Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Mitrovich: «Serbiya ajoyib natijalarga erishishiga ishonchim komil»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Intervyular
A A A

Aleksandar Mitrovich bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha Chempionship rekordchisi hisoblanadi, hozirda esa «Fulxem»ni APLda xavfsiz joyda qolishini maqsad qilgan.

Ammo hujumchining asosiy maqsadi - Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida gol urish va Serbiyaga ilk bor «pley-off» bosqichiga chiqishiga yordam berish. 28 yoshli futbolchi o‘z terma jamoasining ramzi, o‘z jamoasiga jahon arenasida ustunlik berish uchun boy tajriba va ishtiyoqdan foydalana oladigan tipik yetakchi hisoblanadi. U Serbiya termasi tarkibida 50ta gol urdi - bu rekordga u terma jamoalar miqyosida Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldudan kamroq o‘yinlarda erishdi. E’tiborlisi, aynan uning Portugaliya darvozasiga safardagi JCH-2022ning so‘nggi saralash o‘yinining 90-daqiqasida urgan goli Serbiyani Qatar mundialiga olib chiqqandi.

- Uzoq vaqt uyda bo‘lmagandan keyin Serbiyaga terma jamoa yig‘ini yoki o‘yiniga qaytish qanday?

- Anchadan beri terma jamoalarning o‘yinlari bo‘lmagan, lekin qachon o‘z vataningizni namoyish etsangiz, vaqt, joy va farovonlik muhim emas. Mavsum yakunlangan taqdirda ham terma jamoaning har bir o‘yini muhim, xoh u o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lsin, xoh rasmiy. Bo‘lajak o‘yinlar hal qiluvchi bo‘ladi va biz ular uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

- Serbiya uchun o‘ynash nimani anglatadi?

- Bu faoliyatimdagi eng katta sharaf. Ushbu libosni ki­yib, yirik turnirlarda o‘z mamlakatingiz garafini himoya qilish bebahodir. Nafaqat futbolda, qolgan barcha sport turlarida ham shunday. Menga kelsak, xalqim nomidan qatnashish va vatanim uchun o‘ynash eng katta sharafdir.

- Jahon chempionatida o‘ynagansiz, gol ham urgansiz, qaytish siz uchun nimani ang­latadi?

- Juda ko‘p narsani anglatadi, chunki futbolchi sifatida siz doimo eng yirik turnirlarda qatnashishni va eng yaxshi raqiblar bilan raqobatlashishni xohlaysiz. Tajriba orttirish uchun jahon chempionatida o‘ynash va gol urish imkoniga ega bo‘lganimdan minnatdorman. Jamoamizdagi aksariyat futbolchilar jahon chempionatlarida qatnashishgan. Bugunga kelib, tajribamiz biroz ortdi, shunday ekan natija yaxshiroq bo‘lishi uchun tayyorlanamiz va shunga umid qilamiz. O‘tgan safar omadimiz kelmagandi: ayrim narsalar biz o‘ylagandek bo‘lib chiqmadi. Ehtimol, bu tajribamizning yetishmasligi bilan bog‘liqdir. Bu safar esa barchamiz: futbolchilar, jamoa va butun mamlakat tayyormiz. Hamma jahon chempionatini intiqlik bilan kutmoqda.

- Avvalgi mundialni ko‘rib, futbolchi yoki shaxs sifatida o‘zgarganingizni his qilasizmi?

- Ha, o‘zgarish katta, umuman olganda kamolotga erishdim va o‘sdim. Siz o‘sib ulg‘aygan sari fikrlash tarzingiz ham o‘zgaradi. Futbolchi sifatida avvalgi mundialdan ancha farq qilaman. O‘shandan beri ancha bosiq bo‘ldim va ko‘proq bosh bilan o‘ynashni yaxshiroq o‘rgandim. O‘yinlar tajriba beradi, shuning uchun to‘rt yil avvalgidan boshqacha va yaxshiroq o‘yinchiman deb o‘ylayman.

- Bunday fenomenal o‘yin bilan Qatarga qanchalik ishonch bilan ketyapsiz?

- Ayni payt o‘zimni juda ishonchli his qilyapman. Bu barcha o‘yinchilar uchun, ayniqsa hujumchilar uchun eng muhim narsalardan biridir. Maydonga tushib, gol urib turganingizda, imkon qadar ko‘proq o‘ynashni xohlaysiz. Jamoadoshlarim va butun mamlakat turnirni intiqlik bilan kutmoqda. Guruhimiz ancha murakkab, raqiblar ancha kuchli, lekin aynan shuning uchun ham futbol o‘ynaymiz. U yerda bo‘lishni va eng kuchlilar bilan raqobatlashishni sabrsizlik bilan kutyapmiz.

- Siz mamlakatingiz qahramonisiz, serblar esa sizdan gollar kutishmoqda. Bu qadar ramziy bo‘lish qanday?

- Bu mening ishim. Terma jamoada, «Fulxem»da yoki boshqa qayerda bo‘lmasin, odamlar mendan gol urishimni kutishadi. Hujumchi katta bosim ostida bo‘ladi. Siz shunchaki yaxshi o‘ynay olmaysiz; Siz gol urishingiz kerak. Eng katta bosim har bir o‘yinda buni qilish kerakligidan kelib chiqadi. Faoliyatimda bunga ko‘nikib qolganman. Menga bosim va uni yengib o‘tish yoqadi. Men gol urishni va yelkamdagi bosimni his qilishni yaxshi ko‘raman. Hamma mendan nima kutayotganini bilaman. Eng yaxshi tuyg‘u bu qilgan ishingiz tufayli hamma baxtli bo‘lishidir.

- Saralashning qaysi lahzalari eng muhim bo‘lgan?

- Ko‘plab ajoyib va qiyin, hal qiluvchi lahzalar bo‘ldi. Har bir o‘yin o‘ziga xos tarzda qiyin kechdi, hatto eng kamtarona, masalan, Lyuksemburg yoki shunga o‘xshash raqiblar bilan o‘yinlar ham. Bunday turdagi o‘yin muhim, chunki sizga maxsus motivasiya kerak. Talabi kam o‘yinlar eng muhimi sanaladi, chunki jamoalar odatda aynan ularda xatoga yo‘l qo‘yishadi. Shu tufayli biz yirik turnirlarni o‘tkazib yubordik. Ozarbayjon va Lyuksemburgga qarshi o‘yinlar muhim edi.

- Katta turnirlarda muvaffaqiyatga erishgan futbolchilardan tarkib topgan yetuk tarkib qanchalik muhim?

- Menimcha, bu hal qiluvchi ustunlik, chunki biz hammamiz o‘sha dastlabki bosqichdan o‘tdik. Birga o‘ynadik va ushbu muhim, ajoyib natijalarga erishdik. Ko‘pchilik futbolchilarimiz chindan ham birga ulg‘ayishgan. Bir-birimizni, qanday fikrda ekanligimizni juda yaxshi bilamiz. Umid qilamizki, Portugaliyaga qarshi o‘yindagi kabi oldinda turgan hayajonli lahzalardan omon qolish uchun yaxshi formada bo‘lamiz. Ishonchimiz komilki, ajoyib natijalarga erisha olamiz.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:00, 13.11.2022. O'qildi: 1617 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик