Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mikel Arteta "Arsenal"dagi faoliyati davomida jami 340 million funtlik futbolchilarini jamoadan tekinga ketkazib yuborgan. Ularning kimligini bilasizmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Arsenal"ning yangi davri Arteta tomonidan bunyod qilinmoqda. Yangi jamoa qurar ekan, u klub bilan kelishgan holda bir nechta futbolchilarni jamoadan ketishiga qo‘yib berdi. Ammo o‘sha futbolchilar arzon-garovga kelmagan. 2019 yildan beri Arteta qarorlari sabab klub 300 million yevrolik futbolchilardan ayrildi. Ularning evaziga esa deyarli hech narsa(pul) olmadi. Bu ro‘yxatni tez orada Nikolya Pepe ham to‘ldirishi mumkin. Klub tarixida rekord transfer bo‘lgan Pepe, yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin. Hujumchi 2019 yilda 72 million funt evaziga xarid qilingandi. Agar Pepe jamoadan ketsa, u holda, "Arsenal"ning futbolchilar borasidagi yo‘qotishlari qiymati 340 milliondan oshadi. Albatta, bunga asosiy sabab Arteta sanaladi. Masalan, Mikel 2019 yildan beri 10 ta futbolchini deyarli tekinga qo‘yib yuborgan.

Mesut O‘zil

2013 yilda 42.5 million funtga xarid qilingan futbolchi, "Arsenal"da yetti yarim yil faoliyat yuritadi. "Real"dan kelgan O‘zil, jamoada tezda muhim figuraga aylangandi. Germaniyalik yarim himoyachining shartnomasi 2021 yilning qishida, muddatidan 6 oy ilgari tugatilgan. O‘zil "Arsenal" bilan 254 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta kubok yutishda bevosita qatnashdi. U joriy yili mart oyida futboldan ketganini e’lon qilgandi.

Pyer-Emerik Obameyang

2021 yilning dekabrida Obameyangdan sardorlik bog‘ichi olib qo‘yiladi. U oradan bir necha hafta o‘tib, jamoani tark etadi. O‘zil singari, gabonlik hujumchi ham bitimni erta yakunlab, erkin agent sifatida "Barselona"ga yo‘l oladi. Mavsum yakunlangach esa, Obameyang yana APLga qaytdi. Hozir u "Chelsi" bilan.

Aleksandr Lyakazett

Fransuz hujumchisi Aleksandr Lyakazett o‘z do‘sti Obameyangdan olti oy o‘tib, klubdan ketadi. Lyakazett 2017 yilda "Lion"dan 47 million funt evaziga sotib olingandi. U o‘tgan yil yozda erkin agent sifatida jamoani tark etib, yana "Lion"ga yo‘l oldi.

Genrix Mxitaryan

Armaniston terma jamoasi a’zosi "to‘pchilar" safiga "MYU"dan olib kelinadi. Ammo buning evaziga "Arsenal" "qizil iblislar" manziliga Aleksis Sanchesni yuborgandi. Ushbu voqeadan 18 oy o‘tgach, Mxitaryan "Roma"ga ijaraga beriladi. "Arsenal" futbolchi bilan 2020 yilning sentyabrida bitimni muddatidan oldin bekor qiladi.

Shkodran Mustafi

Nemis himoyachisining shartnomasi 2021 yilning fevralida ikki tomonlama kelishuv asosida bekor qilingandi. Mustafi 2016 yilda 35 million funt evaziga sotib olinadi. U "Arsenal" bilan ikkita Angliya kubogini qo‘lga kiritgan va 151 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Sokratis

Yana bir tekinga boy berilgan futbolchilardan biri Sokratis Papastatopulosdir. Himoyachi 2021 yilning yanvarida "Arsenal"ni tark etadi. Yunon futbolchisi to‘pchilar safida 69 ta o‘yinda ko‘rinish bergan. 34 yoshli himoyachi ayni damda "Olimpiakos" safida harakat qiladi.

Sead Kolashinas

Kolashinasning bitimi 2022 yilning yanvarida muddatidan avval tugatiladi. Himoyachi "Marsel"ga yo‘l olgandi. Bosniya termasi a’zosi 118 ta o‘yinda "Arsenal"ga yordam bergan. 29 yoshli futbolchi 2017 yilda "Shalke 04"dan sotib olingan edi.

Ektor Belyerin

"Arsenal"ga uzoq vaqt xizmat qilgan futbolchilardan biri Belyerindir. U 2022 yilning sentyabrida jamoani muddatidan oldin tark etgandi. Undan oldingi mavsumni "Real Betis"da o‘tkazgan himoyachi, "Barselona"ga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi. Ammo kataloniyaliklar safida unga joy topilmadi va Belyerin "Sporting"ga ijaraga berib yuborildi.

Kalum Cheymbers

Ko‘pfunksiyali himoyachi 2014 yilda "Sautgempton"dan sotib olinadi. Cheymbers yetti yarim yilni klub bilan o‘tkazdi va 2022 yilning yanvarida "Aston Villa"ga erkin agent sifatida yo‘l oldi.

David Luiz

"Chelsi"ni ikkinchi marta tark etgach, braziliyalik himoyachi "Arsenal"ga yo‘l oladi. David Luiz 2019-2021 yillarda to‘pchilar sharafini himoya qilgandi. Ikki mavsum davomida 73 ta bahsda qatnashgan futbolchi, Angliya kubogini qo‘lga kiritadi va mavsum so‘ngida jamoani tark etadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:27, 28.03.2023. O'qildi: 5639 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик