Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
  • «A» Seriya
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • 0:3
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 0:1
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 35 48
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ro‘ziqul Berdiyev: «Niyatimiz OCHL o‘yinlarida uzoqroqqa borish»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

2022 yil futbol mavsumi o‘zining betakror o‘yinlari bilan tarixga muhrlanib qoldi. Qatarda bo‘lib o‘tgan mundial yilida o‘zbek futboli ham bir qator yutuqlarga erishdi.

Ayniqsa, Coca Cola - Cuperliga chempionati va kubok bahslaridagi murosasiz uchrashuvlar xuddi kechagidek yodimizda. O‘zining kombinasion o‘yinlari, quvnoq, shiddatli xujumkor hatti-harakati bilan alohida ajralib turgan «Nasaf» qayd etgan natijalar e’tirofga loyiq. Bu klub homiysi bilan birga taniqli mutaxassis Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi murabbiylar shtabi olib borgan keng ko‘lamli ishlar samarasi bejizga Ro‘ziqul Sa’dullayevich Superliganing eng yaxshi murabbiyi deb topilmadi. Maxsus muxbirimizning «Nasaf» bosh murabbiyi bilan suhbati 2022 yil yakunlari hamda 2023 yildan ko‘zlanayotgan marralar haqida.

- «Coca Cola - Cuperliga-ning eng yaxshi murabbiyi» deb topildingiz. Albatta, bu e’tirof zimmangizga katta mas’uliyat yuklaydi...

- To‘g‘ri aytasiz. Bu yuksak ishonchdan xursandman. Ko‘rsatilgan e’tirof uchun katta rahmat. Bilim va tajribamni futbolimiz ravnaqi yo‘lida sarflayman.

- Yakunlangan yil «ajdarlar» uchun chinakkam kurash yili, zavq-shavqqa to‘la damlar oni, so‘nggi daqiqalarda qo‘ldan chiqarilgan alamli bahslardan iborat bo‘lib qoldi...

- Haqiqatdan ham chempionat har yilgiga nisbatan kurashlarga boy bo‘ldi. Mavsum uzoq davom etdi. E’tiborli tomoni biz barcha turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashdik. Alamli o‘yinlar haqida gap ketganda ko‘plab durang natijalar qayd etib, ochko yo‘qotdik. Bu mavsum oxirida o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Biroq, muxlislarga zavq, g‘alaba onlari ulashiladigan o‘yinlar ko‘p bo‘ldi.

- Yakunlangan mavsumda «Nasaf» O‘zbekiston jamoalari o‘rtasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan klub deb e’tirof etildi. Yevropaning top klublari bilan taqqoslaganda bizning jamoalar ular ishtirok etgan o‘yinning hatto yarmini ham o‘tkazmaydi. Shunday ekan, biz o‘yinchilarda charchoq alomati degan gap-so‘zlarni tez-tez eshitib qoldik. Yoki milliy terma jamoa tarkibida bo‘lib o‘yin amaliyotini yo‘qotdi deb aytamiz. Ana shu fikr mulohazalarga munosabatingiz?

- Milliy terma jamoada o‘ynab qaytish hamma klublarda bor. Umuman o‘ynamasdan mashg‘ulotlar bilan cheklanib qolish holati ham uchrab turadi. Agar biz klublarimizni Yevropa jamoalari bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, ularda ikkita, hatto uchtadan tarkib mavjud. Ushbu jamoalar tiklanish, vitaminizasiya jarayoniga juda katta e’tibor berishadi. Bunda iqlimimizni ham hisobga olish kerak. 45-50 daraja issiqda futbol o‘ynaymiz. Ularda esa aksincha, 25 daraja haroratda o‘yinlar namoyish etishadi. Jamoada 10ga yaqin tibbiyot xodimlari faoliyat ko‘rsatadi. Ular bevosita futbolchilarning tiklanish holati bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bir o‘yindan so‘ng 3-4 kunda tiklanish jarayonini tasavvur qilib ko‘ring-a?! Top jamoalardagi futbolchilar yoshligidan jismoniy yuklamalarga tayyor. Bizning qit’amizdan Yaponiya, Janubiy Koreya jamoalari ular izidan borishga intilayapti.

- Barcha jamoalarda, shu jumladan «Nasaf»da ham hujum chizig‘ida muammolar bor. Buning yechimini qanday topsa bo‘ladi?

- Bu bo‘yicha ko‘proq ishlashimiz kerak. Bizda Dragan Cherandek mahoratli hujumchi masalasida ayrim qiyinchiliklar bor. 2022 yil mavsumida ham Husayn Norchayev ancha faollik ko‘rsatdi. Mavsum oxiridagi jarohati tufayli so‘nggi o‘yinlarda to‘laqonli ishtirok eta olmadi. Klubimiz qoshidagi maxsus futbol maktabida iqtidorli yoshlar bor. Ularni kuzatib borayapmiz. Eng avvalo bo‘lg‘usi futbolchining o‘zida ishtiyoq, g‘ayrat jo‘sh urishi lozim. Zafar Xolmurodov hujumchi bo‘lib tug‘ilmagan, biroq o‘zi intilib tupurarga aylangan. Bundan tashqari hujumlarni yakunlashda himoyachilar ham katta kuch hisoblanadi.

- Yangi mavsum oson bo‘lmasligi aniq. Chempionlik poygasida qatnashchilar soni ortsa-ortadiki, kamaymaydi. Shundan kelib chiqib «Nasaf» uch, hatto to‘rt frontdagi mavsumga qanday hozirlik ko‘rayapti? Jamoa o‘zagini saqlab qolish tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlardan ko‘nglingiz to‘layaptimi?

- Mavsumga tayyorgarlikni dekabr oyida boshlagandik. Yanvarda ham bu davom etayapti. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan olib  borilmoqda. Og‘ir yuklamalar berilayapti.

Tarkibdagi o‘zgarishlarga kelsak, jamoaning asosiy o‘zagini saqlab qolishga erishdik. Jamoani Dilshod Saidov, Sharof Muhiddinov, Ivan Salovyov tark etishdi. Ular o‘rnini to‘ldirish rejasi bo‘yicha ishlayapmiz. Nazorat uchrashuvlari o‘tkazilayapti. «Buxoro» jamoasi bilan o‘yinda 5:1, 2:0 hisoblarida g‘alabaga erishdik. 2023 yil mavsumi yanada qiziqarli bo‘lishi kutilayapti. Barcha turnirlarda ishtirok etamiz. Maqsadimiz muxlislarni chiroyli o‘yinlar bilan xursand qilish. Musobaqalar mavqei baland jamoamizga ijara asosida to‘p surgan Abubakir Turdialiyev, Jo‘rabek Mannonov, Aziz Xolmurodov, Shohmalik Komilovlar qaytib kelishdi. Tarkibga Shuhrat Muhammadiyev, Javohir Siddiqov (ijara asosida)ni qabul qildik. 22 yanvardan mavsumga hozirlikni Turkiyada davom ettiramiz. Ukraina, Polsha, Gruziya, Qozog‘iston, Chernogoriya jamoalari bilan nazorat uchrashuvlari  o‘tkaziladi. Keyin Turkiyadan Qatar tomon parvoz qilamiz. 19 fevral kuni OCHL 1|8 finali doirasida «Al-SHabab» (Saudiya Arabistoni) jamoasi bilan maydonga tushamiz.

- Raqib jamoani hozirdanoq o‘rganishni olib borayotgan bo‘lsangiz kerak?

- Xuddi shunday. «Al-SHabab» Saudiya Arabistonining yetakchi klublaridan biri. Tarkibida 8 nafar legoner o‘yinchilari bor. Qolgan futbolchilarning aksariyati mamlakat milliy terma jamoasining a’zosi. Tarkibni yanada kuchaytirish uchun izlanishdamiz. Xorij safarida safimizni yanada mustahkamlaymiz. Niyatimiz «Al-SHabab» to‘sig‘idan o‘tib, OCHL o‘yinlarida uzoqroqqa borish. Yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdir. Bu borada viloyat hokimligi, futbol assosiasiyasi, bosh homiyimiz «Sho‘rtangazkimyo majmuasi» rahbariyati har tomonlama qo‘llab-quvvatlab turishibdi. Biz bu g‘amxo‘rlikka, albatta ijobiy natijalar bilan javob beramiz.

- Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan olgan taasurotlaringiz?

- Barcha o‘yinlarning guvohi bo‘ldik. Uchrashuvlar vaqti haqida ham gap yo‘q. Mundialda natija birinchi o‘ringa chiqdi. Kombinasion o‘yinlar ikkinchi bosqichga tushdi. Ko‘p jamoalar asosiy e’tiborni himoyaviy qarshi o‘yinga qaratdi. Argentina g‘oliblikka munosib bo‘ldi. Fransiya, Xarvatiya, hatto Marokash o‘yinlari chakki emas. Demak, astoydil intilgan quruq qolmas ekan. 2026 yilda O‘zbekiston milliy terma jamoasini ham mundialda ishtirokini orzu qilib qolamiz.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 28.01.2023. O'qildi: 1850 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик