Bugun 3 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • APL
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • 3:1
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • 2:0
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • 3:0
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
      • 04.01.2026 17:30
      • Lids
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 04.01.2026 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Brentford
      • 04.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Liverpul
      • 04.01.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 04.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.01.2026 22:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:1
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • 1:0
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 1:1
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • 1:1
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
      • 04.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Roma
      • 04.01.2026 16:30
      • Lasio
      • -:-
      • Napoli
      • 04.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Cremonese
      • 04.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Torino
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • 4:1
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • 1:1
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 04.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Barselona
      • 04.01.2026 18:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Levante
      • 04.01.2026 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Betis
      • 04.01.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Jirona
      • 04.01.2026 22:30
      • Alaves
      • -:-
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 20 46
2 Aston Villa 20 42
3 Manchester Siti 19 41
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 19 29
8 Brayton 20 28
9 Everton 19 28
10 Brentford 19 27
11 Kristal Pelas 19 27
12 Fulhem 19 27
13 Tottenhem 19 26
14 Nyukasl 19 26
15 Bornmut 20 24
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 20 18
18 Vest Xem 20 14
19 Byornli 20 12
20 Vulverhempton 20 6

O'tgan o'yinlar.

20-тур Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
20-тур Brayton 2-0 Byornli
20-тур Vulverhempton 3-0 Vest Xem

Navbatdagi o'yinlar.

03/01/26 Bornmut - Arsenal
04/01/26 Lids - Man. Yunayted
04/01/26 Everton - Brentford
04/01/26 Fulhem - Liverpul
04/01/26 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01/26 Tottenhem - Sanderlend
04/01/26 Manchester Siti - Chelsi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«To‘pchilar»ning Liga 1dagi zambaragi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Fransiya chempionati turnir jadvalida odatdagidek «PSJ» yetakchilik qilmoqda.

Biroq musobaqaning yetakchi to‘purari kamtarin «Reyms» klubida o‘ynaydi. Top-chempionatlar beshligida hozircha Erling Xoland (27), Viktor Osimxen (19), Kilian Mbappe (18), Garri Keyn (18), Jonatan Devid (16) va Vissam ben Yedder (16)lar «Arsenal»dan ijaraga olingan Folarin Balogundan ko‘proq gol urishga muvaffaq bo‘lishgan. 21 yoshli angliyalik snayper hisobida 15ta gol bor. 2023 yilda Folarin «PSJ» darvozasini zabt etib (1:1), peshqadamdan qimmatli ochkoni tortib oldi, «Loryan»ga qarshi bellashuvda xet-trikka erishdi. Xullas, «to‘pchilar»ning yangi sermahsul zambaragi kasbdoshlarimizni qo‘lga qalam olishga majbur etdi.

Folarin Balogun 

Nyu-York shahrida dunyoga keldi, 8 yoshli paytidan «Arsenal» akademiyasining yorqin yulduzi

Balogunlar oilasi Londonga ko‘chib o‘tganida Folarin 2 yoshda edi. 8 yoshida uni «Arsenal» akademiyasiga qabul qilishdi. U akademiyaning barcha yosh toifalaridagi jamoalarida doimo eng yaxshi to‘purarlar safida bo‘ldi. Shu bilan birgalikda Folarin Angliya yoshlar terma jamoalarida to‘p surdi. Hozircha bosh terma jamoa tarkibiga jalb etilmagan. Balogun AQSH, Angliya yoki ota-bobolari yurti bo‘lmish Nigeriya terma jamoalaridan birini tanlash imkoniyatiga ega. «Arsenal»ning asosiy tarkibida faqat YEL va ikkinchi darajali turnirlarda maydonga tushgan, APLga 2021/2022 yillar mavsumining start bellashuvida, koronavirus pandemiyasining oqibatlari tufayli kirib keldi. O‘shanda Obameyang va Lyakazett xastalikka chalinishgan, shu sababli yosh hujumchiga imkoniyat berishgandi. «Brentford»ga qarshi o‘sha o‘yinda Balogun o‘zini ko‘rsata olmadi, lekin «to‘pchilar»ning yoshlar jamoalarida goleadorlik qobiliyatini namoyish eta oldi. Keyin «Midlsbro»da ijara asosida to‘p surib, 3ta gol va shuncha assistni amalga oshirdi va jamoaga «MYU» va «Tottenxem»ni Angliya Kubogi turniridan chiqarib yuborishda yordam berdi. Shundan keyin Folarin APL jamoalari e’tiboriga tushdi - «Brentford» 5 mln. funt taklif qildi. «Arsenal» 8 mln.talab qilgani bois, transfer amalga oshmadi va «to‘pchilar» hujumchini xorijiy jamoaga «surgun» qilishdi.

Liga1da Folarin qulay hududdan chiqadi va gol uradi. Hatto Anri qoyil qolgan

«Butun faoliyatimni Londonda o‘tkazdim. Shu sababli bu yerda hammasi men uchun yangilik bo‘lishini bilardim. Men tilni bilmayman va o‘rganishga harakat qilyapman. qulay hududdan voz kechib, jiddiy sinovdan o‘tish men uchun muhim edi. Umid qilamanki, urinishlarim zoye ketmaydi», - Balogunning kattalarga xos mulohazalarini kuzda Angliyada ham, Fransiyada ham qaytadan chop etishdi.

Buning asosiy sababi shuki, Folarin 6ta o‘yinda 5ta gol urdi, «Reyms» uni «PSJ»ga o‘tib ketgan Yugo Ekitik o‘rniga olgandi. Angliyalik hujumchi o‘ta qisqa vaqt ichida fransiyalik kasbdoshidan ustun ekanligini isbotladi. Ekitik o‘tgan mavsumda 10ta gol urgandi, Balogun Yangi yilgacha shuncha golni rasmiylashtirishga ulgurdi.

Yana bir e’tiborli jihat shuki, mavsum avvalida «Reyms» muammoli jamoa edi - dastlabki 11 turda atigi bitta g‘alabaga erishdi. Hatto zambarakning sermahsulligi ham vaziyatni o‘zgartira olmadi.

Yangi bosh murabbiy Vill Still kelganidan keyin ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. 30 yoshli mutaxassis rahbarligida jamoa mag‘lubiyatsiz to‘p surmoqda. Folarin ham yanada erkin harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yangi murabbiy uni yetakchi hujumchi pozisiyasiga tushira boshladi, ungacha oldingi chiziqda hujumchilar juftligi to‘p surayotgandi. Natijada Balogunning imkoniyatlari ko‘pa­yib, u yanada xavfli snayperga aylandi. Hozir «Reyms»ning ichki chempionatdagi gollaridan 50 foizga yaqini (34 - 15)  Folaringa tegishli. Top-chempionatlardagi hech qaysi futbolchi o‘z jamoasi xirmoniga shunchalik ulush qo‘sha olmagan. Murabbiy va shogird o‘zaro ingliz tilida muloqot qilishadi. Biroq Still jamoada kimdir boshqalardan ajralib turishiga yo‘l qo‘ymaydi: boshqa o‘yinchilar qatori Balogun ham ustozidan fransuz tilini o‘rganmoqda. Lekin jiddiy urinishlari hozircha yaxshi natija bermayapti.

Balogundagi taraqqiyot hatto Tyerri Anridek afsonani ham qoyil qoldirdi. Angliya futbolida yorqin iz qoldirgan fransiyalik mashhur hujumchi sobiq jamoasidan ijaraga olingan yosh kasbdoshining yuksak salohiyati va liga tanlashdagi jasurligidan hayratda ekanligini e’tirof etdi.

Keyin Balogun «PSJ»ga gol urdi. Chempion darvozasiga urgan golini Folarin Anri uslubida nishonladi. Ijtimoiy tarmoqlarda bunga quyidagicha izoh berdi: «Uchrashuv boshlanishi arafasida Tyerri bilan suhbatlashgandim. Unga bo‘lgan hurmatimni faqat shunday izhor etishim mumkin edi».

«Arsenal» Balogunni sotishi mumkin. G‘oyada ma’no bordek

Risoladagidek saviyali ligadagi muvaffaqiyatli ijara mavsumidan keyin Folarin «Arsenal»ga qaytishi va imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin edi. Biroq bu oson emas. Hozir uning pozisiyasida Gabriel Jezus, porlayotgan Eddi Nketia va yaqinda xarid qilingan Leandro Trossardlar band etishgan. Balogun mavsumni Liga1ning eng yaxshi to‘purari maqomida yakunlaganida ham, qadrdon jamoasida jiddiy raqobatga duch kelishi aniq. Yanvarda «Reyms» Folarinni xarid qilishga urinib ko‘rdi, ammo «to‘pchilar» taklifni rad etishdi. Hujumchining shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangani bois, navbatdagi mavsum muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz matbuotining ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar Folarinni risoladagidek bahoda sotib yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda. To‘g‘ri, hujumchini yana ijaraga berish varianti ham yo‘q emas. Biroq buning uchun amaldagi shartnoma muddatini uzaytirish talab etiladi. Balogun navbatdagi «surgun»da qanday o‘ynashidan qat’iy nazar, xaridor uning bahosidan chegirma berishni talab qiladi. The Goal muallifi Charlz Uott mazkur vaziyatda hujumchini shu yilning yozida, transfer qiymati ko‘tarilgan davrda sotish kerak, deb hisoblamoqda. O‘z vaqtida Jo Uillok «Nyukasl»ga 25 mln. evaziga yo‘l olgandi. Zambarakning o‘zi hozircha bu haqda bosh qotirmayapti. Uning asosiy maqsadi - mavsumni kamida 20ta gol bilan yakunlash.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 14.03.2023. O'qildi: 1884 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Тоттенхэм Risharlison 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.