Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘ynamay turib, 6 «limon», kamiga bonus ham...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Pol Pogba joriy mavsum «Yuventus» safida bir daqiqa ham o‘ynagani yo‘q, shunga qaramay, klubdan 6 million yevro olishga ulgurdi.

Qolaversa, fransiyalik futbolchi jamoaviy bonuslardan ham bebahra qolmayapti. Diqqat qiling, gap o‘tgan yilning aprel oyidan buyon maydonga tushmagan futbolchi haqida ketmoqda.

POGBA JORIY MAVSUM «YUVENTUS»NING 30ta O‘YININI O‘TKAZIB YUBORDI. 

U BU VAQT DAVOMIDA KLUBDAN 6,12 MILLION YEVRO OLDI

Bu chamasi 31 haftalik ish haqi hisoblanadi (soliq to‘lovlaridan oldingi summa)

O‘tgan yilning yozida klub futbolida chiroyli qaytish ro‘y bergandek tuyulgandi. Har holda, APLda zerikkan Pol Pogba «Yuventus»ga erkin agent maqomida qaytdi. Fransiyalik yarim himoyachi hattoki, Turin klubi manfaati yo‘lida yillik maoshi miqdorini pasaytirishga ham rozi bo‘ldi. Deylik, Capology agregatori ma’lumotiga qaraganda, Pol «MYU»da haftasiga 330 ming miqdorida ish haqi olardi. Turinda esa 7 kunlik xizmatining bahosi 197,3 ming yevro bo‘lishiga ko‘ndi. Shu tariqa «Yuventus» Pogbani 2022 yilning 11 iyul kuni rasman o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi. Fransiyalik oradan 2 hafta o‘tgach, «Chivas»ga qarshi norasmiy o‘yinda 45 daqiqa to‘p surdi. Keyin odatiy mashg‘ulotlar jarayonida o‘ng tizzasidan jarohatladi. Shu-shu Pol rasmiy o‘yinlardan chetda qolmoqda. Pogba bu orada «Yuve» qaydnomasidan atigi 1 marta joy oldi. Ya’ni 29 yanvar kuni «A» seriyadan o‘rin olgan «Monsa»ga qarshi bahsni zaxira o‘rindig‘ida kuzatdi. Biroq bu uchrashuvdan ke­yin yana «g‘oyib» bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, futbolchining organizmi uzoq tanaffusdan so‘ng mashg‘ulotlar yuklamasiga dosh berolmagan.

Shunga qaramay, Pogba doimiy ravishda g‘alaba uchun jamoaviy bonuslarga ega chiqmoqda. Bu haqda Gazzetta dello Sport insayderi xabar tar­qatdi. Endi Turin klubi shartnomadagi ushbu bandni qayta ko‘rib chiqishni o‘ylamoqda. Demakki, Polning shaxsiy kelishuvi o‘zgartirilishi mumkin. Aytgancha, «Yuventus» bilan shartnomada fransiyalik futbolchining muvaffaqiyati uchun ham alohida bonus belgilangan. Aniqrog‘i, maydonga tushgan o‘yinlari va gollari miqdoriga qarab, 2,6 million yevrogacha mukofot olishi mumkin edi. Klub hozir loaqal shu xarajatdan xoli. 

Ma’lumot uchun, Pogbaning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Lekin gap-so‘zlarga qaraganda, turinliklar allaqachon u bilan hamkorlik rishtalarini uzish yo‘lini izlashga tushishgan. To‘g‘ri, taniqli insayder Fabrisio Romanoning aytishicha, bu xabarda asos yo‘q. Qolaversa, «Yuventus» bosh murabbiyi Maksimiliano Allegri 10 fevral kuni «Fiorentina»ga qarshi kechgan o‘yin oldidan Polning safga qaytishiga ilhaq ekanligini yashirmadi: «Afsus, hozircha Pogba xizmatidan foydalanolmaymiz. Ehtimol, yana 20 kundan so‘ng safga qaytar. Shaxsan men buni intiqlik bilan kutyapman». O‘z o‘rnida qo‘shimcha qilish kerak, Allegrining o‘zi fevral oyi boshida boshqacha gapirgandi: «Polning to‘liq tiklanishi uchun yana 2-3 oy kerak». Nahotki, Pogbaning chiroyli qaytishini hali uzoq kutishga to‘g‘ri kelsa...

POL POGBA QANCHA O‘YNAMADI?

* Oxirgi marta qatorasiga 3ta o‘yinda to‘liq vaqt harakatlandi

    2021 yil 16 oktyabr

* Oxirgi marta 1ta o‘yinda to‘liq vaqt harakatlandi

    2022 yil 12 mart

* Oxirgi marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi

    2022 yil 16 aprel

* Oxirgi marta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi

    2022 yil 19 aprel

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 23.02.2023. O'qildi: 3190 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.