Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Sheffild»ning umidi «soxta» milliarderdanmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Sheffild Yunayted» muxlislari uchun joriy mavsum muvaffaqiyatli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tmoqda:

Chempionshipda 2-o‘rin va 2 yillik tanaffusdan so‘ng APLga qaytish imkoniyati. Qo‘shimchasiga, Angliya Kubogining yarim finali. To‘g‘ri, «Manchester Siti» to‘sig‘idan o‘tish oson emas, lekin «Uembli»dek tarixiy koshonada (barcha kubok musobaqalari yarim finaldan boshlab shu stadionda o‘tkaziladi) to‘p surishning o‘zi - yuksak natija va shon-sharaf.

Muxlislarni quvontirayotgan faqat natijalar emas. Yangi mavsumni «Sheffild» yangi sohib rahbarligida boshlashga yaqin turibdi. Klubning amaldagi sohibi - Saudiya shahzodasi Abdulla al Saud «Sheffild»ni 90 mln. funtga sotish xususida nigeriyalik biznesmen Dozi Mmobuozi bilan kelishuvga erishdi. Faqat futbol rahbariyatining roziligi qoldi.

Ingliz klublarining oldi-sotdilari tez-tez bo‘lib turadi, barcha mulkdorlar almashuvidan boxabar bo‘lib turish mushkul. Lekin «Sheffild»dagi o‘zgarish bir qator savollarni yuzaga keltirdi: Nima uchun yuqoriga ko‘tarilayotgan klubni sotib yuborishmoqda? Moliyaviy muammolarmi? Qirollik oilasi a’zosi bo‘lgan Saudiya shahzodasida qanday muammo bo‘lishi mumkin? Xaridor - ko‘pchilikka tanish bo‘lmagan ekvatorial afrikalik biznesmen qayerdan paydo bo‘ldi? APLga afrikalik boshqa sarmoyadorlar kelishi kutilyaptimi? Asosiy savollarga oydinlik kiritishga urinib ko‘ramiz.

Angliya klublari 90-yillarda mahalliy biznesmenlar tasarrufida bo‘lishgan, jumladan, «Sheffild»ni shu shahar fuqarosi Kevin Makkeyb 1994 yilda xarid qilgandi. U o‘zining 2007 yilda Xitoydagi qurilish kompaniyasini Avstraliyaning Valad kompaniyasiga 142,7 mln. funtga sotib, Yorkshir grafligining badavlat fuqarolari safiga chiqib olgandi.

O‘sha davrda «Sheffild» Chempionshipning o‘rtamiyonalaridan biri bo‘lib, 2006G‘07 yillar mavsumida APLga chiqqan, lekin elitadagi o‘rnini himoya qila olmagandi. O‘z harajatlarini qoplay olmayotgan klub 2011 yilda 1-ligaga tushib ketdi. Byudjetdagi muammolarni hal qilish maqsadida Makkeyb o‘ziga sherik qidira boshladi. Uning kreditorlaridan biri bo‘lgan shahzoda Abdulla yordam berishga rozi bo‘ldi. Shahzoda ashaddiy futbol muxlisi bo‘lib, o‘z yurtida 1,5 yil «Al-Hilol» prezidenti bo‘lgandi. Undan 10 mln. funt qarzdor bo‘lgan Makkeyb «Sheffild» aksiyalarining 50 foizini shahzodaga rasmiylashtirib berdi. Shu tariqa al Saud klub hamsohibiga aylandi. Biroq angliyalik biznesmen makkorona reja tuzgani ayon bo‘ldi. U istagan paytida klub aksiyalarini al Sauddan atigi 5 mln. evaziga qaytarib olishi mumkin edi. Shahzoda esa buning uchun 45 mln. funt to‘lashi talab etilardi. Tez orada uning shuncha mablag‘i yo‘qligi oydinlashdi. Shu sababli shahzoda hozirga qadar «Sheffild»ga atigi 30 mln. sarmoya kiritgan, xolos.

2019G‘20 yillar mavsumi avvalida Abdulla al Saud kutilmaganda klub aksiyalarining yakka sohibiga aylandi. Elitadagi o‘rnini saqlab qolish imkoniyati past baholangan jamoa esa yana Uaylder yetakchiligida yoqimli shov-shuvni takrorladi. Finishga 10 tur qolganida, uning shogirdlari YECHL hududidan 2 ochkoga ortda edilar. Ammo yakunda 9-o‘rinni egalladi. Omadli mavsumning keyingisida jamoa Chempionshipga yo‘l oldi. Bir yildan so‘ng qaytishi mumkin edi, ammo «Nottingem» to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Joriy mavsumda klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri elitaga chiqish imkoniyatiga ega. Tarkibni faqat «Arsenal»ga o‘tgan Ramsdeyl tark etdi. biroq moliyaviy jihatdan binkrot yoqasiga kelib qoldi. Xullas, strategiya tezkor samarani bermadi.

2 fevralda The Times nigeriyalik biznesmen al Saud bilan kelishuvga erishganligi, endi Angliya futbol ligasining ruxsatini kutayotgani haqida xabar bergandi. Xaridorga oid ma’lumot juda oz - 7 mlrd. dollarga ega bo‘lgan fintex-tadbirkor. Uning mol-davlati shubha uyg‘otdi. Bir tomondan, The Times - o‘ta yuksak nufuzli manba, ammo ikkinchi tomondan, notayin biznesmenning 7 mlrd.i... bunga ishonish qiyin. Sababi, Afrikada milliarderlar ko‘p emas. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, ularning soni 19ta, ro‘yxatda Dozi Mmoubozi yo‘q edi. Bundan tashqari, 7 mlrd.ga ega bo‘lgan 5 nafar tadbirkorning barchasi biznes olamining taniqli shaxslari. Yaqin o‘tmishda chop etilgan materiallar arxividan ma’lum bo‘lishicha, Mmobuozini hatto Nigeriyada ham ko‘pchilik bilmas ekan. Xo‘sh, e’lon qilingan 7 mlrd. bormi yoki yo‘qmi?

Dozi 1980 yilda badavlat oilada dunyoga kelgan. Uning otasi intendant polisiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan, iste’foga chiqqach, firibgarlik ommaviy usullari haqidagi butun dunyoga mashhur bo‘lgan «Nigeriyalik shahzodalar maktublari» asarini yozgan shaxs. Unda zikr etilgan nayranglar XVIII asrda Yevropada urf bo‘lgandi. Internet rivojlangan hozirgi davrda u yana hayotga qaytdi, Nigeriya esa uning markazi bo‘lib qoldi. Asar muvaffaqiyat qozongach, Dozining otasini AQSH hukumati yirik jinoiy ishlarni fosh etishda ko‘mak berishga jalb etgandi. Ayni pallada Dozi universitetda tahsil oldi va ilk biznesiga qo‘l urdi: mamlakatdagi barcha o‘quv muassasalarida nigeriyalik mashhur guruhlarning konsertlari va go‘zallik tanlovlarini tashkil etdi. keyinchalik internet,texnologiyalar sohasida shug‘ullana boshladi.

Nigeriya - o‘ziga xos mamlakat. Bir tomondan, tabiiy boyliklar ko‘pligi evaziga, u Afrikadagi eng yirik iqtisodiyotga ega. Lekin ikkinchi tomondan, aholisining 40 foizi kuniga 1,9 dollardan kam daromad oladigan qashshoqlar. Shunday sharoitda ulg‘aygan Mmobuozi ijtimoiy muammolar soyasidagi imkoniyatni kashf etdi. U qishloq xo‘jaligida deh­qonchilik qilish evaziga ro‘zg‘or tebratadigan nochor vatandoshlari uchun yordam beradigan maxsus smartfon yaratishga qaror qildi va 2013 yilda Tingo M0bile kompaniyasini tashkil etib, xitoylik korxonaga buyurtma berdi. Smartfon yordamida dehqonlar ob,havo ma’lumoti olish, turli to‘lovlar va soliqlarni bank raqamisiz amalga oshirish, mikrokreditlar olish va hosilni sug‘urta qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Asosiysi, hosilni onlayn tarzda do‘konlarga to‘g‘ridan,to‘g‘ri sotish imkoniyati yuzaga keldi. Xullas, al Saud bilan Dozi Mmobuozi o‘rtasidagi kelishuvga sabab bo‘lgan 7 mlrd. dollar Tingo Mobile kompaniyasining mablag‘i. Dozining ulushi 202,5 mln.ga teng. Afrikadan o‘ta badavlat sohib tashrifini kutgan «Sheffild» muxlislari kayfiyatini bu miqdor tushirib yuborishi aniq. Lekin klubning qarzlarini yopish va transfer taqiqini bekor qilish uchun yetarli. Bu yog‘iga «Sheffild» taqdiri Dozining boshqaruv malakasiga bog‘liq. Bu masalada Mmobuozi nimalarga qodir ekanligini yuqoridagi hikoya orqali bilib oldik. Nima bo‘lganda ham, nigeriyalik biznesmen Angliyaning ikki eng nufuzli divizionida klub sohibi bo‘lgan dastlabki qora tanli bo‘lishga juda yaqin turibdi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:42, 12.04.2023. O'qildi: 862 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.