Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kopa Amerika vunderkindlari

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘smirlar o‘rtasidagi musobaqalar JCH va Yevro turnirlari bilan cheklanib qolmagan - janubiy amerikaliklarda yoshlar jamoalari uchun Kopa Amerika turniri ham tashkil etilgan.

Yanvar oyida 20 yoshlilar musobaqasi start oldi. Qaysidir ma’noda «O‘smirlar» Kopasining zalvori kattalar turniriga nisbatan vazminroq - unda terma jamoalar nafaqat sovrin, balki yoshlar JCH yo‘llanmalari uchun ham kurashadilar. Turnir formati quyidagicha: avvaliga 10ta jamoa 5tadan 2 guruhga ajratiladi, keyin guruhlarning 3tadan yaxshi jamoalari final raundiga yo‘l oladilar. Finalda ana shu 6 jamoa bir martadan o‘zaro kuch sinashadi. 4 jamoa YOJCH yo‘llanmasini, g‘olib chempionlik unvonini ham qo‘lga kiritadi. Musobaqaning so‘nggi turi arafasidagi vaziyat quyidagicha: Urugvay (12 ochko) va Braziliya (10) o‘zaro bellashuvda sovrin sohibini aniqlaydi, Kolumbiya (7) 3-o‘rin sohibi, Venesuela (2), Ekvador (1) va Paragvay (1) JCHning 4-yo‘llanmasi uchun bellashadi. Bir qator top-klublar o‘zlarining iqtidorli yoshlarini Kolumbiyaga jo‘natishdi. Ammo ular orasida kutilmagan kashfiyotlar ham bor. Marhamat, ular bilan tanishing.

1. Andrey Santos - Braziliya, yarim  himoyachi, 18 yoshda

Turnirda Andrey chinakam snayperlarga xos mo‘’jizalarni namoyish etdi - 5ta gol. Vaholanki, u hujumchi emas, yarim himoyachi. Bundan tashqari, oldingi chiziqqa juda kam o‘tadi. Uning turnir qahramonlaridan biri bo‘lishi avvaldan ma’lum edi: Santos mahalliy futbol jamoatchiligiga ishonchli tayanch yarim himoyachisi sifatida allaqachon tanilib ulgurgandi. U jismonan baquvvat, o‘yinni va maydondagi vaziyatni yaxshi his etadi, vaziyatdan kelib chiqqan holda to‘g‘ri yechimni topa oladi. U «Barselona» nishonida turgandi. Biroq yakunda «Chelsi» xarid qildi. Qisqasi, yuksak salohiyat sohibi. Turnirni g‘olib maqomida tugatish Santos uchun nafaqat nufuzli sovrinni qo‘lga kiritish, balki Buyuk Britaniyada ishlash huquqiga ega bo‘lishga oid muammolarni ijobiy hal etish uchun ham juda muhim - Andrey hanuzgacha «Chelsi»da to‘p surishga ruxsat olgan emas. Yaqinda APLda joriy etilgan yangi GBE tizimida transferga oid bir qator ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqiladi. London yo‘llanmasini olish uchun Andrey kamida 10 ball to‘plashi kerak. Hozircha uning jamg‘armasi 1-3 ball atrofida. Kopa Amerikadagi muvaffaqiyat u uchun zarur bo‘lgan 7-9 ochkoni keltirishi mumkin.

2. Niko Pas - Argentina, yarim himoyachi, 18 yoshda

Taajjubki, Argentinadek qudratli jamoaning kelajagi bo‘lgan yoshlar yetakchi oltilikka ham chiqa olmadilar. Turnir favoriti sifatida e’tirof etilgan Xavyer Maskerano jamoasi startdagi 4ta o‘yinning 3tasida mag‘lubiyatga uchradi. Tabiiyki, jamoa barvaqt uyiga, murabbiy iste’foga yo‘l oldi. Yulduzlar o‘z mahoratlarini ko‘rsata olmadilar. Lekin Niko Pas omadsiz uchrashuvlar taqdirini o‘zgartirishga harakat qildi. Afsuski, avvaliga Maskerano unga ishonch bildirmadi - dast­labki ikki o‘yinda Niko to‘liq o‘ynamadi, bittasida zaxiradan tushdi. Balki uning to‘liq to‘p surmaganligi «albiseleste»ning omadsizligiga sabab bo‘lgandir. Chunki Niko maydonda boshqalardan yaqqol ajralib turgan, uzatmalar, aldamchi harakatlar va duellarda yetakchilik qilgandi. Afsuski, undagi barqarorlikni jamoadoshlari namoyish eta olmadilar. Niko - «Kastilya» a’zosi. U hujumkor yarim himoyachi pozisiyasida o‘ynaydi, qo‘qqisdan xavfli vaziyatlarni yaratishga intiladi. Texnik mahorati talab darajasida, uzatmalari aniq. «Real»dagilar undagi taraqqiyotdan mamnunlar, bunaqa shiddat bilan tez orada asosiy jamoaga yetib oladi. Qizig‘i shundaki, mavsum avvalida Niko 19 yoshlilar jamoasining o‘rtamiyona o‘yinchilari qatorida edi.

3. Vitor Roke - Braziliya, hujumchi, 17 yoshda

Bu noyob iqtidor haqida oddiygina faktlar lo‘nda va mukammal ma’lumot beradi:

• Kopa Amerika, U20 turnirining eng yaxshi to‘purari - 6ta gol;

• Braziliya va Ispaniya OAV hujumchiga «Barselona»ning qiziqib qolgani xususida yozishmoqda - jiddiy muzokaralar boshlanish arafasida;

• Debyutlar qiroli: o‘tgan yil bahorida Vitorga Braziliya chempionatining dastlabki turlari va Libertadores Kubogi turnirida maydonga tushish  imkoniyatini berishdi. Hujumchi bunga javoban o‘z klubiga bittadan gol hadya etdi;

• Libertadores Kubogi finalchisi;

Bularning barchasi 17 yoshli iqtidorga tegishli! Yigitcha Yevropa va Braziliya toplarining doimiy nazorati ostida. Vitorning yana bir ustunlik jihati shundaki, juda yosh bo‘lishiga qaramasdan, o‘yinni yaxshi his etadi, jarima maydonchasida o‘ziga bo‘shliq topa oladi. O‘ta chaqqon va tezkor o‘yinchi.

4. Alvaro Rodriges - Urugvay, hujumchi, 18 yoshda

«Real»ning ikkinchi noyob topilmasi - Ikkinchi jamoadagi 15 uchrashuvda 5ta gol urdi. Qizig‘i shundaki, Kopa turnirida u shiddatni oshirib, 6ta o‘yinda 5ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Rodrigesning Boliviyaga qarshi bellashuvdagi xet-triki va Venesuelaga qarshi bahsda qayd etgan dubli Urugvayga JCH yo‘llanmasini kafolatladi. Alvaro to‘pni to‘xtatmasdan zarba yo‘llash, jarima maydonchasi atrofida qulay pozisiyani topish ustasi. O‘zi o‘ta gavdali bo‘lmasada, undan unumli foydalanadi, himoyachilarni osonlik bilan ortda qoldiradi.

5. Lusiano Rodriges - Urugvay, hujumchi,  19 yoshda

Ha, Urugvay terma jamoasining oldingi chizig‘ida ikki nafar Rodrigeslar to‘p surishadi. Yo‘q, ularda qarindoshlik rishtalari yo‘q. Lusiano - Montevideoning «Liverpul» klubidan, Kopaga qadar ko‘pchilik muxlislar uchun notanish edi. Mazkur musobaqada bu snayper ham 5ta gol muallifi bo‘ldi, ularning ayrimlari ajoyib uslubda amalga oshirildi: Ekvadorga qarshi uchrashuvning 85-daqiqasida hujumchi chamasi 25-30 metr masofadan «zambarak» zarbasi bilan darvozani ishg‘ol etdi. Darvozabon hatto qimirlashga ham ulgurmadi. Gol esa o‘ta chiroyli bo‘lish bilan birgalikda, muhim g‘alabani ta’minladi. Bunaqa shedevr-gollarni odatda, «bir martalik aksiya», «omad» sifatida baholashadi. Biroq Lusiano musobaqaning final bosqichida ham shunday gol muallifi bo‘ldi. Taajjubki, bu safar ham zarbani 85-daqiqada, faqat Paragvay darvozasiga va standart vaziyatdan yo‘lladi. Darvozabon olis burchakka o‘qdek uchib kelayotgan to‘pni ko‘rgan va o‘z vaqtida sakragan bo‘lsada, uni qaytara olmadi. Mazkur musobaqa Lusiano Rodriges faoliyatida ham muhim bosqich vazifasini o‘tashi mumkin. Mavsumlar oralig‘ida klubini o‘zgartirgan hujumchi yangi jamoada Kopadagi sermahsullikni davom ettirsa, bu yorqin o‘yinlar tasodifiy emasligiga shubha qolmaydi.

SODIQ SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 28.02.2023. O'qildi: 2756 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик