Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APLda 2022-23 yilgi mavsumning eng katta maoshga ega transferlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliya Premyer-ligasi jamoalari har yili milliardlab funtni o‘z tarkibini kuchaytirish uchun ishlatishadi. 2022-23 yilda "Chelsi", "Arsenal" va "MYU" kabi jamoalar tarkib uchun harajatlar hajmini oshirdi. Hӯsh, endi joriy mavsumda sotib olingan futbolchilarning qay biri eng ko‘p maosh oladi? Quyida bu savolga javob topasiz. Yana shuni ham bilib olasizki, eng yaxshi maoshga ega xaridlarning oltitasi top-klublar tomonidan transfer qilingan. Kuchli o‘nlikning yarmi esa "Chelsi"ga tegishli.

10. Mark Kukurelya – 175 ming funt

62 million evaziga, 175 ming funt haftalik moash bilan jamoaga olib kelingan Kukurelya, mavsumning eng omadsiz transferlaridan biriga aylandi. "Brayton"ning sobiq futbolchisi ham butun jamoa singari mavsumni bir tekisda o‘tkaza olmayapti. Grem Potter ketib, Ben Chilvell jarohatdan qaytganidan keyin, bu jarayon yanada tezlashdi. Ispaniyalik himoyachi haligacha jamoa uchun loyiq ekanini ko‘rsata olgani yo‘q.

9. Enso Fernandes – 180 ming funt

"Chelsi" Fernandes uchun qishda qattiq kurashga kirishgandi. Todd Boeli Argentina terma jamoasi a’zosi uchun rekord darajadagi summa, 106 million funtni to‘lab bergandi. Hozirga qadar Fernandes o‘ziga sarflangan pullarni oqlay oladigan darajada o‘yin ko‘rsata olgani yo‘q. Umid qilamizki, kelajakda jahon chempioni uchun hammasi yaxshi tomonga o‘zgaradi.

8. Manuel Akanji – 180 ming funt

Akanji yaqin yillar ichida "Manchester Siti" tomonidan sotib olingan arzon, ammo muhim futbolchilardan biriga aylandi. Garchand jamoada yaxshigina maosh olsada, shveysariyalik yarim himoyachi o‘ziga bildirilgan ishonchni dastlab oqlay olmadi. Hozir esa Pep Gvardiola uni o‘z tizimiga moslashtirdi. Amaldagi chempionlar tarkibida Akanji tez-tez asosiy tarkibda ko‘rinish bermoqda.

7. Vesli Fofana – 200 ming funt

O‘tgan yozda "Chelsi" Fofana uchun "Lester"ga 70 million funt to‘lov qiladi. Fransiyalik himoyachi Yevropadagi eng yorqin futbolchilardan biriga aylanishi aytilgandi. Ammo u oktyabr oyida "Milan" bilan bahsda jarohat olib, mavsumni katta qismini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, "Chelsi" uning o‘rnini to‘ldirish uchun Benua Badiashileni olib keldi. Hozir bu ikki himoyachi asosiy tarkib uchun kurashga kirgan.

6. Antoni – 200 ming funt

Agarda yuzta "MYU" muxlislaridan Antonini jamoaga olib kelinishiga munosabat bildirishni so‘rasangiz, yuz xil javob olasiz. Braziliyalik hujumchi maydonda yetarli imkoniyatlarga ega bo‘layotgandi. Ammo hali beri barqaror yo‘lga tushib olgani yo‘q. Harxolda, ko‘pchilik 82 million funtlik futbolchidan ko‘prog‘ini kutgandi. Erik ten Xag Antonini ochib yuborishga harakat qilmoqda. Ammo hali bu rejalar ish bermadi.

5. Gabriel Jezus – 265 ming funt

Jezusning "Arsenal"ga o‘tishi, jamoaga misli ko‘rilmagan darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. London klubining o‘yinidagi o‘sish, Jezus nomi bilan bog‘langan. Braziliya terma jamoasi a’zosi "Arsenal"ni chempionlik kurashiga kirishida harakatlantiruvchi kuch vazifasini bajargandi. U "Manchester Siti"dan to‘pchilar safiga o‘tish orqali o‘z maoshini uch karraga ko‘paytirib oldi. Jezus ayni damda haftasiga 265 ming funt olmoqda.

4. Kalidu Kulibali – 295 ming funt

Kulibali APLda eng yaxshi maoshga ega bo‘lgan ikkinchi raqamli himoyachi sanaladi. U bu borada faqat Rafael Varandangina ortda xolos. Shunga qaramay, futbolchi Londonda zaxira o‘rindig‘iga mixlanib qolgan. Aytish kerakki, Kulibali o‘ziga sarflanayotgan pullarni hali oqlay olgani yo‘q.

3. Kazemiro – 300 ming funt

Kazemiro har hafta 300 ming funtni o‘z uyiga olib ketayotgandir. Ammo uning o‘yinlari muxlislarning cheksiz muhabbatiga sabab bo‘ldi. Sobiq "Real" futbolchisi tartib-intizom borasida Angliya futboliga ozgina mos kelmadi, xolos. Ammo u jamoada bo‘lgan paytida "MYU"ning o‘yinlari muvaffaqiyatli chiqmoqda.

2. Raxim Sterling – 325 ming funt

Angliyadagi eng katta nomlardan biri bu, shubhasiz Sterlingdir. Shu sabab o‘tgan yozda "Chelsi" uni jalb etish uchun ancha qiynaldi. 325 ming funt maosh olishi belgilangan hujumchi, o‘zidan kutilgan natijalarni hali bermadi. Negaki, uning jamoasi musobaqalarda omadsiz qatnashmoqda.

1. Erling Xoland – 375 ming funt

Xoland "shaharliklar" safida eng katta moashga ega emas. Bu nom Kevin De Bryuynega tegishli. Belgiyalik yarim himoyachi har hafta 400 ming funt haq oladi. Ammo hu muhim emas. Muhimi, Xolandning olayotgan pullariga munosib natija qayd etayotganidir. U 39 ta o‘yinda 45 ta gol urishga erishdi. Ayni damda butun dunyoda Xolanddan yaxshi hujumchi yo‘q desak yangishmaymiz. Mavsumning eng yaxshi xaridlaridan biri aynan 22 yoshli norvegiyalikdir.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 08:33, 17.04.2023. O'qildi: 1880 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик