Italiya A Seriya 26-turida "Spesiya" o‘z maydonida "Inter"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
13-daqiqada mehmonlar hujumchisi Lautaro Martines penaltidan foydalana olmadi. Spesiyaliklar safida Eldor Shomurodovni almashtirgan Daniel Maldini 55-daqiqada hisobni ochdi.
83-daqiqada esa bu safargi penaltidan Romelu Lukaku unumli foydalanib, oradagi farqni yo‘qqa chiqargan edi, ammo 87-daqiqa o‘tib borayotgan vaqtda Mbala Nzola ham 11 metrlik jarima zarbasini ishonchli amalga oshirib, mezbonlarga g‘alaba keltirdi.
"Inter" 50 ochko bilan 2-o‘rinda, "Spesiya" 24 ochko bilan 17-pog‘onada bormoqda.