytganingiz barchamizga xursand­chilik bag‘ishladi.

- Murabbiylik og‘ir ish. Katta ma’suliyat talab qiladi. Ba’zan ishlar siz o‘ylaganchalik ketmaydi. Asablar ham charchaydi. Bular bora-bora yig‘ilib, sog‘ligingizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Men ham shuning uchun dam olishga qaror qildim. Davolandim. Klubimiz prezidenti Shuhrat Choriyevning chorlovi tufayli yana ishga qaytdim.

- Jamoadagi pasayish (so‘nggi 2-3 yilda)ni nima bilan izohlaysiz?

- Jamoada avlod almashinuvi ro‘y berdi. Ko‘plab tajribali futbolchilarimiz safimizni tark etdi. Ularning o‘rnini to‘ldirish albatta oson emas. Ayollar futbolida futbolchi tayyorlash oson kechmaydi. Yaxshi futbolchi topish esa yana muammo. Albatta, bu jarayon «Sevinch»ning ham muvaffaqiyatsizligiga sabablardan bo‘ldi. Qolaversa, boshqa jamoalar ham qo‘l qovushtirib o‘tirishgani yo‘q. Ular ham harakatda. Keyingi yillarda ayollar futbolida ham raqobat kuchayib bormoqda.

- Hozirgi shart-sharoit va e’tiborga munosabatingiz?

- Bu savolingizga lo‘nda qilib aytsam, «Sevinch»ga keyingi yillarga nisbatan bu yil e’tibor va g‘amxo‘rlik juda katta. Shunigngdek endi nafaqat mamlakatimizda balki xorijda ham e’tirofga loyiq bo‘layotgan «Nasaf» klubiga qo‘shildik. Klubda o‘z ishini professionallari mehnat qilishadi. Bu ham hozirgi yutuqlarimizga omil bo‘lmoqda.

- Bu yilgi O‘zbekiston kubogi uchun finalgacha bosib o‘tilgan yo‘l haqida qisqacha gapirib bersangiz.

- Hozir futbolimizda musobaqalar o‘tkazilish formatlari ham o‘zgarib bormoqda. Albatta, yaxshi tomonga. Biz finalgacha nim chorak, chorak va yarim final uchrashuvlarida qatnashdik va hammasida g‘alabaga erishdik. Har yili Kubok finalchisi bo‘lgan «Sevinch», o‘tgan yili chorak finaldayoq o‘z yurishini to‘xtatgan edi.

- 5 noyabrdagi «Bunyodkor»­ga qarshi finaldan namalar kutyapsiz?

- Final - bu nomi bilan final. Bitta uchrashuv natijasi taqdirni hal qiladi. Kim uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rsa, natija ham shunga yarasha bo‘ladi. Biz shu paytgacha o‘z tariximizda 16 marotoba Kubok finalida qatnashdik. Ammo hech qachon o‘z shahrimizda o‘ynaganimiz yo‘q. Bu yilgi final Qarshi shahrimizda o‘tkazilishining o‘zi ham tarixiy hisoblanadi. Albatta, har qanday jamoaga o‘z muxlislari qarshisida to‘p tepishi dalda beradi. O‘ylaymanki, hozirgi e’tibor va g‘amxo‘rlikka hamda muxlislarimizning ko‘z o‘ngida o‘ynashimizga javoban - Kubokni qo‘lga kiritmaslikka haqqimiz yo‘q!

- «Sevinch»ning ulug‘vor rejalari haqida nimalar deysiz?

- «Sevinch» mamlakatimizda salmoqli natijalarni qo‘lga kiritdi va buni davom ettiradi. Endi biz xalqaro maydonlarda ham buni takrorlash imkoniyatiga yaqinmiz. Kelasi yildan ayollardan futbolida ham klublar uchun qit’a chempionati boshlanishi mumkin. Oldimizdagi asosiy maqsadlardan, bunday musobaqalarni doimiy ishtirokchisiga aylanib, katta natijalarga erishish. Ustuvor maqsadlar yana biri, bu - mamlakatimiz ayollar terma jamoasiga munosib futbolchilar yetishtirib berish hamdir.

Muxlislar, gazetxonlarga istaklaringiz?

- Avvalo sihat-salomatlik, baxt saodat. Eng muhimi tinchlik tilayman. Yaratganga ming bor shukur, tinch va faravon mamlakatda yashayapmiz. Tinchlik bo‘lmasa, aslida futbolni ham keragi yo‘q. Mana shu tinchligimiz bardavom bo‘lsin! Futboldan uzoqlashmang!

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:19, 07.11.2022. O'qildi: 1468 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик