Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 7 30
3 Italiya 10 6 14 30
4 Niderlandiya 9 7 3 19
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 6 8 8 22
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 25 42
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 25 32
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

To‘purar va kelajak yulduzi. La ligada kechagi kunning ikki yorqin voqeasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kecha Ispaniya La ligasida tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahslarda hammaning e’tibori "Real" - "Almeriya" hamda "Barselona" - "Betis" uchrashuvida bo‘ldi. Ikki o‘yin ham kutilgn jamoaning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Shuningdek, ikki o‘yinda ham e’tiborga molik voqea yuz berdi. Birinchisi Benzema, ikkinchisi esa Lamin Yamal ismli yigitcha bilan bog‘liq. Quyida shu haqida to‘xtalamiz.   

Benzema - to‘purar

Karim Benzema o‘zining "Real Madrid" afsonasi sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqlashda davom etmoqda. Kecha "Almeriya"ga qarshi o‘yinda u "Qirollik klubi" safidagi 350-golini kiritdi. Florentino Peres o‘yindan so‘ng Karimga esdalik futbolkasini sovg‘a qildi.

Fransiyalik futbolchi "Bernabeu"da xet-trik qayd etgan va hozirda klubdagi 14 mavsumda 642 ta o‘yinda 352 ta gol urgan. Karim "Real" futbolchilari orasida faqat Krishtianu Ronaldudan (451) ortda. Benzema hisobida La Ligada 236 ta, Chempionlar Ligasida 78 ta, Qirol kubogida 25 ta, Ispaniya Superkubogida 7 ta, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 4 ta va Yevropa Superkubogida 2 ta gol bor.

Karim uchun eng sermahsul mavsum 2021/22 yilgi mavsum bo‘ldi - u 44 ta gol urdi, Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Natijada, 2022 yilda "Oltin to‘p"ni aynan fransuz qo‘lga kiritdi.

Lamin Yamal - Kelajak yulduzi 

"Yamal Messiga o‘xshaydi, chunki u oldingi chiziqda o‘ynash uchun tabiiy iste’dodga ega, bundaylarni topish qiyin", dedi Xavi 15 yoshli Lamin Yamal kattalar safida debyut qilgandan keyin.

“Lamin 15 yoshli bolaga o‘xshamaydi, u juda yetuk. U [o‘ynashga] tayyor va yaxshi mashq qiladi. U bu klubda butun bir davrni nishonlashi mumkin", - deya qo‘shimcha qildi "Barsa" bosh murabbiyi.

Yamal 83-daqiqada maydonga tushganiga qaramay, katta taassurot qoldirdi. O‘smir pressingdan so‘ng gol urishga yaqin qoldi va Usmon Dembelega golli uzatma berishga yaqin keldi.

Lamin Yamal "Barselona"da debyut qilgan eng yosh futbolchi bo‘lib "Barselona" tarixiga kirdi. "Barselona" "Kamp Nou"da "Real Betis"ni qabul qildi va o‘yin so‘nggida «ko‘k-anorranglilar» 4:0 hisobida oldinda borayotganida, Xavi yosh hujumchiga imkoniyat berishga qaror qildi.

Yamal 2007 yil 13 iyulda tug‘ilgan va hozir u atigi 15 yoshda. Kecha u 83-daqiqada Gavini almashtirdi. O‘zining qisqa muddatli chiqishi davomida futbolchi muxlislarga o‘z iqtidorini ko‘rish imkoniyatini berdi.

So‘nggi o‘yin to‘purarlaridan biri bo‘lgan Rafinya Yamalning aql bovar qilmaydigan yutug‘ini qayd etdi.

“Men unga 15 yoshligimda viloyatim klubida o‘ynaganimni aytdim va u bu stadionga muxlislar ko‘z o‘ngida borgan - bu aql bovar qilmaydigan! U deyarli gol urdi!” - deya Rafinyaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Barca Universe.

Xavi shogirdlari La Liganing 32 o‘yinida 79 ochko to‘plagan va turnir jadvalida "Real"dan 11 ochko oldinda bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:58, 30.04.2023. O'qildi: 4121 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.