Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Barselona"ning tiklanishi, inqirozdagi "Sevilya", cho‘kayotgan Valensiya: La Liganing mavsum natijalari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

La Ligadagi 2022/23 yilgi mavsum ko‘pchilik istagandek shiddatli o‘tmadi. Chempionlik poygasining natijasi yakunlanishidan ancha oldin ma’lum edi. Jahon chempionatidan so‘ng "Real Madrid" yomon o‘yin ko‘rsatdi va "Barselona" peshqadamga aylandi.

Chempion: “Barselona”.

Chempionlar Ligasi: “Barselona”, “Real Madrid”, “Atletiko Madrid”, “Real Sosyedad”, “Sevilya”.

Yevropa ligasi: “Vilyarreal”, “Betis”.

Konferensiyalar ligasi: “Osasuna”.

Segundaga tushib ketish: “Valyadolid”, “Espanyol”, “Elche”.

Mavsumning eng yaxshi jamoasi

“Real” jahon chempionatidan keyin jiddiy tarzda o‘yini tushib ketdi. Buni hatto jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham tasdiqladi. "Blankos" chempionlik poygasida to‘xtab qoldi va tomoshabinlarni intrigadan mahrum qildi, chunki "Barselona" barqaror edi. Hammasini statistika aks ettiradi – kataloniyaliklar mavsum yakunida 6 ta mag‘lubiyat, 4 ta durang va 28 ta g‘alabaga erishgan. Ikkinchi o‘rinni egallagan “Real Madrid”da 4 ta kam g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat ko‘p. "Barselona" o‘tgan mavsumda eng yaxshi va barqaror jamoaga ega edi.

Eng yaxshi to‘purar

Robert Levandovski La Ligada mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. “Barselona” forvardi 23 ta gol urdi. “Real”ni tark etgan Karim Benzema esa 19 ta gol bilan 2-o‘rinda. Uchlikni “Espanyol” hujumchisi Xoselu yopdi. Uning hisobida 16 ta gol bor. Levandovski chempionatdagi o‘zgarishlarni sezmaganga o‘xshaydi. Kataloniya klubidagi birinchi mavsumida polshalik 20 dan ortiq gol urdi. Robert allaqachon 34 yoshda, ammo keyingi mavsumda u hech bo‘lmaganda yana shunday o‘ynashiga barcha asoslar bor.

Eng yaxshi assistent

Antuan Grizmann sezilarli farq bilan La Liganing eng yaxshi assistentiga aylandi. Hujumchi “Atletiko”da 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Real Sosyedad" yarim himoyachisi Mikel Merino va "Real" vingeri Vinisius 2-o‘rinda. Har ikki futbolchida 9 tadan golli uzatma bor. Kuchli uchlikni “Real” vingeri Rodrigo 8 ta golli uzatma bilan yakunlab berdi.

Eng yaxshi darvozabon

Mavsumning eng yaxshi darvozaboni unvoni haqli ravishda Mark-Andre ter Shtegenga tegishli. “Barselona” darvozaboni 26 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, bu ligadagi eng yaxshi natija. Ter Shtegen juda yaxshi mavsum o‘tkazdi. Buni nemis futbolchisi faoliyatida birinchi marta har bir uchrashuvda o‘rtacha hisobda eng kam o‘tkazib yuborgan darvozabonga beriladigan Zamora kubogini qo‘lga kiritgani ham tasdiqlaydi. "Barselona" darvozaboni o‘tgan mavsumda atigi 18 ta gol o‘tkazib yubordi.

Mavsum rekordi

Bu unvon ham Ter Shtegen va "Barselona"ga tegishli. Kataloniyaliklar chempionatda 26 ta "quruq" o‘yin o‘tkazishdi va bu bilan "Deportivo" rekordini takrorladi. Mutlaq rekor uchun jamoaga yana bitta o‘yin yetishmadi. Mavsumning so‘nggi o‘yinida "Barselona" "Selta"dan 2 ta gol o‘tkazib yubordi va "Deportivo"dan o‘ta olmadi, ammo natija hamon ajoyib. Ter Shtegen bu rekordni
takrorlashda bevosita ishtirok etdi.

Mavsumning eng yaxshi qarori

Mavsumning aksariyat qismini “Sevilya” beqaror o‘tkazdi. Nervionlar Yevropa musobaqalarida qatnashib, sevimli Yevropa ligasiga qaytishdi, ammo chempionatda ishlar yaxshi ketayotgani yo‘q edi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, ular quyi ligaga tushib ketishi mumkin edi. Rahbariyat harakat qila boshladi. Oktyabr oyida "Sevilya" Xulen Lopetegini iste’foga chiqardi va Xorxe Sampaolini tayinladi. Mart oyida jamoani uchinchi murabbiy Xose Luis Mendilibar qabul qilib oldi.

Ehtimol, bu qaror umidsizlikdan qilingandir, ammo bu uchun eng yaxshisi bo‘lib chiqdi. Ispaniyalik murabbiy qo‘l ostida La Ligada 12 ta o‘yin o‘tkazib, 6 tasida g‘alaba qozonishgan. Eng muhimi, mutaxassis jamoani Yevropa ligasida g‘alabaga olib keldi. Deyarli halokatli mavsum yorqin yakunlandi. Yevrokubokdagi g‘alaba va milliy chempionatda 12-o‘rindan so‘ng Chempionlar ligasiga yo‘llanma.

Mavsum umidsizligi

Balki mavsumdagi asosiy umidsizlik “Valensiya” bo‘lgandir. 4 yil oldin bu jamoa Chempionlar ligasida o‘ynagan. Ammo shundan keyin milliy chempionatdagi natijalar yomonlashayotgandi: ikkita to‘qqizinchi o‘rin va bitta 13-o‘rin. “Ko‘rshapalaklar” o‘tgan mavsumni 16-pog‘onada yakunladi, ya’ni quyi ligaga tushib ketish zonasiga atigi ikki ochko qolgandi. La Ligada qolganlardan faqat “Almeriya” “Valensiya”dan yomonroq harakat qildi. “Ko‘rshapalaklar” jamoa ichida ham, rahbariyatda ham katta o‘zgarishlarga muhtoj. Lekin klub prezidenti Piter Limning bunga borishi emas. "Valensiya" chuqur inqirozda va vaziyatni yaxshilash uchun hozircha imkoniyatlar yo‘q.

Kiritildi: 14:04, 09.06.2023. O'qildi: 2414 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик