Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • 2:0
      • Jenoa
      • 01.03.2026 16:30
      • Cremonese
      • 0:2
      • Milan
      • 01.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Atalanta
      • 01.03.2026 22:00
      • Torino
      • 2:0
      • Lasio
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • -:-
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Atletiko
      • 01.03.2026 18:00
      • Elche
      • 2:2
      • Espanyol
      • 01.03.2026 20:15
      • Valensiya
      • 1:0
      • Osasuna
      • 01.03.2026 22:30
      • Betis
      • 2:2
      • Sevilya
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Xetafe
  • Superliga
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • 1:0
      • Xorazm
  • APL
      • 01.03.2026 19:00
      • Fulhem
      • 2:1
      • Tottenhem
      • 01.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 2:1
      • Kristal Pelas
      • 01.03.2026 19:00
      • Brayton
      • 2:1
      • Nottingem Forest
      • 01.03.2026 21:30
      • Arsenal
      • 2:1
      • Chelsi
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 25 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Sevilya 26 30
12 Jirona 26 30
13 Xetafe 25 29
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

David Luis: «Flamengo ahli boshqa dunyodan»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

David Luis futboldagi eng taniqli chehralardan biri ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. U to‘p bilan bo‘ladimi yoki to‘psiz, maydondagi eng sovuqqon futbolchi edi.

 «Chelsi», «PSJ» va «Arsenal»ning sobiq markaziy himoyachisi FIFA rasmiy saytiga intervyu berib, unda Gabigol, Vinisius Junior, «Flamengo» muxlislari va Yevropaning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi monopoliyasini tugatish imkoniyatlari haqida gapirdi.

- Klublar o‘rtasidagi JCH-2012da «Kumush to‘p»ga ega chiqqandingiz, ammo finalda «Chelsi» «Korintians»ga yutqazgandi. O‘sha kampaniyada nima bo‘lgandi sizlarga?

- Men, shubhasiz, ushbu turnirda ikkinchi eng yaxshi futbolchi nomini chempionlikka o‘zgartirgan bo‘lardim. Afsuski, o‘sha kuni «Korintians» juda yaxshi o‘ynadi. Ayniqsa, Kassio o‘zgacha edi va adolatli tarzda turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu futbol. Ammo futbolchi sifatida doimo eng katta musobaqalarda o‘ynashni xohlaysiz, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati esa har bir futbolchi ishtirok etishni hohlaydigan turnirlardan biridir. Men ko‘p marta g‘alaba qozonganman, shuning barobarida ko‘p marta yutqazganman ham. Klublar o‘rtasidagi mundial kubogi hozircha kolleksiyamda yo‘q. Shunday ekan, endilikdagi asosiy missiyam aynan shu sovrinni qo‘lga kiritishdir.

- Qatar-2019 finalida «Flamengo»ning «Liverpul»ga qo‘shimcha taymdagi mag‘lubiyati haqida qanday fikrdasiz?

- «Flamengo» o‘sha finalda juda yaxshi o‘ynagandi, ammo, afsuski, mag‘lub bo‘ldi. O‘sha yillarda «Liverpul» o‘ta kuchli bo‘lganini unutmaylik. Ular maydonning hamma jo­yida yaxshi edilar - hujumda ham, himoyada ham. Ular Chempionlar ligasida, Premyer-ligada g‘alaba qozonishdi. Shunday ekan, o‘shanda «Flamengo» bunday jamoaning hayotini qiyinlashtirish uchun juda yaxshi ish qildi.

- «Flamengo»ga 2022 yilgi Libertadores kubogi finalida yordam berdingiz. Faoliyatingizdagi eng yaxshi lahzani qaysi kun bilan bog‘lash mumkin?

- Bu mening faoliyatimdagi eng yaxshi sahifalardan biri edi. Kutilmaganda keldi. Deyarli butun faoliyatimni Yevropada o‘tkazdim, u yerda futbolchi sifatida o‘sganman. Hech qachon Braziliyaga qaytish niyatim yo‘q edi. Birdan hamma narsa o‘zgardi. O‘sha kuni mening ikkinchi Libertadores finalim edi. Va men «Flamengo»ga g‘alaba qozonishiga yordam bera oldim. Bu orqali Ham Chempionlar ligasi, ham Libertadores kubogida g‘alaba qozongan sanoqli futbolchilar guruhiga kirdim. Adashmasam, ular 13 yoki 14 nafarni tashkil etishadi, shuning uchun men uchun bu alohida narsa edi.

- 2019 yilda Libertadores finalida «Flamengo»ning ikkita goliga mualliflik qilgan Gabigol yana bu o‘yinda g‘olib bo‘ldi. U haqida qanday fikrdasiz?

- U ajoyib futbolchi, «Flamengo»dagi eng katta nomlardan biri. U futboldagi eng yaxshi ishni qilish - gol urish uchun tug‘ilgan. Gol urishni yaxshi ko‘radi, bo‘lgandayam buni katta o‘yinlarda qiladi. Umid qilamanki, bu ishini «Flamengo»da uzoq vaqt davom ettira oladi.

- Yevropa jamoalari ketma-ket 9ta klublar o‘rtasidagi JCH chempionligini qo‘lga kiritishdi. «Flamengo» Janubiy Amerikadagi qurg‘oqchilikni to‘xtata oladimi?

- Shunga umid qilaman. Birinchidan, bizda yarim final bor, bu juda va juda qiyin bo‘ladi. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Bu jamoalar (Evropa va Janubiy Amerikadan tashqarida) tobora yaxshilanmoqda, shuning uchun biz qo‘limizdan kelganicha tayyorlanyapmiz va ularning qiyinchiliklariga jiddiy yondashyapmiz. Final esa yanada qiyin bo‘ladi. Lekin biz borimizni beramiz.

- Santa Klaus kiyimini kiyib, Rojdestvo uchun sov­g‘alar tarqatdingiz. Yigitlardan birortasi sizdan ushbu turnir chempionligini so‘raganmi?

(Kuladi) Ularning deyarli hammasi so‘radi! Bu nafaqat barcha bolalarning, balki butun Flamengo xalqining yana jahon chempioni bo‘lish orzusi. Bunday kattalikdagi klub uchun ancha vaqt bo‘ldi. Aytishim mumkinki, biz har kuni shu haqda o‘ylaymiz.

- «Real Madrid» Marokashda g‘alaba qozonish uchun favorit hisoblanadi. Ular haqida qanday fikrdasiz?

- Dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biriga ega bo‘lgan sayyoramizning eng yaxshi jamoalardan biridir. Shubhasiz, ular asosiy favoritlardir. Ular o‘zlarining tarixlari, nou-xaulari, mukammalligi va o‘yinchilarining sifati tufayli ishtirok etadigan har bir musobaqada favorit hisoblanishadi. Lekin futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Jahon chempionatida buni yana bir bor ko‘rdik. O‘yinlarni kichik detallar bilan hal qilish mumkin. Biz o‘z qurolimizni eng yaxshi tarzda tayyorlashga harakat qilamiz, shunda duch keladigan har qanday vaziyatga tayyorlangan musobaqalarga yetib boramiz.

- Vinisius Junior va Karim Benzema haqida qanday fikrdasiz?

- Men Vinisius uchun juda xursandman, ayniqsa Yevropaga kelganida unga qilingan munosabatdan so‘ng erishgan barcha narsalaridan. Ko‘pchilik unga, o‘yiniga ishonmadi. Fidoyilik, mehnatsevarlik va kamtarlik orqali u dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri ekanligini isbotlashga muvaffaq bo‘ldi. U «Real Madrid»ga ochlik va ambisiyalarga to‘la holda keldi. Birinchi jamoada debyut qilgandi, lekin kutilmaganda uni «Kantera» (yoshlar jamoasi)ga jo‘natishdi. Bunday munosabat ko‘pchilik o‘yinchilarni vayron qilgan bo‘lardi, lekin Vinisius boshini egdida, juda ko‘p ishladi va endi o‘zi ekkan narsasining mevasini olmoqda. Benzemaga kelsak, u allaqachon dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan. U aql bovar qilmas sifatga ega. Shubhasiz, dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri.

- 2021 yilda Braziliyaga qaytganingizdan beri ajoyib formadasiz. Bu sizning faoliyatingizdagi eng yaxshi davr bo‘lishi mumkinmi?

- Bilmayman. Dunyoning eng yirik musobaqalarida, o‘yinlarida o‘ynagan paytlarim bo‘lgan. Lekin 35 yoshda bo‘lish, sayyoramizning eng yirik klublaridan birida o‘ynash, klub ishtirok eta oladigan eng yirik musobaqalarda o‘ynash, shubhasiz, faoliyatimdagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Har bir klubimda unvonlar yutish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Yutuqlarga erishishimda yordam bergan barcha insonlar va klublardan juda minnatdorman. Bu, shubhasiz, faoliyatimdagi eng go‘zal lahzalardan biri.

- «Flamengo» muxlislari haqida qanday fikrdasiz?

- Muxlislar oldidagi qarzim uchun «Flamengo» bilan shartnoma imzoladim. Men ularga qo‘shilishdan oldin ham ularning mehrini his qildim. Flamengo ahli boshqa dunyodan. Shubhasiz, hamma odamlar ko‘pchilikka baxt keltira oladigan holatda bo‘lishni xohlaydi. Bu klub bilan o‘yinlarda g‘alaba qozonish, unvonlarni qo‘lga kiritish ajoyib tuyg‘u. «Flamengo»da ekanligimdan juda xursandman.

Manba: FIFA.com, 

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:33, 05.02.2023. O'qildi: 1294 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.