Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 11.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Torino
      • 11.01.2026 16:30
      • Lechche
      • -:-
      • Parma
      • 11.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Milan
      • 11.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Lasio
  • APL
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • AFC U-23
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • 1:2
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • 3:2
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
      • 11.01.2026 16:30
      • Xitoy
      • -:-
      • Avstraliya
      • 11.01.2026 19:00
      • Tailand
      • -:-
      • Iroq
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • 1:2
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
      • 11.01.2026 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Elche
      • 11.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Malyorka
      • 11.01.2026 20:15
      • Levante
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lyuk Shou: «Klub to‘g‘ri yo‘nalishdan ketmoqda»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

2014 yildan buyon «MYU» safida to‘p surib kelayotgan zamonaviy futboldagi eng kuchli chap qanot himoyachilaridan biri Lyuk Shou yaqinda amaldagi shartnomasi muddatini yana bir bora uzaytirdi.

Xorvatiyalik tolmas jangchi yangi kelishuvga asosan, 2027 yilning yoziga qadar «Old Trafford»da qoladi. Lyuk hamkorlik bitimi ostiga rasman imzo chekkanidan so‘ng klub matbuot xizmati uni darhol suhbatga tortdi. Futbolchi shu tariqa «qizil iblis»ga aylangani sababiga to‘xtaldi, kelgusi mavsumlar uchun ambisiyalari haqida gapirdi: «Erik ten Xag boshqaruvidagi ilk mavsumda «MYU»ning rivojlanish yo‘lini ko‘rgach, yangi bitim tuzishga qaror qildim. O‘ylaymanki, bugungi «MYU»ni oldinda ravon yo‘l va katta zafarlar kutmoqda».

- Lyuk, avvalo, yangi shart­noma bilan tabriklaymiz. Bundan nechog‘li xursandsiz va kelajakda sizni va hozirgi jamoani nimalar kutmoqda?

- Tabrik uchun rahmat. «Old Trafford»da yana bir bora shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan juda xursandman va klubdan bag‘oyat minnatdorman. Hozir «MYU» libosida 9-mavsumni o‘tkazyapman, tabiiyki, bu kichik davr emas, ayniqsa, klub darajasini hisobga olganda. Tajribamdan kelib chiqib aytsam, klub hozirda to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha oldinga harakatlanmoqda va ishonchim komil, hali hamma barchasiga guvoh bo‘ladi. Qisqasi, bu yerda qolish uchun katta ambisiyalarga egaman. Binobarin, yangi bosh murabbiyimiz shunchaki, ajo­yib g‘oyalarga ega. O‘ylaymanki, biz u bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritamiz, katta marralarni zabt etamiz.

- Ayni payt xuddi jamoa kabi ajoyib holatdasiz. Hozirgi o‘yiningizdan qanchalik qoniqyapsiz?

- Albatta, xursandman, lekin hamisha yaxshilanishi talab etiladigan jihatlar topiladi. Tabiiyki, cho‘qqiga chiqishni xohlayman va buning uchun hali ko‘p ter to‘kishim, o‘z ustimda ishlashdan tinmasligim kerakligini yaxshi bilaman. Asosiysi, hozir Erik ten Xag qo‘l ostida o‘ynashdan o‘zgacha zavqlanyapman. Aytgandimdek, u klubga yangi g‘oyalar bilan keldi. Deylik, mening maydondagi pozisiyam ham o‘zgarib turibdi. Alohida aytishim kerak, menga maydonda aynan turli rollarni bajarish yoqadi.

- Ha, murabbiy sizga ayniqsa, chap qanot himoyachisi va markaziy yarim himoya­chi nuqtalarida katta ishonch bildirmoqda. Bu qo‘shimcha turtki bergani tayin. Umuman, himoyachi sifatida qobiliyatingiz rivojlanganini sezyapsizmi?

- Ha, albatta. Murabbiy qayerda o‘ynashimni xohlasa, shunga tayyorman. Takrorlayman, maydonda yangi rolni mamnuniyat bilan bajaraman. O‘ylashimcha, turli pozisiyada o‘ynash, o‘yinning o‘zgacha tomonlarini o‘rganish futbolcha fikrlash darajasini oshiradi. Mana, 3 nafar markaziy himoyachi taktik sxemasida o‘ynab ko‘rdim. Ilgari orqa chiziq markazida o‘ynaganman, lekin chizma boshqacha edi - ikki himoya taktikasi. Asosiysi, bunda o‘zimni juda qulay his qilardim. Agar murabbiy lozim topsa, bunday chizmada nimalar qila olishim mumkinligini ko‘rsatishdan xursand bo‘lardim.

