Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"PSJ" akademiyaning bir qancha ajoyib futbolchilarini sotib yuborgan. Hozir ular jamoaga yetishmayapti

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“PSJ” Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin muxlislar va OAV yana klub muvaffaqiyatsizligi sabablari haqida gapira boshladi. Ba’zi ekspertlar parijliklarning muvaffaqiyatsizliklarida himoyaviy passiv hujumkor guruh (Neymar, Messi, Mbappe) muhim rol o‘ynashini ta’kidlamoqda. Shuningdek, “PSJ” muammolari orasida ular zaif zaxira o‘rindig‘ini va kadrlar bilan ta’minlashga to‘liq mos kelmaydigan yondashuvni ajratib ko‘rsatishadi. Masalan, “PSJ”da yarim himoyachilar ko‘p, ammo himoya markazida yaxshi zaxira futbolchisi yo‘q.

"Bavariya" bilan hal qiluvchi bahsda eng yaxshi yillari ortda qolgan 36 yoshli Ramos, jarohat olgan Markinyos va nominal himoyachi Danilo Pereyra tayanchda maydonga tushdi. Birinchi bo‘lim davomida braziliyalik o‘rniga o‘ng qanot himoyachisi Nordi Mukiele tushirildi, u ham 10 daqiqadan so‘ng jarohat oldi. Ikkinchi 45 daqiqada Chempionlar ligasida debyut qilgan 17 yoshli El Shadai Bitshiabni tarkibga qo‘yishga majbur bo‘lindi.

“PSJ”ning muhim xatosi shundaki, klub o‘z tarbiyalanuvchilarini umuman qadrlamaydi. Parijliklar boshqa jamoalarga foyda keltiradigan ko‘plab yaxshi o‘yinchilarni yetishtirishgan. Keling, ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.

Mayk Menyan (darvozabon, "Milan")

27 yoshli darvozabon "PSJ"da bir daqiqa ham o‘ynamadi, lekin Liga 1 o‘yinlarida jamoa zaxira o‘rindig‘ida bo‘ldi. Menyan 14 yoshidan parijliklar tizimida edi, lekin 20 yoshida klubni istamay tark etdi. 2015 yilda “Lill” Mayk uchun 1 million yevro to‘lagan, u asta-sekin klubning asosiy jamoasiga o‘tgan va 2017 yilda Vensan Enyama o‘rniga 1-raqamga aylangan. “Buldog”lar bilan birgalikda Menyan 2021 yilgi Fransiya chempionatida g‘olib chiqdi va keyingi mavsum “Milan”ga A Seriyada g‘alaba qozonishga yordam berdi. Menyan hech bo‘lmaganda Janluiji Donnarumma bilan raqobatlashtirib, hozirgi “PSJ”ni kuchaytirgan bo‘lar edi.

Adriyen Rabyo (yarim himoyachi, "Yuventus")

Adriyen “PSJ” akademiyasining bahsli bitiruvchisi, ammo asosiy tarkibda imkoniyatga ega bo‘lgan kam sonlilardan biri. Rabyo 17 yoshida asosiy jamoada debyut qilgan, bir yil o‘tib esa maydon markazidan joy olgan muhim futbolchi sanaladi. Adriyenning o‘z klubidagi faoliyatiga uning injiqliklari va onasi ta’sir qilgan: u ham o‘g‘lining agenti va yangi shartnoma bo‘yicha ko‘proq pul olishga harakat qilgan. Futbolchining o‘zi ham jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazishdan bosh tortgan.

Natijada “PSJ” va Rabyo shartnoma borasida kelisha olishmadi va u erkin agent sifatida “Yuventus”ga o‘tdi. 2023 yilning yozida Adriyen kelishuv yakunida "keksa sinyora"ni tark etadi. Vaqti-vaqti bilan Rabyo ajoyib futbol ko‘rsatadi va agar u o‘z muammolarini bartaraf qilsa, “PSJ”ni ancha kuchaytirishi mumkin edi.

Matteo Genduzi (yarim himoyachi, “Marsel”)

Matteo “PSJ” akademiyasiga besh yoshida (2004 yil ) kelgan va 2014 yilgacha u yerda shug‘ullangan. 15 yoshida u rivojlanish uchun oddiyroq variantni “Loren"da ko‘rgan va Parij klubini tark etishga qaror qildi. Aynan shu klub uchun Genduzi 2016 yilning kuzida kattalar faoliyatidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. 2018 yilda yarim himoyachi "Arsenal"ga o‘tdi, ammo Matteo Londonda o‘z xarakterini ko‘rsatdi. U murabbiy Mikel Arteta bilan janjallashib qolgan, shundan so‘ng jamoani tark etgan. Gertadagi 2021/2022 yilgi mavsumdan so‘ng Genduzi “Marsel”ga ko‘chib o‘tdi. Provansliklar tarkibida u Fransiya terma jamoasi bilan 2022 yilgi jahon chempionatiga yo‘l olishga loyiq bo‘lgan yetakchi futbolchiga aylandi.

Kristofer Nkunku (hujumchi, “RB Leypsig”)

Hujumkor yarim himoyachi “PSJ” tizimiga 12 yoshida kirib kelgan. Nkunku 2015 yilning dekabr oyida Chempionlar ligasi doirasida "Shaxtyor"ga qarshi o‘yinda kattalar jamoasi safida debyut qilgan. Kristofer parijliklar safida jami 78 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urgan. Bir paytlar u hatto asosiy tarkibdan joy oldi (2017/2018 yilgi mavsum oxirida yulduzlarning jarohatlari tufayli). Nkunku 2019 yil yozida Parijni tark etib, Germaniyaning “RB Leypsig” klubiga 13 million yevro evaziga qo‘shildi. Germaniyada Kristofer turli pozisiyalarda aqlli futbol ko‘rsatib, klub yetakchisiga aylandi. Yevropaning top-klublari iqtidorli fransuzni ko‘zdan qochirishmadi. Natijada Nkunku 2023 yilning yozida “Chelsi"ga o‘tadi. Londonliklar uning uchun 60 million yevro to‘laydilar.

Kingsli Koman (yarim himoyachi/ hujumchi, “Bavariya”)

26 yoshli fransuz klub tarkibida barcha bosqichlarni bosib o‘tgan. Koman “PSJ” maktabiga 9 yoshida kelgan va 16 yoshida debyut qilgan. Biroq Parijda Kingsli bor-yo‘g‘i to‘rtta uchrashuv o‘tkazgan va erkin agent sifatida "Yuventus"ga o‘tgan. Turinda bir mavsum o‘tkazgach, Koman sakkizinchi yil o‘ynab kelayotgan "Bavariya" futbolchisiga aylandi. Qaysidir payt futbolchi jarohatlardan aziyat chekdi va hatto faoliyatini yakunlash haqida o‘yladi, biroq ulardan tuzalib, myunxenliklar jamoasining muhim figurasiga aylana oldi.

E’tiborlisi, aynan Koman “PSJ”ni Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum qildi: Kingsli 2020 yilgi finalda yagona gol urdi. “Faoliyatimdagi eng yaxshi damlardan biri. Bu gol, albatta, men uchun ilhom manbai bo‘ldi. Eslash yoqimli, lekin bu uzoq vaqt oldin edi. "PSJ"da o‘tkazgan vaqtimni ham yoqimli xotiralarim bor", - dedi futbolchi keyinroq. Qanotlardagi muammolarni bartaf qilish uchun Koman Galtye jamoasiga ortiqchalik qilmas edi.

Kiritildi: 20:26, 13.03.2023. O'qildi: 5223 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик