Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

U-20 Jahon chempionati Indoneziyada o‘tkazilmasligi mumkin. Mezbon shaharlar Isroilni qabul qilishni istamayapti, FIFA esa qur’ani bekor qildi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / https://stadion.uz/uz/news/sections/worldsoccer/fifawc/wc2026
Rukn: Yangiliklar
A A A

Indoneziya 20 maydan 11 iyunga qadar futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Turnir pandemiya sababli ikki yildan buyon o‘tkazilmayotgandi, endi esa yangi muammo paydo bo‘ldi.

Qur’a tashlash marosimi 31 mart kuniga belgilangan edi, biroq Bali gubernatori Vayan Koster Indoneziya yoshlar va sport vaziri Zaynudin Amaliga murojaat qilib, Isroilni musobaqadan chetlashtirishni talab qilganidan so‘ng marosim FIFA tomonidan bekor qilindi.

FIFA 22 martdan 27 martga qadar Indoneziya stadionlarini tekshirgan. Turnir mamlakatning oltita shaharida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayevning yozishicha, ushbu oltita hududdan ikkitasi (Bali va Markaziy Yava) mezbon sifatida Isroilni qabul qilishdan bosh tortgan. Isroilga o‘z o‘yinlarini Singapurda o‘tkazish taklif etilgan.

Qur’a FIFA tashabbusi bilan bekor qilindi, hozircha oqibatlar Isroilga emas, mezbonlarga tahdid solmoqda. Vaziyat tez orada o‘nglanmasa Indoneziya mezbonlikdan mahrum etilishi mumkin.

Indoneziya futbol assosiasiyasi (PSSI) FIFA marosimning bekor qilinishiga hech qanday izoh bermagani va yangi sana belgilamaganini aytib o‘tdi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Indoneziya JCH—2026 saralash bosqichidan chetlashtirilishi mumkin. FIFA PSSI faoliyatiga hukumat aralashuvi tufayli Indoneziyani 2018 yilgi Jahon Chempionati va 2019 yilgi Osiyo Kubogi saralashidan chetlatgan edi.

Keyinroq bu vaziyatga Indoneziya prezidenti Joko Vidono o‘z munosabatini bildirib, Isroilning turnirda ishtirok etishi Indoneziya va Falastin munosabatlarini o‘zgartirmasligi, sport va siyosat bir-biriga daxl qilmasligi borasida FIFA qoidasi borligi, Indoneziya futbol federasiyasi rahbari Erik Tohir FIFA bilan muzokaralar olib borayotganini ta’kidladi.

Nega Indoneziya Isroilni JCHda ko‘rishni istamaydi?

Indoneziyaning 90% aholisi islom diniga e’tiqod qiladi. Ular Isroil bilan diplomatik aloqa qilmaydi. 1988 yilda Indoneziya Falastin chegaralarini tan olgan birinchi davlatlar qatorida edi. Muammo haligacha hal etilmagan. 2022 yilning sentyabr oyida Indoneziya tashqi ishlar vazirligi direktori Bagus Hendraning Kobarsix “Falastin Isroil okkupasiyasi ostida” ekan diplomatik munosabatlar o‘rnatilmasligini ta’kidlagandi.

Mamlakatlar o‘rtasida rasmiy diplomatik aloqalar bo‘lmasa-da, savdo va turizm bo‘yicha aloqalar mavjud. Hatto, 2022 yilda Indoneziya isroilliklarning o‘z hududiga kirishini biroz osonlashtirgan. Avval bu mamlakatga faqat chet el pasporti bilan yoki kamida 15 kishidan iborat turistik guruh tarkibida kirishi mumkin edi. Endi tashkillashtirilgan ekskursiya tugaganidan so‘ng ular mustaqil ravishda mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin.
Indoneziya bir vaqtlar isroillik sportchilarni mamlakatga kirishini taqiqlagandi

1962 yil Indoneziya poytaxtida yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi va unda Isroil ham ishtirok etishi kerak edi. Biroq tashkilotchilar arab davlatlarining bosimi ostida isroilliklarga viza berishdan bosh tortadi. Keyingi yilda esa XOQ Indoneziyaning a’zoligini to‘xtatgan.

Isroil 1981 yilda Osiyo olimpiya qo‘mitasi a’zoligidan chiqdi. Shu sababli uzoq vaqtdan buyon bunday muammolar tug‘ilmagandi. 2018 yil Jakartada Osiyo o‘yinlari o‘tkazildi va unda Isroilning Moovit startap-kompaniyasi rasmiy hamkor bo‘lgan.
Isroil ilk bor Jahon chempionatiga chiqdi, u yerda 24 ta jamoa ishtirok etishi kerak

Isroil 2022 yil Slovakiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati orqali turnirga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Terma jamoa Serbiya bilan durang o‘ynab, Avstriyani mag‘lub etib, Angliyaga yutqazdi va pley-offga yo‘l oldi. Yarim finalda Fransiya mag‘lub etilgan. Finalda esa Angliyaga imkoniyat boy berilgan.

Isroil 2023 yilgi yoshlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etadigan Yevropaning beshta jamoasidan biri (qolgan terma jamoalar: Angliya, Fransiya, Italiya va Slovakiya). Jahon chempionatining ikkita debyutanti bor — Dominikan Respublikasi va Isroil.

Format kattalar o‘rtasidagi Yevropa Chempionati kabi bo‘ladi: to‘rtta jamoadan iborat oltita guruh, pley-offga birinchi va ikkinchi o‘rinlardan tashqari eng yaxshi to‘rtta uchinchi o‘rin sohiblari yo‘l oladi.

Birinchi savatchada fransuzlar va italiyaliklar, ikkinchisida inglizlar va braziliyaliklarni, shuningdek, turnirda Iroq va Fiji orollarini ham ko‘rish mumkin. To‘rtinchi savatchada Gambiya va Dominikan Respublikasi joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 2023 yilgi Osiyo Kubogi sohibi sifatida turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ravshan Haydarov shogirdlari finalda Iroq ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:00, 29.03.2023. O'qildi: 3241 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик