Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Denis Korostichenko: «Rotasiya? Kubokdagi dastlabki o‘yinda 3 ochkoni xavf ostiga qo‘yishni istamadik»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / O‘zbekiston kubogi / Uchrashuvlar
Rukn: Intervyular
A A A

"Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Denis Korostichenko O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 1-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Zomin"ga qarshi o‘yin (4:0) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Birinchi navbatda barchani, klubdagilar, muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Ko‘pchilik bo‘lmasada, bizni qo‘llab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Butun o‘yin davomida ularning ovozini eshitib turdik, bizni oldinga chorlab turishdi. Bu yoqimli bo‘ldi. O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Ikkala bo‘limda ham katta tashabbus bilan o‘ynadik. Chempionatning birinchi o‘yini kabi ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Tezkor gol urish uchun shoshildik. Buning uchun vaziyatlar ham bo‘ldi, yaratdik. Birinchi bo‘limda faqatgina bir gol urdik. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashib oldik va ularning quvvatga to‘yinib chiqqani ko‘rindi va o‘z vaziyatlaridan foydalanishdi. Aslida yanada ko‘proq gol urishimiz ham mumkin edi. Umuman olganda o‘yin bizniki bo‘ldi, to‘liqligicha nazorat qildik, vaziyatlarimizdan gollar urdik. Raqib jiddiy vaziyatlar yaratgani ham yo‘q. Harakat qildik, raqiblarga qiyin bo‘ldi. «Zomin»dan ko‘ra birmuncha yaxshiroq ko‘rindik.

— «Zomin» jamoasining o‘tgan yilgi kabi «avtobus» bilan o‘ynashini kutganmidingiz?
— Ilk navbatda shuni aytishim kerakki, biz «Zomin»ning faqatgina bir o‘yini videosini topa oldik. Shu sababli ularning qanday o‘yin ko‘rsatishi haqida deyarli tasavvur yo‘q edi. Adashmasam, ular Birinchi ligada faqatgina ikki o‘yin o‘tkazishdi va Kubokda bir o‘yinda qatnashishdi. O‘sha bir o‘yinning videosi ham unchalik sifatli emasdi. Ko‘rgan o‘yinimizda ham ular bugungidek o‘ynashdi, ochiq, hujumkor va xotirjam futbol. Birinchi ligadan «Lokomotiv» maydoniga kelib, Kubokda «avtobus» qo‘yishdan ma’no ko‘rmayapman. Nima sababdan? Ularning oldida maqsad yo‘q, masalan, Kubokni olishni yoki guruhdan chiqishni o‘ylashmaydi. Undan tashqari, ular «Lokomotiv», «Dinamo» va «Qizilqum» kabi jamoalarning guruhidan o‘rin olishdi. Shu sababli ularda «Lokomotiv»ni mag‘lub etish vazifasi yo‘q edi, deb o‘ylayman. Masalan, ular o‘yinga qanday shart-sharoitda yetib kelishganini ham bilmayman — o‘yindan bir kun oldinmi yoki Zomindan to‘g‘ri o‘yingami... Fikrimcha, ularga «avtobus» ham yordam bermasdi. Yana bir gap, ko‘pchilik murabbiylar o‘yindan oldin «avtobus» qo‘yishni istashmaydi, futbol o‘ynashni, jangovorlik hujumkorlikni xohlashadi.

— Pro-ligada «Dinamo»ga qarshi qiyin o‘yindan keyin «Qo‘qon-1912»ga qarshi yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi. Masalan, o‘rtada Kubok o‘yini bo‘lgani jamoaga qanchalik yordam beradi?
— Agarda hozir «Zomin» emas, balki, «Qizilqum» bilan o‘ynaganimizda nima bo‘lardi?! Ikkita muhim o‘yin o‘rtasida 4:0 hisobidagi g‘alaba qanchalik foydali deb so‘rayapsiz. Agar hozir «Qizilqum» bilan o‘ynaganimizda ketma-ket uch qiyin o‘yin bo‘lardi. Bu yerda taqvim muhim o‘rin tutmoqda. Qanday bo‘lsa, shunday jamoalar bilan o‘ynayapmiz. Taqvimda shunday edi: «Dinamo», keyin Kubok va keyin «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yin. Umuman olganda normal holat: qattiq qiyinchiliklar ko‘rmayapman. «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yingacha 4 kunlik dam olish vaqti bor. «Dinamo»ga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazdik. Vaziyatlar nuqtai nazaridan o‘sha bahsda ham yutsak bo‘lardi. Kubokdagi o‘yin yigitlarga kuch taqdim qiladi, ijobiy hissiyotlar taqdim qiladi. Hali o‘yinni taxlil qilib chiqamiz, nimalar o‘xshadiyu, nimalar o‘xshamaganini ko‘rib chiqamiz. «Qo‘qon-1912»ning qanday o‘yin ko‘rsatganini ko‘rib chiqdik ham. U yerda g‘alaba uchun o‘ynashga harakat qilamiz. Ushbu o‘yin bizga yordam berishi kerak.

— Tarkibda rotasiya qilish mumkinmidi? Bugungi o‘yinda «Dinamo» bilan o‘ynagan tarkibning 90 foizi harakat qildi. Yoki bu mavsumdagi o‘yinlar soni kamligi bilan bog‘liqmi?
— O‘yin oldidan bu borada o‘ylagandik. Raqibning qanday o‘yin ko‘rsatishini bilmagandik. Uchrashuv oldidan, bemalol 5:0 yutamiz, ana yoshlarni tushuraveraylik, degan tasavvurimiz bo‘lmadi. Tarkibni to‘liqligicha o‘zgartirib, bugun yuta olmaganimizdachi? Bu Kubokdagi birinchi o‘yin. Ushbu turnir doirasida uyimizdagi yagona o‘yin, 3 ochkoni xavf ostiga qo‘yishni istamadik. Tarkibda o‘zgarish bo‘ldi: hujum chizig‘ida kichik o‘zgarishlar qildik. O‘tgan o‘yinda qizil olgan Manuchexr Safarovning o‘rnini Sanjar Qodirqulov bilan to‘ldirdik. O‘zgarishlar orqali asosiy tarkibning asosina saqlab qolishga harakat qildik. Masalan, Boyan Naydenovga ko‘proq o‘yin amaliyoti kerak. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan futbolchilar 30-35 daqiqa o‘ynashdi. Marat Bikmayev tushdi, uni chiroyli goli bilan tabriklayman. Kelgusi o‘yinlarda ham u ko‘plab gollar urib, jamoaga yordam berishini istab qolardim.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 23:02, 18.04.2023. O'qildi: 1264 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик