Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FA rahbariyati Alyosha Asanovich va Gayoz Darsadze bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida Xorvatiya futboli faxriysi, O‘FA texnik direktorligiga nomzod Alyosha Asanovich va FIFA texnik konsultanti Gayoz Darsadze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Futbol kundan kunga rivojlanib bormoqda va murabbiylik, boshqaruv faoliyatlari, xususan, texnik direktor lavozimi doimiy ravishda bilimlarni oshirib borish, zamonaviy tendensiyalarni kuzatish hamda joriy etishni talab qiladi. Suhbat davomida ana shu masalalar haqida so‘z bordi.

Akademiyalardagi ta’lim va mashg‘ulotlar bevosita texnik direktorlar nazorati ostida ekanligi, barcha jarayonlarni tashkil etishda bu mutaxassislarning bilim va saviyasi muhim ekanligi ta’kidlandi. FIFA texnik konsultanti Gayoz Darsadze O‘zbekistonda bu yo‘nalish bo‘yicha bir qancha loyihalar ishga tushirilganini aytib, FIFA talablari asosida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.

O‘z o‘rnida xorvatiyalik mutaxassis Alyosha Asanovich avvalgi tashriflari davomida bir nechta hududlarimizda bo‘lgani, O‘zbekistonda iqtidorli va texnik jihatdan kuchli futbolchilar ko‘p ekanligini qayd etdi. Biroq asosiy vazifa murabbiylarni saviyasini yanada oshirish, bu borada ularga professional va ilmiy asoslangan ta’lim berishni yangi bosqichga olib chiqish kerakligini ta’kidladi.

Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar bir qator yo‘nalishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar hamda oldinda turgan rejalarni muhokama qildilar.

Ma’lumot uchun, Alyosha Asanovich Jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanib, faoliyati davomida ko‘plab nomdor jamoalar, xususan, «Monpele», «Xayduk», «Valyadolid», «Napoli» va «Derbi Kaunti» kabi jamoalarda to‘p surgan. Murabbiy sifatida Xorvatiya U-21 va milliy terma jamoada ishlagan. Texnik direktor sifatida bir qancha klublarda tajriba to‘plagan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:56, 09.02.2023. O'qildi: 977 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик