Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari: Bellingem, Gavi, Musiala...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

10. Alexandro Balde – 26.38 million funt

"Barselona" o‘z akademiyasi futbolchilarini parvarishlash va ulardan foydalanish borasida Yevropadagi eng yaxshi jamoa hisoblanadi. Shu jarayon mahsuli sifatida Baldeni ko‘rsatish mumkin. U 2011 yildan beri klubda faoliyat yuritadi. Xordi Alba endi unga joyini bo‘shatib berishi kerak. 19 yoshli futbolchiga Xavi katta ishonch bildirmoqda. Himoyachi bu mavsumda allaqachon 42 ta bahsda ishtirok etishga ulgurdi.

9. Jorjo Skalvini – 26.38 million funt

Yillar davomida Italiya diyoridan ko‘plab iste’dodli himoyachilar yetishib chiqqan. Skalvini esa navbatdagi shunday futbolchidir. "Atalanta" vakilining oldida yorqin kelajak kutmoqda. Bu uchun u faqat mehnat qilishi lozim.

8. Xavi Simons – 26.38 million funt

Simons "PSV" safida mavsum davomida fantastik futbol namoyish etib kelmoqda. "PSJ" shu sababdan sobiq futbolchisini qayta sotib olishi mumkin. Talantli hujumchi bu mavsum Erdiviziyada 14 ta gol va 7 ta assistga mualliflik qildi. Simons maydonning ko‘plab qismida o‘zini erkin his qila oladi.

7. Yusuffa Mukoko – 26.38 million funt

"Borussiya Dortmund"da ham o‘ziga xos an’ana bor. Jamoa yosh yulduzlarni yetishtirish borasida yaxshi ishlarni tashkil qilgan. 18 yoshli Mukoko shu narsa mahsulidir. U bu mavsumda 7 ta gol urishga erishdi. Germaniya terma jamoasi yosh hujumchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bundesligada Mukoko har 90 daqiqada gol urmoqda.

6. Xarvi Elliot – 30.8 million funt

Elliotning maydondagi o‘rni borasida ko‘p bahslar bo‘ladi. Yurgen Klopp uni asosan yarim himoyada o‘ynatmoqda. Ammo futbolchining o‘zi qanotda o‘zini erkin his qila oladi. Sobiq "Fulxjm" futbolchisi ingliz futbolida katta o‘ringa ega bo‘lishi mumkin.

5. Rasmus Xyoylunn – 30. 8 million funt

Nima uchun bugun "Atalanta" hujumchisiga talabgorlar ko‘payib ketganini bilib olish qiyin emas. Daniyalik futbolchi fantastik natijalar qayd etmoqda.

4. Florian Virs – 74.79 million funt

Jarohatlari bilan uzoq kurashgan hujumchi yana safga qaytdi. Xabi Alonso Virsdan ajoyib ravishda foydalanmoqda. 19 yoshli futbolchi "Bayer Leverkuzen"ning kelajagi sifatida baholanmoqda.

3. Gavi – 79.2 million funt

Xavi qo‘l-ostida tarbiya topayotgan futbolchi, o‘zini maydon markazida juda erkin his qiladi. Gavining texnika va shijoati, uni dunyodagi eng qimmat futbolchiga aylantirdi. Raqibdan to‘pni olib qo‘yish va vaziyatlar yaratishda Gavi Ispaniya bo‘yicha eng yaxshilardan biri sanaladi.

2. Jamal Musiala – 96.8 million funt

Musiala doimo g‘olib bo‘lishga o‘rgangan. Shunday bo‘lishi ham kerak. Yosh bo‘lsa ham "Bavariya"ning asosiy figurasi bo‘lish oson emas. Nemis yarim himoyachisi qo‘lidan ko‘p narsa keladi. U buni allaqachon isbotlagan.

1. Jud Bellingem – 105.6 million funt

Bellingem benuqson futbolchi va bunga shubha yo‘q. Shu sababdan ko‘plab klublar uning imzosini istamoqda. Bundesligada Bellingem eng ko‘p fint ishlatgan futbolchi bo‘lib turibdi. 19 yosh bo‘lishiga qaramay, Bellingem klub va terma jamoa miqyosida 200 dan ortiq rasmiy uchrashuvlarda qatnashishga ulgurdi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:40, 13.04.2023. O'qildi: 2125 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик