Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

A seriya. Tang holatdagi vise-chempion

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Inter» 2020/2021 yillar mavsumida skudettoni qo‘lga kiritgandi, o‘tgan mavsumda hamshahri «Milan»dan 2 ochkoga ortda qolib, vise-chempionga aylandi.

 Joriy mavsumda «neradzurri» ichki chempionatda yetakchi uchlikda bormoqda, YECHLda chorak finalga yetib keldi. Jamoaning 5 yil avvalgi holatini inobatga olsak, hozirgi ko‘rsatkichlari chakki emas.

Lekin boshqa tomondan, «Inter» faqat YECHL yo‘llanmasi uchun emas, balki chempionlik uchun kurasha oladigan klub. U yerdagilarning hammasi izzattalab: o‘yinchilar, murabbiy, rahbariyat, ayniqsa, jamoani muntazam ravishda yuksak cho‘qqilar sari chorlab turadigan bosh direktor Juzeppe Marotta. «Qora-ko‘klar» chindan ham beqaror mavsumni o‘tkazishmoqda, ammo buning sabablari yo‘q emas. Klub o‘z sohibining aybi bilan murakkab moliyaviy holatga tushib qoldi va rivojlana olmayapti. Hozir «Inter» samarali transferlarga ham, infratuzilmaning kelajakda foyda keltiradigan darajaga ko‘tarilishiga ham umid qila olmaydi. Jamoa joyidan jilmay qoldi. gap Lukakuning yomon sport formasida ekanligi yoki Simone Inzagi kerakli pallada shogirdlarini qo‘zg‘ata olmayotganida ham emas. Iqtisodiy salohiyat zamonaviy futbolning eng muhim omili, «neradzurri»ga aynan shu yetishmayapti.

Italiyaning Calcio Finanza nashrining ta’kidlashicha, «qora-ko‘klar» prezidenti Stiven Chjanni 300 mln. yevroli qarziga oid ish yuzasidan ozodlikdan mahrum etishlari mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy qurilish banki (dunyodagi eng yirik banklardan biri) funksionerni qarzini to‘lamaganlikda ayblamoqda. Kreditorlar Chjanga nisbatan Italiya, Gonkong va AQSHda jinoiy ish qo‘zg‘atishdi. Agar sud uning qarzlarni to‘lamaslik uchun o‘z daromadlarini yashirganini aniqlasa, qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

Prezidentning holati klubga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Avvalgi moliya yilini «Inter» 140 mln. yevro zarar bilan yakunlagandi. Hatto jamoaning YECHLdagi ishtiroki va yangi mavsumda ham nufuzli turnirda qatnashishi ham yetakchi o‘yinchilarning tarkibda qolishlarini ta’minlay olmaydi. Mutasaddilar hozirning o‘zida Lukakuni xarid qilish va Milan Shkrinyarning yangi shartnomasi uchun mablag‘ topa olmayaptilar. Bu ikki futbolchi mavsum yakunida jamoani tark etadilar, ularning o‘rnini bosadigan o‘yinchilar xarid qilinadimi, yo‘qmi, ma’lum emas. «Inter»­da yechimini kutayotgan muammo faqat shu emas. Iyun oyi­da Samir Xandanovich, Edin Jeko, Danilo D`Ambrozio, Stefan de Vrey va Robin Gosenslarning shartnoma muddatlari nihoyasiga yetadi. Hoqon Chalxanoglu, Genrix Mxitaryan, Matteo Darmian va Alessandro Bastonilar esa kelishuvga binoan, yana 1 yil to‘p suradilar, xolos.

Bu o‘yinchilarning amaldagi shartnomalari muddatini uzaytirish va yangi xaridlar uchun «neradzurri»ga mablag‘ zarur. Biroq sohibi zimmasida 300 mln. qarzi bor klub pulni qayerdan oladi? YECHLning chorak finaliga chiqqani uchun jamoa 20 mln. yevro oladi. Risoladagidek rag‘bat, ammo vaziyatga umumiy baho berganda, unchalik sezilarli emas.

Xullas, mavsumlar oralig‘ida «Inter» tarkibida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Vaziyatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, jamoa eng qimmat o‘yinchilaridan voz kechishga majbur. Masalan, Denzel Dyumfris, Nikolo Barella, Marselo Brozovich va Lautaro Martineslarning bozori chaqqon bo‘lishi aniq. shunga o‘xshash voqea 2021 yilda bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda «neradzurri» chempionlik mavsumidan keyin Chjan bilan birgalikda Romelu Lukaku va Ashraf Hakimilardan judo bo‘lgandi. To‘g‘ri, jamoa risoladigidek mablag‘ga ega bo‘ldi. Biroq belgiyalik va marokashlik ijrochilarsiz tarkib ancha zaiflashib qoldi.

Buni tezda ilg‘ab olgan Antonio Konte rahbariyatning mazkur siyosati yaxshilikka olib bormasligini tushundi va jamoani tark etdi. Simone Inzagi esa hech qayoqqa ketgani yo‘q, boriga shukr, yo‘g‘iga sabr qilgan holda ishlamoqda. Vaholanki, tarkibni kuchaytirish u yoqda tursin, hatto saqlab qolish ham gumon ekanligini yaxshi biladi. qo‘shimchasiga, jiddiy bosim ostida ishlamoqda. Chunki agar jamoa mavsumni YECHL yo‘llanmasisiz yakunlaydigan bo‘lsa, bosh murabbiyga chiqish eshiklari ochib qo‘yilishini yaxshi biladi. Boshqa daromad manbalari bo‘lmagan «neradzurri» faqat xalqaro turnirlardagi muvaffaqiyatli ishtirok evaziga pul ishlashi mumkin.

Jamoaning hozirgi tarkibiy salohiyati yangi mavsumda YECHLda to‘p surish huquqini va joriy mavsumda yarim finalga chiqishini ta’minlay oladi. Biroq yaqin kelajakdagi holati mavhumligicha qolmoqda. Chjan «Inter»ni sotishi mumkin, qabilidagi ma’lumot ham yo‘q emas. Unga ko‘ra, xitoylik funksionerni 1,2 mlrd. yevro qoniqtiradi. Biroq klubni sotib olishga tayyor turgan «jazman» xaridor hozircha, mavjud emas. Hammasi tezda o‘zgarishi ham mumkin, ammo «qora-ko‘klar» o‘ta qaltis davrni boshdan kechirmoqdalar.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:20, 06.04.2023. O'qildi: 1324 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.