Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qo‘ltiqtayoq bilan chalqancha zarba! (video)

Baho:
+ | -1
JAHON FUTBOLI / FIFA tadbirlari / Yilning eng yaxshilari
Rukn: Yangiliklar
A A A

2022 yilning eng chiroyli goli muallifi — Marchin Oleksi taqdiri.

FIFA The Best taqdirlash marosimida mavsum-2022ning eng chiroyli goli muallifiga atalgan sovrinni polshalik amputant futbolchi Marchin Oleksiga munosib ko‘rdi. Qo‘ltiqtayoq bilan chalqancha usulda zarba yo‘llash asnosida raqib darvozasini nishonga olgan nogiron yigit Ferens Pushkash nomidagi sovrin so‘rovida Risharlison (Braziliya termasi) va Dimitri Payet («Marsel») kabi top-darajali futbolchilardan ustun keldi. Qoyil!

***

Albatta, Marchin ko‘pchilik uchun notanish qahramon sanaladi. Oleksi - amputantlar o‘rtasidagi o‘yinda chalqancha usulda zarba yo‘llash asnosida o‘ta chiroyli gol urgan nogiron futbolchi. Uning o‘sha zarbasi Risharlison ijrosida JCH-2022da kuzatilgan «parvoz»ni eslatadi. Faqat farqi shuki, Oleksi barchasini qo‘ltiqtayoq yordamida amalga oshirgan. Zero, u oyog‘ining pastki qismidan ayrilgan. Oleksi yo‘lsozlik qurilishida yuz bergan baxtsiz hodisa ortidan nogiron bo‘lib qolgan. Oxir-oqibat, uning oyog‘idan bir qismini kesib tashlashga to‘g‘ri kelgan. Marchin Poznanning «Varta» klubida o‘ynaydi. 2022 yilning 7 noyabr kuni uning jamoasi «Stal»ni 4:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Oleksi o‘zining eng ajoyib golini shu uchrashuvda nishonladi. Qo‘ltiqtayoqda ham «qaysi» usulida zarba yo‘llash mumkinmi? Marchin buni qanday uddaladi? «Jamoadoshim to‘pga yaqinlashayotganidayoq meni zarba yo‘liga chiqarishini tushundim, - deydi Oleksi. - Xuddi shunday bo‘ldi, ammo vaziyat boshqacha zarba yo‘llashimni taqozo etdi. Shunda tavakkaliga to‘pni o‘z ustimdan oshirib tashlashga qaror qildim. Keyin uning darvoza burchagiga qanday uchib borganini kuzatib turdim. O‘zi hamisha chiroyli gol urishga intilganman. O‘sha goldan naqadar g‘ururlanganimni ko‘rgandirsiz? Qaddimni rostlab, ko‘kragimga urib qo‘ydim. Chunki cheksiz qoniqish va xursandchilikni tuydim!»

***

Futbolchi o‘sha o‘yindan ke­yin Sport.pl nashriga bergan intervyusida bu goli nogironlar futbolining tor chegarasidan chiqishini his qilayotganini yashirmagandi. Ammo shunday katta effekt keltirib chiqarishini kutmagan bo‘lsa kerak. Umuman, Oleksi bunga qadar ham havoda uchayotgan to‘p bilan qandaydir g‘ayritabiiy «tryuk» ko‘rsatishga ko‘p bora uringan. Demak, harakatlariga yarasha mukofotlanganini aytish mumkin. Marchin aprel oyida 36 yoshga to‘ladi. Uning hayoti 2010 yilning noyabrida, ya’ni 23 yoshida mutlaqo o‘zgarib ketdi. Oleksi o‘sha vaqt Polsha chempionati To‘rtinchi divizioni klubida o‘ynardi, aniqrog‘i, darvozabon edi. Ko‘plab turnirlarda individual sovrinlarni qo‘lga kiritgan, lekin futbol emas, balki yo‘lsozlik sohasidagi ishi ortidan pul topardi. Xullas, Oleksi bir marta yo‘ldagi katta chuqurlikni yamash uchun boradi va baxtsiz hodisaga uchraydi: 150 kilogrammli jihoz yigitning oyoqlarini bosib qoladi. «Avvaliga hech narsani sezmadim. Hammasi juda ayanchli ekanligini keyinroq angladim, - deya eslaydi Marchin o‘sha voqeani. - Umuman, o‘shanda na oyog‘im va na hayotim borasida tashvishlandim». Oleksi shifoxonaga olib boruvchi yo‘lda hushini yo‘qotadi. Operasiyadan ke­yin esa o‘ziga kelgach, mudhish falokatga yuz tutganini anglaydi. Zero, oyog‘ining majoqlangan qismi diagonaliga kesilgandi. Polyak yigiti keyinchalik tirik qolganiga shurk qilganini tan oladi.

***

Marchin avvaliga kichkintoy o‘g‘li bilan o‘ynash uchungina maydonga qaytadi. Endi esa u Polsha amputantlar terma jamoasida. Olek-si tund ko‘rinishi va kayfiyatsizligi yaqinlari ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini o‘ylab, shifoxonadayoq kesilgan oyog‘i haqida hazillashishni boshlaydi. Lekin o‘sha vaqt Marchin hayo­tidagi eng qiyin davr edi, baribir. Axir 2 yil nogironlar aravachasiga «mixlanib» qoladi, bu orada o‘g‘li tug‘iladi va o‘z-o‘zidan oilasini qanday ta’minlashni ko‘p o‘ylaydi. Qarangki, qaysidir ma’noda aynan o‘g‘li tufayli maydonga qaytadi: «Vaqtida o‘g‘ilchali bo‘lsam, u bilan miriqib to‘p tepishni o‘ylagan va bu borada o‘zimga so‘z bergandim. Farzandim biroz ul­g‘aygach, uni bolalar maydonchasiga olib bordim. Shunda xotiralar junbushga keldi. Shu tariqa futbolga daxldor ish qidira boshladim».

***

Mahalliy akademiyalardan biri Oleksini yosh darvozabonlarni shug‘ullantirishga taklif qilgach, u darhol katta ishtiyoq bilan ishga kirishadi. Bora-bora Marchinning o‘zi ham o‘yinga qaytadi: 2019 yili Poz­nan amputantlar klubi mash­g‘ulotiga qatnay boshlaydi. Ke­yingi yili esa yangi yo‘nalishda debyutini nishonlaydi va darhol gol ham uradi, ammo 20 daqiqa o‘tgach, jarohatga yo‘liqadi. Muhimi, shunda ham tanlagan yo‘lidan qaytmaydi va jarohatdan tiklanib, ko‘pchilikni hayratga sola boshlaydi. Yakunda hattoki, Polsha terma jamoasi tarkibiga qo‘shiladi. Endi esa Marchin mamlakatning eng ilg‘or klublaridan biri yetakchisi hisoblanadi. Mana, ajoyib goli tufayli jahon miqyosida ham tanildi. Oleksi nogironlikdan oldin darvozani qo‘riqlagan, hozir esa hujumchi. «Ko‘p yillar davomida darvozabon sifatida hujumchilar bilan to‘qnash keldim. Shuning uchun kiperning qanday harakatlanishini yaxshi bilaman, muayyan vaziyatlarga reaksiyasini oldindan sezaman. Albatta, bu hujumlarni samarali yakunlashimda qo‘l kelmoqda», - deydi qahramonimiz.

***

Tabiiyki, nogironlikni tan olish va qo‘ltiqtayoqda yurishga moslashish oson emas. Oleksi ham avvaliga rosa qiynalgan, albatta. «Boshida miyangda faqat salbiy jihatlar charx uradi. Ammo vaqt o‘tishi bilan taqdirga tan berasan va sekin-asta ijobiy holatlarni topasan. Ruhiy tanazzuldan vaqtida chiqib ketganimda turmush o‘rtog‘im, farzandlarim va yaqinlarimning hissalari katta, - degandi Oleksi TVP kanaliga bergan intervyusida. - Ehtimol, hayotim yomon bo‘lganida, shikoyat qilarmidim... Ammo endi nolishga hojat yo‘q. Chunki hammasi yaxshi tomonga o‘zgardi».

** Amputantlar futbolida maydon o‘lchami - 60x40 metr. Jamoalar tarkibida esa 6 nafar o‘yinchi va darvozabon o‘ynaydi.

** UYEFA allaqachon amputantlar o‘rtasida ham CHL turnirini yo‘lga qo‘ygan. 2022 yili 3-mavsumning finaliga aynan Polshaning Krakov shahri mezbonlik qildi va «Etimesgut» (Turkiya) klubi g‘alaba qozondi.

** Amputantlar o‘rtasidagi JCHda Rossiya, Braziliya va O‘zbekiston terma jamoalari katta mavqega ega.

** JCH-2022da Turkiya termasi chempionlikka erishdi. Oleksi Marchin ham bu turnirda qatnashdi, to‘g‘ri, polyaklar 1|8 finalda Braziliya termasiga yutqazishdi.

** Amputantlar futboli hali Paralimpiya sport turlariga kiritilgan emas, lekin bu masala xalqaro doirada bir necha marta ko‘tarilgan. Hozirda amputantlar futboli dunyoning chamasi 30ta mamlakatida tobora rivojlanmoqda.

** Oleksi Marchin - Ferens Pushkash nomidagi sovrinning 14-laureati. Eng chiroyli golga atalgan mukofotni Krishtianu Ronaldu, Neymar, Zlatan Ibragimovich, Xames Rodriges, Muhammad Saloh va Son Xyun Min kabi yulduzlar ham qo‘lga kiritishgan.

** Yilning eng chiroyli goli so‘rovida 13ta mamlakat vakili g‘alaba qozongan. Faqat Braziliya hisobida 2ta sovrin bor - Neymardan tashqari, Vendell Lira (2015 yil) g‘alaba qozongan. Marchin Oleksi esa polshalik birinchi laureatdir.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:00, 17.03.2023. O'qildi: 9898 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.