Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Kamp Nou»da o‘tgan «el-klasiko»ga oid raqam va faktlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mamlakat kuboklari / Ispaniya kubogi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Madridning “Real” klubi Ispaniya Kubogi yarim final javob bahsida “Barselona”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Madridliklar klubi ushbu g‘alaba orqali final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi va 6 may kuni hal qiluvchi bahsda “Osasuna”ga qarshi maydonga tushadi. Bu “Real” uchun Ispaniya Kubogi tarixidagi 40-final bo‘ladi, bunga qadar poytaxt jamoasi 39 finalning 19 tasida zafar quchgan. Faqat “Barselona” finallarda “Real”dan ko‘proq o‘ynagan — 43 o‘yinda 31 g‘alaba.

“Real” so‘nggi bor 9 yil avval, 2013/14 yilgi mavsumda Ispaniya Kubogi finalga chiqqandi. O‘shanda yarim finalda “Atletiko”ni yutgan “qaymoqranglilar” finalda “Barselona”dan ustun kelgan (2:1).

“Real” 1995 yildan beri ilk bor katalonlarni to‘rtta to‘p farqi bilan mag‘lub etdi, o‘shanda 5:0 hisobi qayd etilgan. “Barselona” maydonidagi bunday yirik g‘alaba esa oxirgi marta 1963 yilning yanvarida qayd etilgandi (5:1).

0:4 — “Barselona” uchun “Kamp Nou”dagi 1997 yildan keyingi eng yirik mag‘lubiyat bo‘ldi. O‘shanda “ko‘k-anorranglilar” “Dinamo Kiyev”ga 0:4 hisobida yutqazgandi. Katalonlar “Real”ga qarshi uy o‘yinida esa 1963 yildan keyingi eng yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Umuman olganda “Real” 2008 yilning mayidan keyin ilk bor “Barsa”ga 4 ta gol urdi.

“Barselona” bu o‘yingacha barcha musobaqalar doirasida so‘nggi beshta o‘yinda g‘alaba qozongandi. Xususan, ikki marta “Real”ni yenggandi.

“Real” bundan avvalgi ketma-ket uchta klasikoni boy bergandi. Bundan oldingi g‘alaba La Liga joriy mavsumi 1-davrasida qayd etilgandi.

Uchrashuvda het-trik qayd etgan Karim Benzema “El-Klasiko”lardagi gollari sonini 16 taga yetkazdi. Fransiyalik futbolchi Ferens Pushkash, Sesar Rodriges, Fransisko Xento (barchasi 14 tadan gol) va Raulni (15) ortda qoldirgan holda klasikolar tarixidagi eng yaxshi 4-to‘purarga aylandi. Faqat Leo Messi (26), Krishtianu Ronaldu va Alfredo di Stefano (ikkisi 18 tadan) Benzemadan ko‘proq gol urgan.

Shuningdek, Karim klasikoda het-trik qayd etgan so‘nggi 28 yil ichidagi “Real”ning ilk futbolchisiga aylandi. 1995 yilning 7 yanvarida Ivan Samorano Madridda o‘tgan o‘yinda shunday natijani qayd etgandi. Bu oraliqda barcha musobaqalar doirasida 43 ta klasiko o‘tkazildi.

“Kamp Nou”da esa Benzemadan avval bunday ishni faqat Ferens Pushkash amalga oshira olgan — 1963 yilning 27 yanvarida.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:42, 06.04.2023. O'qildi: 4775 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик