Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • 1:2
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • 2:0
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 3:3
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • 1:0
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • 4:1
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • 1:0
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • 2:1
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • 0:3
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 30 61
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 31 54
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 31 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Bornmut 32 45
11 Fulhem 32 44
12 Sanderlend 31 43
13 Nyukasl 31 42
14 Kristal Pelas 30 39
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 31 32
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 31 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Leon Goreska: «Mia-San-Mia»ni hali davom ettirmoqchiman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Leon Goreska «Bavariya»da 4,5 yillik faoliyatida klubning asosiy futbolchilari qatoriga kirdi.

27 yoshli yarim himoyachi mavsumning ikkinchi yarmiga yanada katta ishtiyoq bilan qaramoqda. Leon buni o‘z intervyusida ochiq-oydin bayon etdi. U yana Aryen Robben va Frank Riberi bilan trenajyor zalida olib borilgan motivasion mashg‘ulotlar foydasi haqida gapirdi, Myunxen klubida ham futbolchi, ham shaxs sifatida kamolotga erishganini ta’kidladi.

- Keling, avvalo, ortga bir nazar tashlaylik. JCH-2022dagi omadsizlik unutildimi?

- Tabiiyki, buning uchun ma’lum vaqt kerak edi. Ta’til vaqti atrofimdagi insonlar yordami bilan ushbu yoqimsiz bosqichni yengib o‘tdim, menimcha. Har holda, shaxsan o‘zim uchun JCH-2022 bo‘limini yopdim.

- Umuman, ta’til qanday o‘tdi?

- Rojdestvoni Boxumdagi uyimizda nishonladik. Shundan so‘ng qordan zavq olish uchun Avstriyaga bordim. Qishki ta’tilda telefonni kamdan-kam holda o‘zim bilan olib yuraman. 

- Futboldan tashqari yana nimalar bilan shug‘ullanishni yoqtirasiz?

- Boxumdagi do‘stlarim davrasida bo‘lishim juda muhim. Uchrashishga imkoniyat tug‘ilsa, bundan unumli foydalanishga harakat qilaman. Chunki masofa tufayli qadrdonlar bilan kam ko‘rishaman. Xullas, kechki taom uchun qayerdadir to‘planamiz. Shuningdek, ta’tilda sportning deyarli barcha turlari bilan oz-moz shug‘ullanishim mumkin.

- Oxirgi yillarda jismonan ancha o‘sganingiz haqida ko‘p gapirishyapti. «Bavariya» safiga qo‘shilganingizdan buyon o‘yin uslubingiz nechog‘li o‘zgardi?

- «Shalke»da asosiy futbolchilar guruhida edim, «Bavariya»ga kelgach, o‘zimni o‘nglab olishga ma’lum vaqt sarfladim. Binobarin, bunday katta klubda barchasini bir kechada bajarish imkonsiz. O‘ynashni xohlasangiz, doimiy ravishda rivojlanishingiz shart. «Bavariya» shunisi bilan «Shalke»dan farqlanadi. Uslubga kelsak, «Bavariya»da to‘p bilan ko‘proq muomala qilish talab etiladi. To‘p sizdami, o‘yinga qandaydir kreativlik qo‘shishingiz shart. Shuning barobarida to‘psiz harakatdagi vazifalar doirasi ham ancha keng. Ayniqsa, markaziy hudud vakillari hujumda ham, himoyada ham faollik ko‘rsatishlari kerak.

- «Bavariya» o‘ziga xos mentalitetga ega klub sanaladi. Xo‘sh, so‘nggi yillarda xarakteringiz qanchalik mukammallashdi?

- Ha, ortda qolgan 4,5 yilning bu boradagi ta’siri ham ancha katta. Bemalol aytishim mumkin, ham futbolchi, ham shaxs sifatida kamolotga erishdim. Deylik, «Shalke»da o‘ynagan vaqt uyda yashardim. Myunxenda ham shunday, faqat sal boshqacha. «Bavariya»­ga kelganimda, Frank Riberi va Aryen Robben kabi afsonalar tarkibda edilar - klub tarixida eng ko‘p sovrin yutgan futbolchilar. Ularning shuncha muvaffaqiyatga qaramay, har kuni zalda ham, maydonda ham bor kuchlarini ishga solishlariyu, mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin terga botishlarini ko‘rib, tegishli xulosalar chiqardim. Bunaqasini ko‘rganingizdan ke­yin beixtiyor shu muhitga qo‘shilib ketasiz. Bu - o‘zgacha motivasiya. Qisqasi, birinchi yildan shu «Mia-san-mia»ni o‘zimga singdirdim va buni hali ko‘p davom ettirmoqchiman. 

- O‘tgan mavsumdan nechog‘li qoniqdingiz?

- Futbolda natijadan qat’iy nazar, o‘yin rivojidan qoniqish muhim. Bizda qiyinroq davr kuzatildi, muhimi, o‘yinimiz tufayli undan chiqib ketish yo‘lida kurashdik. Mana, hozir barcha musobaqalarda yaxshi ko‘rinyapmiz. Endi to‘xtagan joydan davom ettirishimiz va mashg‘ulot paytidayoq «bavariyacha» avtomatik holatga qaytishimiz zarur. Mavsumning ikkinchi yarmi boshlanishidan oldingi asosiy vazifamiz - shu.

- Jamoa strukturasi va ruhiyatini qanday tavsiflagan bo‘lardingiz?

- Jahon chempionatidan oldingi haftalar o‘ta yorqin o‘tdi, yaxlit kuch sifatida o‘ynadik. Shuningdek, maydondan tashqaridagi muhit ham ajoyib edi. Umuman, jamoada kayfiyat juda zo‘r. Umid qilamanki, barchasini yana maydonga olib chiqa olamiz.

- Deyarli 2 oylik tanaffusdan keyin oldingi ritm­ga tushib olish qiyin emasmi?

- Yig‘inda astoydil ishlayapmiz. Ertalab soat 7:30da krossovkalarni kiyamiz. Aslida bunga ancha oldin odatlanganmiz. Chunki mavsumning ikkinchi yarmida missiyani sifatli yakunlash uchun poydevor yaratish kerak.

- Nazorat o‘yinlari yoqdimi? Bularda odatiy ritm­ga qaytish alomatlari sezildimi?

- Futbolchi hamisha o‘ynashni afzal ko‘radi - bu o‘z-o‘zidan tayin. Lekin tayyorgarlik jarayonida boshqa masalalar muhimroq. Deylik, oxirgi yillarda har mavsumdan keyin tiklanish va yangisiga hozirlanish uchun vaqt yetarli bo‘lmadi. Endi esa nafas rostlab olishga imkoniyat tug‘ildi. Bu ayni muddao bo‘ldi, menimcha.

- Katta futbolga Leypsigdagi katta o‘yin bilan qaytyapsizlar...

- Biroz hayajon yo‘q emas. Ko‘ksimga «Bavariya» nishonini taqib, yana gollar urishga shaylanish naqadar yoqimli. 

- «Bavariya» - Bundesliga turnir jadvali peshqadami. Ketma-ket 5-chempionlikka ishtiyoq qanday?

- Eng yoqimlisi - mavsum yakunida kubok bilan turish va har yili bizni cho‘qqidan tushirishga harakat qilishlarini bilish. Albatta, chempionlik - bu mutlaq maqsadimiz. Ehtimol, ko‘pchilik «Bavariya» seriyasidan zerikkandir, lekin o‘zimiz g‘alabadan boshqasini tan olmaymiz. Bu boradagi motivasiyamizni hech kim va hech narsa o‘zgartirolmaydi.

- Jamoangizni CHL 1|8 finalida «PSJ» kutmoqda. Ushbu og‘ir o‘yinlardan nima kutyapsiz?

- «Parij» - yevrofutboldagi eng jiddiy raqiblardan biri, individual tomondan kuchli futbolchilar ko‘p. O‘zi CHL shunday o‘yinlar uchun mo‘ljallangan. Hech kimdan yashirinishimiz shart emas va duelni intiqlik bilan kutamiz. 

- 2023 yilning yozida joriy mavsumga qoniqish hissi bilan qarashingiz uchun keyingi bir necha oy davomida nimalar ro‘y berishi kerak?

- O‘ylaymanki, o‘tgan yildagidan ko‘proq sovrin yutsak, bas.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:32, 20.01.2023. O'qildi: 1060 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик