Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 48
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Kristal Pelas 26 35
13 Fulhem 26 34
14 Brayton 26 32
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 15
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sermahsul sarkardalar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federasiyasi (IFFHS) so‘nggi yillar natijalariga asosan jamoalar reytingini e’lon qildi.

Rossiyalik kasbdoshlarimiz uni to‘ldirib, 1996-2022 yillar oralig‘idagi ko‘rsatkichlarga binoan eng sermahsul murabbiylarni aniqladilar. Yillik reytingda 1-o‘rinni egallagan jamoa murabbiyiga 20, 2-o‘ringa 19, 3-o‘ringa 18 ochko va hokazo. Shu tariqa mazkur davr ichida 3 nafar mutaxassis - Aleks Fergyuson (257), Joze Mourinyo (242) va Xosep Gvardiola (221) ro‘yxatning yetakchi uchligidan joy oldilar. Hikoyamiz reytingdagi yetakchi o‘nlik murabbiylariga bag‘ishlangan.

1-o‘rin. Ser Aleks Fergyuson

Reytingdagi o‘rni va ochkolari: 1-o‘rin, 257 ochko.

Jamoasi: «MYU».

Hozir: «MYU» direktorlar kengashining a’zosi, 2013 yilda murabbiylik faoliyatini yakunlagan.

Sovrinlari (1996 yildan hozirgacha): 11 karra Angliya chempioni, 3 karra Angliya Kubogi va Liga Kubogi sohibi, 7 karra Angliya Superkubogi sohibi, 2 karra YECHL g‘olibi, 1 martadan qit’alararo Kubok va KJCHda g‘olib chiqqan. 

Ser Aleks 1986 yildan 2013 yilgacha «MYU»ning doimiy murabbiyi bo‘ldi. O‘z faoliyati davomida u 30dan ortiq turli sovrinlarni qo‘lga kiritdi. XX asr oxirida buyuk murabbiyni risarlik unvoni bilan taqdirlashdi, 2002 yilda u ingliz futboli shon-shuhrat Zalidan joy oldi. 2017 yilda esa UYEFA ser Aleksni Yevropa futboli rivojiga ulkan hissa qo‘shgan murabbiylar o‘nligida e’tirof etdi.

2-o‘rin. Karlo Anchelotti

Reytingdagi o‘rni va ochkolari: 6-o‘rin, 189 ochko.

Jamoalari: «Parma», «Yuventus», «Milan», «Chelsi», «PSJ», «Bavariya», «Napoli», «Everton».

Hozir: «Real» bosh murabbiyi.

Sovrinlari: Italiya chempioni, Italiya Kubogi va Superkubogi sohibi, Angliya chempioni, Angliya Kubogi va Superkubogi sohibi, Fransiya chempioni, Germaniya chempioni, 2 karra Germaniya Superkubogi sohibi, Ispaniya chempioni, Ispaniya Kubogi va Superkubogi sohibi, 4 karra YECHL g‘olibi va UYEFA Superkubogi sohibi, 3 karra KJCH g‘olibi. 

Yevropa top-chempionatlar beshligining barchasida g‘olib chiqqan yagona mutaxassis. Eng asosiysi, don Karlo YECHL shohsupasiga 2ta jamoani («Milan», «Real») olib chiqqan.

3-o‘rin. Xosep Gvardiola

Reytingdagi o‘rni va ochkolari: 3-o‘rin, 221 ochko.

Jamoalari: «Barselona», «Bavariya».

Hozir: «Manchester Siti» bosh murabbiyi.

Sovrinlari: Ispaniyaning 3 karra chempio­ni, Ispaniya Kubogining 2, Superkubogining 3 karra sohibi, Angliyaning 4 karra chempioni, Angliya Kubogi va Superkubogi sohibi, Liga Kubogining 4 karra sohibi, YECHLning 2 va UYEFA Superkubogining 3 karra sohibi, KJCHning 3 karra g‘olibi. 

Kataloniyalik murabbiy ko‘plab rekordlarni o‘rnatgan. «Barselona» va «Bavariya»dagi muvaffaqiyatlardan so‘ng, «Manchester Siti»da ham parvozni davom ettirmoqda.

4-o‘rin. Yurgen Klopp

Reytingdagi o‘rni va ochkolari: 15-o‘rin, 127 ochko.

Jamoalari: «Mayns», «Borussiya D.».

Hozir: «Liverpul» bosh murabbiyi.

Sovrinlari: 2 karra Germaniya chempioni, Germaniya Kubogining sohibi, Germaniya Superkubogining 2 karra sohibi, Angliya chempioni, Angliya Kubogi, Liga Kubogi sohibi, YECHL, UYEFA Superkubogi va KJCHning g‘olibi. 

Germaniyalik mutaxassis ham o‘z shogirdlari bilan ko‘proq hamkorlik qilishni xush ko‘radi. Yangi asrda u 3ta jamoada ishladi. YECHLda 1 marta zafar quchib, 3 marta sovrinni boy berdi. Aynan uning davrida «Borussiya» dunyoning turli burchaklaridagi muxlislar mehrini qozongandi. «Liverpul» esa uzoq yillik tanaffusdan so‘ng chempionlikka erishdi.

5-o‘rin. Joze Mourinyo

Reytingdagi o‘rni va ochkolari: 2-o‘rin, 242 ochko.

Jamoalari: «Portu», «Chelsi», «Inter», «MYU», «Tottenxem».

Hozir: «Roma» bosh murabbiyi.

Sovrinlari: Portugaliyaning 2 karra chempioni, Portugaliya Kubogi va Superkubogi sohibi, Angliyaning 3 karra chempioni, Angliya Kubogi sohibi, Liga Kubogining 4 karra sohibi, Angliya Superkubogining va YELning 2 karra g‘olibi, KL g‘olibi. 

«Benazir» ham ser Aleks kabi YECHLda 2 marta g‘olib chiqdi, faqat u avval «Portu» bilan, keyin «Inter» bilan zafar quchdi. Bundan tashqari, «Portu» Joze rahbarligida UYEFA Kubogini ham qo‘lga kiritgan, «MYU» YELda, «Roma» esa KLda g‘alabaga erishgan. Shuningdek, u Angliya, Ispaniya va Italiyadagi barcha mavjud sovrinlarni qo‘lga kiritgan. ESPN Mourinyoga barcha zamonlardagi buyuk murabbiylar safidan joy bergan.

6-o‘rin. Arsen Venger

Reytingdagi o‘rni va ochkolari: 4-o‘rin, 211 ochko.

Jamoasi: «Arsenal».

Hozir: FIFA tizimida ishlamoqda.

Sovrinlari: Angliyaning 3 karra chempioni, Angliya Kubogi va Superkubogining 7 karra sohibi.

Londondagi 20 yillik faoliyatida Arsen Venger «to‘pchilar» bilan 17ta sovringa sazovor bo‘ldi va o‘z davrining taniqli murabbiylari safiga ko‘tarildi. Uning tashabbuskorligi evaziga «Arsenal» qaytadan shakllandi. 2006 yilda murabbiy YECHL g‘olibligiga juda yaqin kelgandi - uning shogirdlari «Barselona»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.

7-o‘rin. Visente Del Boske

Reytingdagi o‘rni va ochkolari: 7-o‘rin, 175 ochko.

Jamoalari: «Real», «Beshiktosh», Ispaniya terma jamoasi.

Hozir: 2016 yilda faoliyatini yakunlagan.

Sovrinlari: Ispaniyaning 2 karra chempio­ni, Ispaniya Superkubogi sohibi, YECHLning 2 karra g‘olibi, UYEFA Superkubogining 2 karra sohibi, qit’alararo Kubok sohibi, jahon va Yevropa chempioni. 

Asrlar almashuvi davrida Del Boske «Real» bilan jiddiy natijalarga erishdi, «qirollik klubi»ni 2 marta YECHL g‘olibiga aylantirdi, keyin «Beshiktosh»ni boshqardi. 3 yillik tanaffusdan so‘ng, 2008 yilda Ispaniya terma jamoasi taklifini qabul qilib, oliy maqomda nimalarga qodir ekanligini namoyish etdi - 2010 yilda jahon, 2 yildan keyin Yevropa chempioni unvonlariga sazovor bo‘ldi. Visente Del Boske - YECHL, JCH va Yevroda g‘olib chiqqan yagona murabbiy!

8-o‘rin. Yupp Xaynkes

Reytingdagi o‘rni va ochkolari: 36-o‘rin, 61 ochko.

Jamoalari: «Tenerife», «Real», «Benfika», «Atletik», «Shalke», «Borussiya M.», «Bayer», «Bavariya».

Hozir: 2018 yilda faoliyatini yakunladi.

Sovrinlari (1996 yildan): Germaniyaning 2 karra chempioni, Germaniya Kubogi va Superkubogi sohibi, Ispaniya Superkubogi sohibi, YECHLning 2 karra g‘olibi.

Xaynkes barcha sovrinlariga «Real» va «Bavariya»da erishdi. YECHLdagi g‘alabalarga shu 2 jamoa bilan zafar quchdi. 2013 yilda faoliyatini to‘xtatgandek bo‘lgandi. Biroq 4 yildan keyin «Bavariya»ni qabul qilib, chempionlik shohsupasiga olib chiqdi.

9-o‘rin. Gus Xiddink

Reytingdagi o‘rni va ochkolari: 12-13-o‘rin, 151 ochko.

Jamoalari: Niderlandiya terma jamoasi, «Real», Janubiy Koreya terma jamoasi, PSV, Avstraliya terma jamoasi, Rossiya terma jamoasi, «Chelsi», Turkiya terma jamoasi, «Anji».

Hozir: 2021 yildan beri ishsiz.

Sovrinlari (1996 yildan): Niderlandiyaning 3 karra chempioni, Niderlandiya Kubogi va Superkubogi, qit’alararo Kubok va Angliya Kubogi sohibi.

Bu murabbiy 1998 yilda Niderlandiyani, 4 yildan keyin Janubiy Koreyani JCHlari yarim finaliga  va Rossiya terma jamoasini Yevro-2008da sovrindorlar safiga olib chiqishi bilan muxlislar mehrini qozondi. Yangi asr avvalida esa Xiddink PSVni YECHLning yarim finaliga olib chiqdi. O‘shanda uning jamoasi safar uchrashuvidagi gol tufayli (0:2, 3:1) final yo‘llanmasini «Milan»ga boy bergandi.

10-o‘rin. Zayniddin Zidan

Reytingdagi o‘rni va ochkolari: 38-o‘rin, 59 ochko.

Jamoasi: «Real».

Hozir: ishsiz.

Sovrinlari: Ispaniyaning 2 karra chempio­ni, Ispaniya Superkubogining 2 karra sohibi, YECHLning 3 karra g‘olibi, UYEFA Superkubogi va KJCHning 2 karra g‘olibi.

Fransiyalik afsona hozircha faqat bitta jamoa - «Real»ni, ammo o‘ta mohirlik bilan boshqargan. Uning rahbarligida «qirollik klubi» 3 marta YECHLda va 2 marta La,Ligada g‘olib chiqdi. 2018 yilda Zizu jamoani tark etdi. Lekin tezda qaytgan bo‘lsada, 2021 yilda baribir, yana ketdi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:03, 01.04.2023. O'qildi: 3330 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.