Bugun 12 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • 4:0
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • 1:2
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • 2:0
      • Fulhem
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 1:1
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 3:3
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • 1:0
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • 4:1
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • 1:0
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • 2:1
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • 0:3
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • 0:1
      • Yuventus
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • -:-
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 31 79
2 Real Madrid 31 70
3 Vilyarreal 30 58
4 Atletiko 31 57
5 Betis 30 45
6 Selta 30 44
7 Real Sosyedad 31 42
8 Xetafe 30 41
9 Osasuna 30 38
10 Espanyol 31 38
11 Atletik Bilbao 30 38
12 Jirona 31 38
13 Rayo Valyekano 30 35
14 Valensiya 31 35
15 Sevilya 31 34
16 Alaves 31 33
17 Elche 31 32
18 Malyorka 30 31
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 30 24

O'tgan o'yinlar.

31-тур Real Madrid 1-1 Jirona
31-тур Real Sosyedad 3-3 Alaves
31-тур Elche 1-0 Valensiya
31-тур Barselona 4-1 Espanyol
31-тур Sevilya 2-1 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

12/04/26 Osasuna - Betis
12/04/26 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04/26 Selta - Real Ovyedo
13/04/26 Atletik Bilbao - Vilyarreal
14/04/26 Levante - Xetafe

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sesar Aspilikueta: «London derbisi» - maxsus tomosha»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Chelsi» sardori Sesar Aspilikueta yaqinda «ko‘klar» libosida yubiley - 500-o‘yinini nishonladi.

 Tushunarliki, katta klublarda bu marraga yetish hammaga ham emas. Shuni inobatga olgan London jamoasi matbuot xizmati ispaniyalik tajribali himoyachini maxsus suhbatga chorladi.

- Sesar, avvalo, «Chelsi»ga qanday kelganingizni bir yodga olsak...

- 2012 yilning avgust oyi... Ancha kech bo‘lib qolganiga qaramay, tibbiy tekshiruvdan o‘tgach, klub bazaga kirdim va meni o‘sha vaqtdagi murabbiy Roberto di Matteo qarshi oldi. O‘sha kuni biror futbolchi bilan uchrashmadim, bazada faqat rahbarlar qolishgandi. Xullas, Roberto bilan biroz gaplashdim va qarorgohni aylanib chiqdim. Keyingi kuni ertalab qaytdim va yangi klubdoshlarim bilan ilk marta mashg‘ulot o‘tkazdim. Avvaliga Xuan Mata katta yordam berdi. Qolaversa, bolalikdagi kumirlarimdan biri Fernando Torres ham qo‘llab-quvvatladi. «Chelsi» ki­yinish xonasi jahon darajasidagi yulduzlarga to‘la edi, muhimi, hamma meni juda iliq kutib oldi. Qisqasi, ilk kundan ko‘tarinkilikni his qildim, to‘g‘ri, mashg‘ulotda hayajon bosdi, baribir. Ertasiga «Nyukasl»ga qarshi uy o‘yinini chetdan kuzatdim, muhimi, bu uchrashuv jamoaga yaqin bo‘lish imkoniyatini berdi.

- Debyutingizni qanday baholaysiz?

- Ilk o‘yinni biroz kutishimga to‘g‘ri keldi. Esimda, «Chelsi» libosida birinchi marta sentyabr oyidagi FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffus chog‘i «Charlton» bilan tashkil etilgan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdim. Shu uchrashuvdayoq asosiy tarkibdan joy olish uchun qattiq ter to‘kishim kerakligini angladim. Keyin sentyabr oyi oxirida Liga kubogi doirasida «Vulverxempton»ga qarshi kechgan uchrashuvda imkoniyatga ega bo‘ldim. To‘g‘risi, boshida rosa hayajonlandim, vaqt o‘tishi bilan esa o‘yinga kirishib ketdim va yakunda hattoki, final hushtagi yangrashini xohlamadim. Binobarin, biz 6:0 hisobida g‘alaba qozondik, men maydonda chinakamiga zavqlandim - esdan chiqmaydigan zo‘r debyut, yana shovqinli «Stemford Brij»da.

- Birinchi golingiz ham esingizdami?

- Ha, albatta. Uni «Arsenal» darvozasiga urganman.

- Hozirgacha ko‘p narsalarga erishdingiz. Qiziq, nima yetishmayapti?

- Futbol - bu reallik. Ha, ortga nazar solib, ma’lum yutuqlarga erishganingizni ko‘rish juda yoqimli. 2012 yili «Chelsi» safiga qo‘shilganimda, klub CHLdagi birinchi g‘alabadan so‘ng sovrinlarga o‘ta tashna bo‘lib, bu missiyani muvaffaqiyatli bajarardi. Shunday ekan, g‘olibona yurish davom etishi va jamoadoshlarimga begona bo‘lmagan g‘alaba hissini tuyishni xohlaganman. O‘zi futbolda birinchi sovrindan keyin tezda ikkinchisini istaysiz. «Chelsi»da bunday ambisiya hamisha kuchli. Klub har doim yangi g‘alabani ko‘zlaydi, hisobida qanday kuboklar borligidan qat’iy nazar, ularni qayta-qayta qo‘lga kiritishni xohlaydi.

- «Chelsi»da siz bilan birga o‘ynagan qaysi futbolchining o‘ziga xos harakatini alohida e’tirof etishni istardingiz?

- Jamoa o‘yinlarida aqlga sig‘mas individual harakatlarni juda ko‘p  ko‘rdim, lekin Edenning «Liverpul» darvozasiga urgan goli alohida maqtovga loyiq. O‘sha vaziyatda Azarga juda yaqin edim, u to‘pni menga uzatgani hamono o‘ziga qaytardim va... Eden qolganini shunchaki, fantastik darajada bajardi - yuqori tezlik, sifat va yakuniy zarba!

- 500ta o‘yiningiz orasidan qaysi raqiblarga qarshi kechganini katta to‘qnashuvlar sirasiga kiritasiz?

- Hamisha derbini tanlayman: «Arsenal» va «Tottenxem»ga qarshi bahslar... «London derbisi» - bu nafaqat men, balki butun Angliya uchun maxsus tomosha. Esimda, birinchi marta «KPR»ga qarshi derbida qatnashgan va o‘shandayoq bunday o‘yinlarda o‘ziga xos jihatlari borligini yaqqol anglaganman. 

- Eng chiroyli golingiz...

- Menimcha, uni «Lester» darvozasiga yo‘llaganman. Zarba o‘zgacha chiqqandi-da! 

- «Chelsi»da jarohat yoki betoblik tufayli atigi 9ta o‘yinni o‘tkazib yuboribsiz. Bu ajoyib natija.

- «Osasuna»da umuman jarohatlangan emasdim. Keyin «Marsel»ga o‘tdim va birinchi jarohatga yo‘liqdim. O‘shanda to‘liq tiklanishim uchun deyarli 6 oy ketdi va bu butun faoliya­timda asqotgan tajriba bo‘ldi. Har holda, jarohat tufayli tanamga e’tiborni oshirdim, kundalik yondashuvni o‘zgartirdim. Yoshlikda hammasi nisbatan muammosiz, oson kechadi va hamisha shunday bo‘lishini o‘ylaysiz. Lekin bitta kutilmagan og‘irroq jarohat sizni ogohlikka da’vat etadi. Zero, shifoxonada turli-tuman muammolari bor insonlarni ko‘rasiz. Deylik, jarohatdan keyin Marseldagi tiklanish markazida har kuni 8-9 soat shug‘ullanishimga to‘g‘ri kelgandi. Muhimi, tibbiyot xodimlari meni juda yaxshi tayyorladilar - shundan buyon qat’iy kun tartibiga amal qilaman.

- Sardorlik bog‘ichi «Chelsi»dagi martabangizga qo‘shimcha turtkimi yoki bosim va mas’uliyat?

- Albatta, jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushish - ulkan mas’uliyat. 2017 yili vise-sardor maqomiga erishdim, keyingisida ilk marta bog‘ichni qo‘limga oldim. Chunonchi, faoliyatim davomida ko‘plab yetakchi futbolchilar va sardorlar bilan o‘ynab, ulardan o‘rgandim. Deylik, mag‘lubiyat vaqti yoki turli qiyin vaziyatlarda o‘zimni tutish va jamoaga qanday ta’sir ko‘rsatish masalasida.

- 500ta o‘yin davomida futbol qanchalik o‘zgardi?

- Nafaqat APL, balki butun futbolda raqobat ancha oshdi. Endilikda har bir klub kuchli va saviyali futbolchilarga ega. O‘yinda tezlik yuqori, ma’lumotlar ham ko‘p. O‘zi APL atrofidagi muhit hamisha yoqimli, garchi OAV bizga ba’zida salbiy ta’sir ko‘rsatsada. Ha, stadionlarda no­o‘rin hodisotlar yuzaga kelganini ham ko‘rdim. Bir qarashda, futbol bilan oziqlanadigan qandaydir boshqa jamiyatda yashayotgandekmiz. Lekin bilasizmi, maydonga tushgach, muxlislar bilan birga ekanligingizni tushunasiz. Menimcha, futbol uchun dunyodagi eng yaxshi muhit aynan APL atrofida shakllangan.

Manba: chelseafc.com, M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:30, 10.02.2023. O'qildi: 1129 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Барселона Lamin Yamal 15
4 Осасуна Ante Budimir 15
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Алавес Lukas Boye 12
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Барселона Rafinya 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик