Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Liverpul" sotuvga qo‘yildi: Nega, kim sotib oladi, qanchaga?

Baho:
+-1 | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Dushanba kuni Fenway Sports Group (FSG) "Liverpul"ni sotishga tayyorligini ma’lum qildi. Keling, nega bunday bo‘lganini tahlil qilib ko‘ramiz.

Nima bo‘ldi?

Dushanba kuni The Athletic xabar berishicha, Fenway Sports Group (FSG) "Liverpul"ni sotishni ko‘rib chiqishga tayyor va allaqachon batafsil taqdimot tayyorlaganini ma’lum qildi. Va bu shunchaki insayd emas, chunki kompaniya bu niyatini tasdiqlovchi rasmiy bayonotni e’lon qildi. Bu "Liverpul" manfaati yo‘lida va qulay sharoitlarda amalga oshishi ta’kidlangan. Zamonamizning eng muvaffaqiyatli klublaridan biri egalarini almashtiradi.

FSG qachondan "Liverpul"ni boshqaryapti?

2010 yil oktyabr oyida FSG "Liverpul"ni Jorj Jillett va Tom Xiksdan sotib oldi. O‘shandan beri klub jiddiy o‘zgarishlarga duch keldi. Ushbu tranzaksiya qiymati 348 million yevroga baholanmoqda.

"Enfild"da 110 million funt sterlinglik yangi asosiy tribuna quriladi. 80 million funt sterlinglik ushbu loyiha keyingi yozda yakunlanadi va arena sig‘imini 61 000ga yaqinlashadi. FSG shuningdek, klubning Melvuddan Kirkbidagi yangi mashg‘ulot majmuasiga ko‘chib o‘tish uchun 50 million funt sterling safrlaydi.

Asosiysi, esa sportdagi muvaffaqiyatlar. Muxlislar APL va Chempionlar ligasidagi g‘alabalarni albatta unutishmaydi. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda "Liverpul" tarkib uchun ham yetarli miqdorda pul sarfladi.

Nega "Liverpul"ni sotishga qaror qilindi?

Bu yerda hamma narsa biznezga borib taqaladi. Ehtimol, biznes nuqtai nazaridan klubni sotish uchun yaxshiroq vaqt kelgandir. Britaniya funti hozirda ancha zaif va Liz Trassning so‘nggi siyosati vaziyatni yanada yomonlashtirdi. U Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimini shu qadar tez tark etgani ajablanarli emas. Ko‘pgina tahlilchilar Buyuk Britaniyadagi moliyaviy muhitning noaniqligiga e’tibor berishdi.

Matbuotning yozishicha, bu qarorni moliyaviy masala ham taqozo qiladi. "Liverpul" xo‘jayinlari juda katta xarajatlarni va’da qilgan Superligani tashkil etish tarafdori edi. Biroq, g‘oya barbod bo‘ldi. Shu bilan birga, klub moliyaviy feyr-pleyning amaldagi sxemasidan norozi. Yurgen Klopp dunyoda moliyaviy cheklovlarga ega bo‘lmagan klublar borligidan omma oldida shikoyat qildi. Aftidan, hozirgi egalar arab davlatlaridan kelgan shayxlar bilan kim oshdi savdosida qatnashishni unchalik istashmayapti.

"Liverpul" qanchaga sotiladi?

Hech kim aniq javob bera olmaydi, lekin siz bir nechta insaydlar mavjud. Ingliz matbuoti xabariga ko‘ra, aprel oyida FSG "Liverpul"ni Yaqin Sharqdagi potensial xaridorga 3,5 milliard yevroga sotishdan bosh tortgan.

Bundan tashqari, siz ingliz futbolidagi so‘nggi kelishuvni ham eslashingiz mumkin. "Chelsi" milliarder Todd Boeli boshchiligidagi Amerika investorlar konsorsiumiga 4,25 milliard funt sterlingga sotilgan.

Shu bilan birga, FSG yaqinda RedBird Capital'ga klubning 11% ulushini sotdi, shuning uchun siz hozirgi xo‘jayinlar "Liverpul"ni qanchalik qadrlashini bilib olishingiz mumkin. Forbes, o‘z navbatida, klubning qiymatini 3,6 milliard funtga baholagan.

Kim sotib olishi mumkin?

RedBird Capital birinchi nomzod bo‘ladi deb taxmin qilish mantiqan to‘g‘ri. Bundan tashqari, avvalroq ushbu jamg‘arma egasi Jerri Kardinal bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligini ochiqchasiga aytgan edi. Biroq, bu hali ham sodir bo‘lishi dargumon, chunki bu investisiya kompaniyasi "Milan"ga egalik qiladi. UEFA qoidalariga ko‘ra, bitta xo‘jayinning ikkita jamoasi bir musobaqada qatnashishini taqiqlaydi. "Liverpul"ni sotib olish uchun "rossonerilar"ni sotish yoki yangi sxema o‘ylab topish kerak bo‘ladi.

Boshqa potensial xaridorlar faqat yaqin kelajakda paydo bo‘lishi kerak. Garchi bunday bitimlar sukunatni yoqtirsa ham, ehtimol, hamma narsa yakuniy bosqichda bo‘lganida, aniq nomlar yoki kompaniyalar matbuotga ma’lum bo‘ladi.

Bu "Liverpul"ga qanday ta’sir qiladi?

Aslida klub yaqin orada boshqaruv o‘zgarganini sezishi dargumon. Ba’zi shov-shuvlar bo‘ladi, lekin klub egalari buni e’lon qilish uchun deyarli mukammal vaqtni tanlagan ko‘rinadi. "Liverpul"ning bir-ikki o‘yinlari qoldi, keyin esa Jahon chempionati uchun tanaffus bo‘ladi, shuning uchun klubni sotish mavzusi orqa fonda qoladi.

Albatta, Yurgen Kloppning shartnomasi bilan bog‘liq voqea bor. Uning ishdan bo‘shatilishi haqida gap ham yo‘q emas, ammo murabbiyning uzoq muddatli shartnomasi anchagina katta jarimani kafolatlaydi. Boshqa tomondan, FSG'ga Chempionlar ligasi kerak, bu esa ularga pul ishlash imkonini beradi. Shuning uchun "Liverpul"ni moliyalashtirish har qanday holatda ham to‘xtab qolmaydi.

Kiritildi: 13:36, 08.11.2022. O'qildi: 6973 marta. Fikrlar: 11 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик