Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Manchester Siti"ning joriy mavsumdagi natijalarini "MYU"ning trebl yutgan mavsumiga taqqoslaymiz

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Reytinglar
Rukn: Yangiliklar
A A A

"Manchester Yunayted" 1999 yilda birdaniga uchta titul yutib, Angliyadagi shunday natija qayd etgan ilk jamoaga aylangandi. Ammo hozir vaziyat o‘zgardi. "Qizil iblislar"ning qo‘shnilari bu natijani takrorlashga yaqin turibdi. Trebl haqida gap ketyapti va biz bir mavsumda YECHL, APL va Angliya kubogini yutish borasida fikr yuritmoqdamiz. Bu sovrinlarni qo‘lga kiritish, hech bir zamonda, hech qaysi jamoa uchun oson ish bo‘lmagan. Ammo bu ishni "MYU" 1999 yilda eplagandi. O‘sha yili YECHL finalida Teddi Sheringem va Ole Gunar Sulsher gollarga mualliflik qiladi.


Pep Gvardiola jamoasi yuqoridagi kabi muvaffaqiyatga erishish bo‘sag‘asida turibdi. Buning uchun jamoa, avvalo "Arsenal" to‘sig‘idan o‘tib olishi kerak. London klubi yaqin kunlar ichida muammolarga duch kela boshladi. Bu esa "shaharliklar"ga yaxshigina imkoniyat taqdim etadi. Shunday paytda ommaviy axborot vositalarida Gvardiola doimgi ishini qila boshladi. U trebl haqidagi savollarga ijobiy javob berishni istamayapti. Chunki hali hech narsa ma’lum emas.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, hozirgi qadar katta-trebl qayd etgan klub, APLda faqatgina "Manchester Yunayted"dir. 1999 yilda Fergyuson jamoasi Premyer-ligada bir ochko farq bilan chempionga aylanadi. Kubok finalida "Nyukasl" 2-0 hisobida taslim etiladi. Eng asosiysi esa YECHLdagi muvaffaqiyat edi. Quyida ikki Mancheser jamoasini taqqoslab ko‘ramiz.

APL. "MYU" (1998-99)
O‘yinlar: 30 ta
G‘alabalar: 18 ta
Duranglar: 9 ta
Mag‘lubiyatlar: 3 ta
Ochko: 63
O‘rtacha ochko yig‘ish: 2.1
Gollar: 68 ta
O‘rtacha gollar soni: 2.27 ta

"Manchester Siti" (2022-23)
O‘yinlar: 30 ta
G‘alabalar: 22 ta
Duranglar: 4 ta
Mag‘lubiyatlar: 4 ta
Ochko: 70
O‘rtacha ochko yig‘ish: 2.33
Gollar: 78 ta
O‘rtacha gollar soni: 2.6.

Angliya kubogi. "MYU" (1998-99)

3 bosqich: "Midlsbro" – 3-1
4 bosqich: "Liverpul" – 2-1
5 bosqich: "Fulxem" – 1-0
6 bosqich: "Chelsi" – 0-0 (qayta: 2-1)
Yarim final: "Arsenal" – 0-0 (qayta: 2-1)
Final: "Nyukasl" – 2-0.

"Manchester Siti" (2022-23)

3 bosqich: "Chelsi" – 4-0
4  bosqich: "Arsenal" – 1-0
5 bosqich: "Bristol Siti" – 3-0
6 bosqich: "Byornli" – 6-0
Yarim final: "Sheffild" – 3-0
Final: "MYU" – ?

YECHLda "MYU" (1998-99)

Guruh bahslarida: "Bavariya", "Barselona" va "Brondbyu"
Chorak final: "Inter" – 3-1 umumiy hisobda
Yarim final: "Yuventus" – 4-3 umumiy hisobda
Final: "Bavariya – 2-1

"Manchester Siti" (2022-23)

Guruh bahslarida: "Borussiya Dortmund", "Sevilya" va "Kopengagan"
Nimchorak final: "Leypsig" – 8-1 umumiy hisobda
Chorak final: "Bavariya" – 4-1 umumiy hisobda
Yarim final: "Real" bilan
Final: ?

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 23:28, 26.04.2023. O'qildi: 1777 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик