Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • 3:0
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • 0:2
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • 1:1
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Inter
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • 1:1
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • 0:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 18 28
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 18 26
10 Fulhem 18 26
11 Tottenhem 18 25
12 Everton 18 25
13 Brayton 18 24
14 Nyukasl 18 23
15 Bornmut 18 22
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa
18-тур Sanderlend 1-1 Lids
18-тур Kristal Pelas 0-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

31/12/25 Byornli - Nyukasl
31/12/25 Chelsi - Bornmut
31/12/25 Nottingem Forest - Everton
31/12/25 Vest Xem - Brayton
31/12/25 Arsenal - Aston Villa
31/12/25 Man. Yunayted - Vulverhempton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eden Azar: «Real» ketishimni istasa, buni to‘g‘ri qabul qilaman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Belgiya milliy jamoasi JCH-2022ni g‘alaba bilan boshladi. Qizil iblislar» sardori Eden Azar Kanada termasiga qarshi kechgan o‘yin (1:0)da chakki taassurot qoldirmadi. «Real»ning hujumkor yarim himoyachisi Qatar safari oldidan Marca nashriga eksklyuziv intervyu berib, jahon chempionatida asl iste’dodini ko‘rsatishga va’da bergandi. Oxirgi yillar jarohatlardan ko‘p aziyat chekkan futbolchi o‘sha suhbat davomida kelajagiga bog‘liq savollarga ham dangal javob qaytardi.

- Madridga ko‘chib o‘tganingizdan buyon Ispaniya OAVga ilk marta intervyu beryapsiz. Qiziq, jurnalist­lar bilan aloqani xushlamaysizmi yoki shunchaki, ispan matbuotini yoqtirmaysiz?

- Tushuning, o‘ynamayotgan futbolchining matbuot uchun gapirishi qiyin. Men ham avval o‘ynash, keyin gapirishni ma’qul ko‘raman. Aslida matbuotchilarga xusumatim yo‘q, lekin hozirgi holatda ko‘p gapirishim noo‘rin.

- O‘zingizni bir so‘z bilan qanday tavsiflaysiz?

- Kamtar. Tabiatan kamtarman - ota-onam shunday tarbiyalashgan.

- Futboldan hamon qoniqish-rohatlanish bormi?

- O‘yindan chetda qolish og‘ir, lekin agar maydonga tushsam, zavq olaman, baribir. Axir futbol hayotim mazmuni.

- Ertalab Valdebebasga qanday kayfiyatda kelasiz? 3,5 yil oldin bunaqasini tasavvur ham qilmaganingiz tayin...

- Har qanday holatda ham, bazaga intilaman, chunki bu yerda yaxshi futbolchilar va insonlar ko‘p. Ha, menga qiyin, chunki amaliyot kam, lekin atrofimda barchasini to‘g‘ri tushunadigan kishilar bor, ular bilan shug‘ullanish yoqimli. Agar jamoaga yordam bersam, nur ustiga a’lo nur. Umuman, hamisha bor kuchimni ishga solaman.

- Qatar mundiali hamon vaqtida barchani hayrat ko‘chasiga yetaklagan o‘sha Azar ekanligingizni isbotlash uchun so‘nggi imkoniyatmi?

- Shunday. Katta doirada hali yaxshi o‘ynay olishimni ko‘rsatishim shart. Chunonchi, oxirgi yillar muxlislarda iqtidorimga nisbatan kuchli shubhalar tug‘ildi. Endi bunga qarshi zarba berishim kerak.

- Qiziq, mutlaqo boshqa inson sifatida Eden Azarga qanday baho berardingiz?

- Edenga baho? Yaxshi yigit, faqat 3 yildan buyon omadi chopmayapti, vaziyatni to‘g‘rilash uchun esa ko‘proq o‘ynashi kerak.

- Muxlislarda sizga nisbatan ishonch va muhabbat darajasi pasaygani sezilmayaptimi?

- Sezilyapti, lekin bu tabiiy holat. Axir oxirgi 3 yilda ko‘p vaqtni maydon chetida o‘tkazdim. Demak, barchasini amalda qayta isbotlashim talab etiladi. Bunda 5-10 yoki 15 daqiqa o‘ynashim muhim emas - imkoniyat tug‘ildimi, ishni sifatli bajarishim kerak.

- Vaqtida superyulduz edingiz, endi esa umumiy holatingiz nisbatan og‘ir. Lekin aytishlaricha, Valdebebasda hamon tabassum ulashishda bardavomsiz, qandaydir muammo tug‘dirmaysiz...

- Dunyoning eng yaxshi klubidaman, shunday ekan, nolishimga asos yo‘q.

- Jamoadoshlaringizdan minnatdor ekanligingizni ko‘p bora ta’kidlaysiz, jumladan, asosiy raqibingiz Vinisiusdan...

- Vinisius do‘stim, futbol esa o‘z yo‘liga... Qolaversa, jamoada har doim siz bilan kurashadigan yoshroq yigit topiladi. Buni to‘g‘ri qabul qilasiz yoki ketasiz, boshqa yo‘l yo‘q.

- Vini - qoidani ko‘p buzadigan futbolchi. Unga bu borada maslahat bera olasizmi?

- Har qanday shubhadan xoli - Vini jamoaning eng yaxshi futbolchilari qatorida. Faqat tushunishi kerakki, eng yaxshi futbolchining qismati - qarama-qarshilik emas, o‘yinga e’tibor qaratish. U xususan, gollarni ko‘paytirishni o‘ylashi kerak.

- Yanvar yoki iyunda «Madrid»dan ketishingiz ehtimoli nechog‘li katta?

- Yanvarda ketishim mumkin emas, chunki bu yerda oilam bor va bizga shahar yoqadi. Ammo yozda ketsam kerak. Yana bir yillik shartnomam bor, qaror esa klub ixtiyorida. Agar «Eden, 4 mavsum uchun rahmat, lekin ketishing kerak», deyishsa, buni to‘g‘ri qabul qilaman. O‘zimga qolsa, ko‘proq o‘ynash, yaxshi futbolchi ekanligimni ko‘rsatishni istardim.

- Nimada xatoga yo‘l qo‘ydingiz? Ehtimol, qandaydir muammo bordir, masalan, ortiqcha vazn to‘plash...

- Jarohatga yo‘liqishdan oldin ikki oy ajoyib o‘ynadim. Keyin omad qochdi. Taqqoslash uchun aytsak, «Chelsi»da 10 yil davomida jarohat nimaligini bilmagan va 500ta o‘yinda maydonga tushgandim. Keyingi 2 yil ichida esa ehtimoli bor barcha  jarohatlar zimmamga tushdi. Buni to‘liq tushuntirolmayman.

- Oxirgi vaqtlar o‘zingizga e’tiborni keskin oshirganingiz haqida gapirishmoqda. Deylik, sport zaliga muntazam qatnayotgan ekansiz. Ovqatlanish tartibi ham o‘zgardimi?

- Ha, ko‘p jihatlar o‘zgardi, albatta.

- Ortga nazar solganingizda, qaysi qaroringiz xatodek tuyuladi?

- Menimcha, katta xato yo‘q. Shunchaki, ba’zida omadingiz chopmaydi. Barchasini tezda o‘zgartirishni xohlaysiz, lekin ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar azob beradi va to‘g‘ri yo‘lga tushib olishda qiynalasiz.

- Tahlilchilar jarohatdan keyin ikkinchi operasiyaga kechikkaningizni aytishmoqda.

- Birinchisi «PSJ» bilan o‘yindan so‘ng, ikkinchisi deyarli uch oydan keyin... Ikkita sinish bor edi, qolaversa, infeksiya tushgani... Aslida ertaroq, deylik, ikkinchi mavsum oxirida jarrohlik stoliga yotishni xohlagandim, chunki o‘sha mavsum juda ko‘p jarohatlandim va tanamda nimadir buzildi. Qo‘yilgan plastinkani olib tashlamoqchi edim, lekin...

- Lekin nima?

- Klub bunga hojat yo‘qligi, xotirjam bo‘lishim kerakligini aytdi. Shifokorlar bilan gaplashdim, ular ham muammolar plastinkadan emasligini bildirishdi.

- Hammasiga ruhiy tanglik sabab emasmikan?

- Ehtimol. Uchinchi mavsumda ham hech narsa o‘zgarmadi: jarohatlar, jarohatlar, jarohatlar... Yo‘q, bunda klubni ayblamayman, shunchaki, ayt­moqchimanki, ko‘p narsa bir-biriga bog‘liq.

- Eng og‘ir palla...

- Belgiya termasi bilan Yevropa chempionatida ajoyib yurishni amalga oshirdik va portugaliyaliklarga qarshi 1|8 final o‘yinida jarohatlandim. Alamli, juda alamli...

- Qaysi murabbiy ishonchi ko‘proq sezildi - Zidannikimi yoki Anchelottiniki? Zizu bilan aloqa bardavommi?

- Yo‘q, muloqot uzilib qoldi. Lekin ikkinchi mavsum oxirida uning dalda bergani yodimda: «Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, oldinga qarashing va shu klubda ekanliging­dan zavq olishing kerak». O‘zi Zidan va Anchelottining insoniy sifatlari deyarli bir xil. 

- Belgiya termasining Qatar mundialidagi imkoniyati qanday?

- Bizda yaxshi futbolchilardan iborat ajoyib jamoa bor. Hozir 4 yil oldingidan tajribaliroqmiz, lekin menda amaliyot yo‘q, Lukakuda jarohat bor... Menimcha, mundialda biznikidan kuchliroq jamoalar yetarli.

- Aynan qaysi jamoalar?

- Braziliya, Fransiya, Argentina termalari...

- Endi qiyinroq savol: CHLning 15-kubogimi yoki mundial?

- Agar 15-«shalpangquloq» oxirgisi kabi bo‘lsa, unda qarshiman. Chunki 14-kubokni qo‘lga kiritishda ko‘p o‘ynamadim. Mundial ham muhim... Agar JCHni tanlasam, madridliklar ranjishadi, CHLni tanlasam, belgiyaliklar. Demak, ikkisida ham g‘alaba kerak.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:40, 01.12.2022. O'qildi: 2718 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Тоттенхэм Risharlison 7
8 Брайтон Denni Uelbek 7
9 Манчестер Сити Filip Foden 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.