- Shartnomangizni yangilash bilan «qizil iblislar» safida 10 yildan ortiq faoliyat yuritishingizni tasdiqlatdingiz. Bunday davomiylik hammaga ham nasib etmaydi, ayniqsa, «Old Trafford»­da...

- Albatta, bu natija faxr­lanishga arziydi. O‘ylaymanki, «MYU» nafaqat o‘zim, balki oilam uchun ham dunyodagi eng katta va eng yaxshi klubdir. Bu yerda uzoq vaqt bo‘lish, «qizil iblislar» futbolkasida «Old Trafford»da tez-tez o‘ynash - chinakam sharaf. Yangi shartnoma men uchun haqiqiy imtiyozdir, demak, jamoam uchun borimni berishda davom etaman. Maqsad bitta - «MYU»ga APL va CHL kuboklarini yutishda imkon boricha yordam berish.

- Hozir 27 yoshdasiz, shunga qaramay, jamoaning faxriy futbolchilaridan va kiyinish xonasi yetakchilaridan birisiz. Faxriy bo‘lish qanday ekan? 

- Faxriylarning yoshlarga nimanidir o‘rgatib borishlari juda muhim. «Old Trafford»ga kelganimda, yosh yigitcha edim va kattalar davrasida shug‘ullanish, o‘ynash mutlaqo boshqacha ekanligini yaxshi bilaman. Ya’ni bunday holatdan o‘tganman va jamoada faxriylar roli naqadar kattaligini yaxshi bilaman. Oddiy aytganda, o‘z yo‘limni unutmagan holda, tajribamni yosh yigitlar bilan baham ko‘rishga moyilman. Fikrimcha, murabbiy zimmamga yuklayotgan vazifalardan biri ham shu - yoshlarni oldinga boshlash.

- Bugungi Lyuk Shou bo‘lish yo‘lida ko‘p muammolarga yo‘liqqaningiz ayni haqiqat. Murakkabliklar sizni nechog‘li shakllantirdi? 

- Ha, futbolda yetarlicha ko‘tarilish va pasayishlarni boshdan kechirdim. Alohida aytishim kerak, maydondagi qi­yinchiliklar ortidan nafaqat futbolchi, balki shaxs sifatida ham o‘zim xohlagan darajada shakllandim, toblandim. Bunday buyuk klub tarkibidamisiz, tinmay o‘sishingiz shart, aks holda, asosiy guruhdan tushib qolasiz. «MYU»da o‘ynashning eng yaxshi tomoni shu - o‘sish, shakllanish! Bu yerda xohlasangiz-xohlamasangiz, yuksalish, yetuklik sari intilishga majbursiz. 

- Hozirgi yetuklik jamoani har doim o‘zingizdan ustun qo‘yishingizda yaqqol namoyon bo‘ladi...

- Ha. Menimcha, bu ham bir maktab. Futbolda jamoa har qanday yulduzdan ustun hamisha. Binobarin, hammamiz bir katta jamoa ichidamiz, shunday ekan, asos birinchi o‘rinda turadi, baribir! Tabiiyki, har bir futbolchi mudom o‘yinlarda g‘alaba qozonish, sovrinlar yutishga intiladi, bunda ham jamoa manfaati 1-o‘rinda! Deylik, jarohatlanamanmi yoki yo‘q, har bir kurashda borimni berishim shart - jamoani ustun qo‘yish shu.

- «MYU»» muxlislari sizni hamisha o‘zgacha qo‘llab-quvvatlashadi. Ularga aytar so‘zlaringiz...

- Qo‘llab-quvvatlov uchun katta rahmat! Buni yuksak qadrlayman. Fanatlar ayniqsa, joriy mavsum qo‘llab-quvvatlash darajasini keskin oshirishdi va endi bunga katta sovrinlar yutish bilan javob berishdan umidvormiz. Muxlislarga yana nima deyishim mumkin? Bizni qo‘llab-quvvatlashdan charchashmasin. Shaxsan men ularni quvontirish yo‘lida klub uchun borimni beraman hamisha.

- Mana, 2027 yillagacha mo‘ljallangan shartnomangiz naqd. Buyog‘iga nima qilmoqchisiz?

- Hozir xotirjam tortish vaqti emas. Hammamiz qattiq ishlashimiz kerak. Erik ten Xagning eng yaxshi jihati shuki, u loqaydlik yoki xotirjamlikka aslo yo‘l qo‘ymaydi. Kimdadir standart talablar pasaydimi, darhol bu borada chora ko‘radi, aniq ko‘rsatmalar beradi. Qisqasi, har bir futbolchi o‘z darajasini oshirib borishi, ko‘rsatkichlarni izchil yaxshilashi shart. Menimcha, bunday talab avvalo, futbolchilar uchun muhim.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:45, 15.04.2023. O'qildi: 1207 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.