Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 15.09.2025 00:00
      • Barselona
      • 6:0
      • Valensiya
      • 16.09.2025 00:00
      • Espanyol
      • 3:2
      • Malyorka
  • Elit OCHL
      • 15.09.2025 18:45
      • Sharja
      • 4:3
      • Al-G‘arafa
      • 15.09.2025 21:00
      • Al-Vahda
      • 2:1
      • Al-Ittihod
      • 15.09.2025 23:15
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:2
      • Nasaf
      • 15.09.2025 23:15
      • Ash-Shorta
      • 1:1
      • As-Sadd
      • 16.09.2025 21:00
      • Shabab al-Ahli
      • -:-
      • Traktor
      • 16.09.2025 23:15
      • Al-Hilol
      • -:-
      • Duhayl
  • «A» Seriya
      • 15.09.2025 21:30
      • Verona
      • 0:0
      • Cremonese
      • 15.09.2025 23:45
      • Komo
      • 1:1
      • Jenoa
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 4 12
2 Barselona 4 10
3 Espanyol 4 10
4 Atletik Bilbao 4 9
5 Xetafe 4 9
6 Vilyarreal 4 7
7 Alaves 4 7
8 Elche 4 6
9 Osasuna 4 6
10 Betis 5 6
11 Atletiko 4 5
12 Sevilya 4 4
13 Rayo Valyekano 4 4
14 Selta 5 4
15 Valensiya 4 4
16 Real Ovyedo 4 3
17 Real Sosyedad 4 2
18 Levante 4 1
19 Malyorka 4 1
20 Jirona 4 1

O'tgan o'yinlar.

6-тур Selta 1-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

20/09/25 Betis - Real Sosyedad
20/09/25 Jirona - Levante
20/09/25 Real Madrid - Espanyol
20/09/25 Alaves - Sevilya
20/09/25 Vilyarreal - Osasuna
21/09/25 Valensiya - Atletik Bilbao
21/09/25 Rayo Valyekano - Selta
21/09/25 Malyorka - Atletiko
21/09/25 Elche - Real Ovyedo
22/09/25 Barselona - Xetafe

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4358 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1856 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.09.2025

      06:00 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Истанбул Башакшехир".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ботафого".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Крузейро".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Интернасьонал".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Коринтианс".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Крузейро".
      18:00 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Истанбул Башакшехир".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ботафого".
      22:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:10 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Крузейро".
      01:10 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ботафого".
      04:00 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      04:50 Чемпионат Турции. Обзор тура.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.09.2025

      06:45 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 4 с.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      09:30 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Спринт.
      10:30 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Спринт.
      11:45 "Парусный спорт".
      12:10 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре.
      14:30 "Культовые".
      15:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      15:30 LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 4. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      18:25 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 4 с.
      19:10 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Индонезии, 1 ч. Ski Division.
      19:40 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. 1/2 финала.
      21:50 "Тайны звёзд спорта".
      22:20 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Спринт.
      23:20 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Спринт.
      00:35 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 4. Вечерняя сессия.
      03:50 "Культовые".
      04:20 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.09.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Вольная борьба. Чемпионат мира в Хорватии. День 3.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Команда мечты".
      12:30 Профессиональный бокс. Денис Лебедев против Джеймса Тони.
      13:35 Специальный репортаж.
      13:55 Новости.
      14:00 Есть тема! Прямой эфир.
      15:30 LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 4. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      18:25 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Оренбург" - "Рубин" (Казань). Прямая трансляция.
      20:30 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Акрон" (Тольятти) - "Локомотив" (Москва). Прямая трансляция.
      22:45 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Пари Нижний Новгород" - "Динамо" (Махачкала). Прямая трансляция.
      00:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 Смешанные единоборства. UFC 315 в Монреале, Канада. Белал Мухаммад против Джека Делла Маддалены.
      03:55 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 4. Вечерняя сессия.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.09.2025

      06:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      07:30 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      09:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1.
      11:30 Велоспорт. Гран-при Квебека в Канаде.
      12:30 Велоспорт. Гран-при Монреаля в Канаде.
      13:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1.
      15:30 LIVE Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 4. Прямая трансляция.
      18:30 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 4.
      22:30 Парусный спорт. The Ocean Race Europe. "На борту", 11 эп.
      23:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      03:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 4. Обзор.
      04:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«RFI qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarishi mumkin; Moliyaviy jihatdan faqat ortga qaytish kuzatiladi» — Rossiyaning OFKga ehtimoliy o‘tishi borasida Alisher Nikimbayev bilan intervyu

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi, hozirda Qatarda faoliyat yuritayotgan funksioner Alisher Nikimbayev bilan bugungi kunda ko‘pchilik uchun qiziq hamda sirli bo‘lib qolayotgan mavzu - Rossiyaning OFKga ehtimoliy o‘tishi borasida suhbatlashdik. Quyida ushbu intervyuni e’tiboringizga havola etamiz.

Telegram kanalingizda yaqinda Rossiyaning mart oyi oxirida Iroqqa qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi va bu UYEFA tomonidan tasdiqlangani haqida yozgan edingiz. Buni Osiyoga yo‘naltirilgan diplomatik aloqalar uchun maxsus signal sifatida baholash mumkinmi?

— Yo‘q albatta, bu shunchaki o‘rtoqlik uchrashuvi. Rossiya Osiyodan qaysidir jamoaga qarshi o‘ynamoqchi bo‘lsa, bu UYEFAni tark etyapti degani emas. Muayyan mamlakat har qanday bahs o‘tkazishdan oldin o‘z konfederasiyasidan ruxsat so‘rashi talab etiladi. Rossiya bundan tashqari Eron bilan ham o‘yin o‘tkazadi. Oldingi yillar OFK vakillari bilan ham bahslar o‘tkazilgandi. Biroq urush boshlangandan so‘ng bu ilk uchrashuv, shu sababli ortiqcha rezonans bergandek tuyulishi mumkin.

O‘tgan oy boshida RFI prezidenti Aleksandr Dyukov OFKning Manamada o‘tkazilgan kongressida ishtirok etgan edi. Biroq bu va shundan keyingi UYEFA vakillari bilan kechgan yig‘ilishda ham e’tiborga molik qarorlar chiqarilmadi. O‘zi umuman, ushbu ish qaysi bosqichga yetib kelgan?

 

— Bu masalada birinchi navbatda maxsus nizom bilan tanishib chiqish kerak. UYEFA ustaviga ko‘ra, konfederasiyadan chiqish uchun moliyaviy yil oxirini kutish kerak. Bu esa 30 iyunga to‘g‘ri keladi, biroq o‘sha mamlakat undan 6 oy avval ariza berishi talab etiladi. Ya’ni ushbu masala 2022 yil dekabrning oxirida tugallanishi kerak edi. Biroq RFI bu imkoniyatni qo‘ldan boy berdi va endi kelgusi yilning o‘rtasigacha yakuniy javobni kutishiga to‘g‘ri keladi. Manamada OFKga qo‘shilish borasida shunchaki norasmiy muzokaralar ketgan xolos. Bunga asosiy sabab - UYEFAdan chiqish qiyin bo‘layotganligida. RFI qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarishi mumkin.

Bu boradagi shaxsiy fikringiz: OFK bundan nimalar yutishi mumkin?

— OFK birinchi navbatda o‘z safiga yaxshi jamoalarni qo‘shib olishga harakat qiladi. Rossiya orqali Osiyo konfederasiyasi birinchi navbatda futbol sifati bo‘yicha yutadi. Ikkinchidan, juda ham yirik homiylarning kirib kelishi barchaga birdek plyus. Demak, o‘shandan boshlab hamma davlat Rossiya jamoalari bilan bir guruhdan joy olishni xohlaydi. Masalan, «Gazprom» homiyligini olgan «Zenit» qaysidir xalqaro turnirda o‘ynasa, Match TV uni translyasiya qilishga majbur. Bu orqali Osiyoga juda katta miqdorda pullar oqib keladi. Birgina O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilganda ham maydonga juda ko‘p reklamalar kelib tushgan. Bundan OFK yutadi albatta.

Rus futboli uchun boshqa davlatlarning qo‘llayotgan munosabatini qanday baholaysiz?

— Bu, umuman boshqa masala. Urush boshlangandan so‘ng shu ikki mamlakatda xalqaro o‘yinlar tashkil etish albatta imkonsizga aylandi. Deylik, «Shaxtyor» ham Polshada o‘yinlar o‘tkazmoqda. Shunday ekan, ma’lum bir jamoaning Rossiya yoki Ukrainaga borishdan bosh tortishi hozirgi vaziyat uchun tabiiy hol. Urush sababli sanksiyalar qo‘llanilishi yangilik emas.

Osiyoda turli sabablarga ko‘ra Isroil va Avstraliya kabi mamlakatlar tajribasida konfederasiyalarni almashtirish hollari kuzatilgan. Rossiyada ayni dam bunga sabablar yetarlimi?

— Ha, Rossiyada ehtimoliy transfer uchun sabablar yetarlicha. Chunki Rossiyaning katta hududdagi maydoni Osiyoda joylashgan. Shu sababli xuddi Qozog‘iston singari bu amalga oshishi mumkin. Biroq siz keltirib o‘tgan ikki davlat bilan boshqacharoq vaziyat yuzaga kelgandi. Isroil siyosiy va’j bilan, Avstraliya esa o‘z futbolini rivojlantirish yo‘lida boshqa konfederasiyalarga o‘tishgan. Biroq Rossiya xuddi Qozog‘iston singari faqat hudud borasida bu imkoniyatdan bemalol to‘liq foydalansa bo‘ladi.

Rus futboli uchun qanaqa variantlar mavjud?

— Rossiya oldida ikkita asosiy yo‘l mavjud: UYEFAning sanksiyalarini olib tashlagan holda shu yerda qolish va OFKga o‘tish. Biroq ikkinchi tanlov muammoligicha qolmoqda. Ya’ni kelasi yil iyun oyigacha kutishga to‘g‘ri keladi. Ungacha hamma narsadan mahrum bo‘lishlari mumkin. Kelasi yil yozgacha Osiyoda JCH saralashi allaqachon start olgan bo‘ladi. Hozir Yevro-2024ga saralash ketmoqda. Bu yerda Rossiya yo‘q va katta ehtimol bilan Jahon chempionati ham orzuligicha qoladi. Bu masalalar juda ham qisqa  davrga taalluqli. Uzog‘i 3-4 yil ichida bu hal bo‘ladi. Biroq UYEFAga qaytish ancha uzoq muddat - 20 yilgacha vaqtni talab etishi mumkin. Biroq bu 25 yilda ularni nima kutadi? Osiyoda futbol o‘sadimi? - moliyaviy jihatdan faqat ortga qaytish kuzatilishi mumkin xolos.

Cheferin bir intervyusida biz ham rus klublarining musobaqalardan chiqib ketishini xohlamaymiz, biroq hozircha bunga majburmiz degan edi...

— Albatta, bu tabiiy hol va faqat futbolda emas. Qishki sport turlarida umuman ruslar qatnashishmayapti. Shaxmat va tennisda esa bayroqsiz o‘ynashyapti. Futbol individual sport turi emas va bayroqsiz o‘ynashga yo‘l qo‘yilmaydi.

UYEFA nimani ko‘zlayapti? Ular Yevropada nisbatan o‘rta saviyaga ega davlatning o‘z konfederasiyalaridan chiqib ketishi oqibatida nimalarni yo‘qotadi?

— Urush bo‘lishini hech kim xohlamaydi. RFIning UYEFAdan chiqishi Cheferinga kerak deysizmi, ular ham ortiqcha boshog‘riqdan umidsizlikka tushadi. Ammo vaziyat yuzasidan qoidalarga barcha bo‘ysunishga majbur. Ular qo‘ldan kelgancha Rossiyani ushlab qolishga harakat qilishmoqda. Chunki katta geografik hudud, marketing jihatidan katta yo‘qotish bo‘lishi aniq. Biroq ularning vaziyati ham oson emas. Tizginni qo‘ldan chiqarvorib bo‘lmaydi. Bu borada Ukrainani ham unutmaslik kerak. Ular ham ayni dam boshqa mamlakatlarda o‘z o‘yinlarini o‘tkazishga majbur.

UYEFA hamda FIFA barcha uchun neytral pozisiyadami?

Ularni mutlaqo ayblab bo‘lmaydi. To‘g‘ri yo‘ldalar deya olaman. Aksincha boshqa federasiyalarga qaraganda ancha yumshoq pozisiyada bo‘lib turibdi. Masalan, Rossiya vakillari bemalol turli kingresslarda qatnashmoqda, kerak bo‘lsa, Infantino bilan ham uchrashishyapti. Bemalol o‘rtoqlik bahslarida ishtirok etishmoqda. Boshqa sport turlarida esa to‘liq taqiq mavjud, ya’ni nazorat yanada kuchli.

Jahon chempionati sari yo‘lning yengillidan tashqari Rossiya uchun ushbu transferdan yana qanday foydalar mavjud?

— Avvalo, o‘yinlar soni bo‘yicha katta o‘sish kuzatiladi. Chunki UYEFA ham FIFA ham na Rossiyaga, na Ukrainaga uchrashuv bo‘yicha taqiq qo‘ygani yo‘q. Faqatgina raqib jamoalarning o‘ynashga qarshiligi sabab buning Yevropada imkoni yo‘q xolos. Rasmiy turnirlarni bu hududlarda o‘tkazishga huquq yo‘q. FIFA shuning uchun yordam tariqasida OFK variantiga rozi bo‘lar. Biroq bu juda qisqa muddatli yutuqlar. Uzoq yillar masshtabida olib qaralsa, Rossiya OFKga o‘tishdan faqat yutqazadi.

Rossiya MTJ ustozi Valeriy Karpinning aytishicha, OFKga o‘tish  ayni dam ancha foydaliroq bo‘ladi, chunki terma jamoa hamda klub miqyosidagi o‘yin amaliyotini yetarlicha yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu fikrga qo‘shilasizmi? 

Ha, bu fikrga qo‘shilaman. FIFA qolgan federasiyalarga qaraganda Rossiyani ko‘proq qo‘llab-quvvatlamoqda. Menimcha, transfer o‘xshasa, o‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha hamma imkoniyatni yaratib berishadi. Qo‘shimchasiga Osiyoda ularning tarafdorlari ko‘proq.

Rossiya uchun keyinchalik yana UYEFA ga qaytish imkoniyati bormi? Bu borada qonunlar nima deydi?

— Albatta, bu borada ma’lum bir qoidalar mavjud. Biroq oldindan aniq hech narsa deb bo‘lmaydi. Ularning OFKdan qancha muddatda chiqib ketishini hech kim bilmaydi va bu asosiy  muammo. Bugungi kundan kelib chiqib ehtimoliy reaksiyani oldindan bilish qiyinroq. Bu transferning amalga oshish ehtimoli katta. Osiyoga katta yutuq bo‘lar edi. Chunki grand jamoalar safi yanada ko‘payadi. Masalan, Afrikadan ortda qolgan JCHga chiqa olmagan Jazoir hamda Misrni olsangiz, ular musobaqada qatnashgan ayrim Osiyo jamoalaridan saviyaliroq. Ya’ni Afrikada raqobat kuchli. Osiyodagi kam sonli grandlar safiga yana bir ajoyib jamoa qo‘shilgan bo‘lar edi.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi 

Kiritildi: 07:32, 11.03.2023. O'qildi: 2394 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 4
2 Хетафе Adrian Liso 3
3 Барселона Rafinya 3
4 Вильярреал Tadjon Byukenen 3
5 Эльче Rafa Mir 3
6 Эспаньол Pere Milya 3
7 Мальорка Vedat Muriki 3
8 Вильярреал Nikolya Pepe 2
9 Леванте Ivan Romero 2
10 Барселона Ferran Torres 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.